Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish O’tgan mavzuni so’rash
Download 1.96 Mb.
|
Ona tili va Adabiyot to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan fe'llarni bir-biriga solishtiring, ma' no farqini ayting. O'qimoq — o'qiy boshlamoq, o'qiy olmoq, o'qib chiqmoq, o'qib tugatmoq, o'qib yurmoq, o'qib turmoq, o'qib yubormoq, o'qib tashlamoq. 2-topshiriq. Boshlamoq, olmoq, chiqmoq, tugatmoq, yurmoq, turmoq, tashlamoq fe'llarini ishlamoq, yozmoq fe'llariga qo'shib, ma'nolarini izohlang. BILIB OLING. Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo'shilib, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe'llar ko'makchi fe'llar hisoblanadi. ESDA SAQLANG. Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe'I hisoblanadi. Ko'makchi fe'l faqat yetakchi fe'I bilan birgalikda qo'llanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo'llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o'qishni tugatmoq), turmoq (o'rnidan turmoq), tashlamoq (qog'oz tashlamoq) fe'llaridan farq qiladi. Matnni o'qing. Ko'makchi fe'llarni topib, ular bildirgan ma'nolarni aniqlang. Ko'makchi fe'llar ishtirokida yangi so'z qo'shilmalarini hosil qiling. Chor atrofi baland devor bilan o'ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to'lib-toshib yotibdi. Eng qizig'i devor boshida o'qtin-o'qtin ko'rinish beradigan babaq xo'roz. U o'ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon burib qarab qo'yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho'rlik Oqto'sh qochaman deb umbaloq oshib tushadi. Gohida shu ish ustiga uy egasining o'rtancha o'g'li Rasul kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko'tarib bag'riga bosadi, silab-siypaydi. (N. Norqobilov) Gaplar tarkibidagi fe'llarni ikki guruhga bo'lib ko'chiring. Birinchi guruhga sof fe'llarni, ikkinchi guruhga ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini kiriting. 1. Men bu yerga qalamcha suqqanimda, «Nimaga boshqalar bosh qo'shmaydi?» deb o'ylamaganman. Ekkim kelgan, ekkanman. (N Norqobilov) 2. Ertasi kun bo'yi Esonboyni xavotir aralash kutdim. Daragi bo'lmadi. Ishdan kelgach, nari-beri tamaddi qilib, uyiga o'tib bordim. (X. Sultonov) 3. Savri xola indamadi. Bitta-bitta qadam bosib, uyi tomon yurib ketdi. (O'. Umarbekov) 4. Qo'qonga nonushta mahalida kirib keldik. (Abdulla Qahhor) Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling