Sana Sinfi Mavzu
Download 21.86 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-sinf 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Dars uslubi
- Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni
Sana___________ Sinfi_______________ Mavzu: Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Yog‘ochning turmushda va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati hamda nuqsonlarini aniqlash. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: Yog‘оchning turmushdа vа хаlq ho‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, ishlаtilish sоhаlаri. Yog‘оchlаrning tаshqi ko‘rinishi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Yog‘оchning yarоqlilik vа yarоqsizlik bеlgilаri to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka, tejamkorlikka o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: Yog‘оchning turmushdа vа хаlq ho‘jаligidаgi аhаmiyati, tuzilishi, turlаri, ishlаtilish sоhаlаri. Yog‘оchlаrning tаshqi ko‘rinishi vа o‘zigа хоs bеlgilаri. Yog‘оchning yarоqlilik vа yarоqsizlik bеlgilаri to‘g‘risida tasavvurlarini shakllantirish. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob. Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster” Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va electron ma’lumotlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni: Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi: Yog‘ochga ishlov berish mashg‘ulotlari maktabning tegishli ustaxonasida o‘tkaziladi. Unda har biringizga doimiy ish o‘rni, ya’ni xonaning dastgoh o‘rnatilgan muayyan qismi ajratiladi.Har bir ish o‘rni o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Ish o‘rni maxsus moslamalar: tumbochka, suriluvchi quti, shkaf, asbob uchun stellaj, himoya ko‘zoynagi, chizmalar va h.k. bilan jihozlanishi, ularning ish o‘rnidan tashqariga chiqib turmasligi ta’minlanishi kerak. Ish o‘rni va yo‘laklarni material, namuna, buyum yoki chiqitlar bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan quti, shkaf, mashina konstrukstiyasida ko‘zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi lozim. Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida kundalik, daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblarni, moslamalarni va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin. Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ishning xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularni aniq bajarish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iboratdir: 1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatlarning qo‘l va old tugmalari qadalgan, galstuklar echib qo‘yilgan bo‘lishi kerak), sochni tartibga keltirib, ixcham qilib olish, ro‘mol va bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish. 2. Ish o‘rnining ahvolini tekshirish, asboblarning borligi va ishlatishga tayyorligini aniqlash. 3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik. 4. Asboblar va ashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish. 5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik. Tuzilishi o‘rganilgan uskunalardangina foydalanish. 6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish. Asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish. 7. Ishni yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish kerak. Nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchi ogohlantirilishi kerak. 8. Ish o‘rnini payraxa va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash. 9. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilgan yoki jaroxatlanish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish. Yog‘ochning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari: Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material isoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa sohalarda foydalaniladi. Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni engil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez emirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta elimlanuvchan bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va hokozo. Yog‘ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning emirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog‘och deb daraxtning tanasi, butoqlari,novdalari va ildizlarining asosiy qismini hosil qiluvchi qismiga aytiladi. Daraxtning yog‘och hosil qiluvchi tanasi o‘zak, yog‘ochlik tola, po‘stloqdan iborat bo‘ladi. Yog‘och uch xil yo‘nalishda kesib tekshiriladi. a) daraxt tanasining ko‘ndalang kesmasi; b) daraxt tanasining markazidan uning radiusi yoki diametri bo‘ylab uzunasiga o‘tgan radial kesmasi; c) daraxt tanasining markazidan o‘tmay, aylana vatari bo‘ylab uzunasiga o‘tgan tangental kesmasi. Shu bilan birga yog‘och to‘qimalari o‘zida tegishli moddalarni to‘plab o‘sib boradi. Yog‘ochning o‘sishi uning ko‘ndalang qismidagi yillik halqalaridan ko‘rinadi Bu halqalar soni shu yog‘ochning yoshini bildiradi. Har bir daraxtning yog‘ochi uning og‘irligini ko‘tarib turish, turli ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash vazifalarini ham bajaradi. Daraxtning tanasi, butoqlari, shohlari, novdalari va ildizi uning yog‘och qismini tashkil qiladi. Yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi, yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari: Xodalarni tilish (bichish) yoli bilan arralangan materiallar olinadi, ulardan esa arralangan tanavorlar (zagotovkal) tayyorlanadi. Arralangan detallar tanavorlardan xodalarning o‘zini arralab (tilib) olinadi. Arralangan materiallar muayyan o‘lchamli va sifatli arralangan mahsulot bo‘lib, ikkita parallel yassi yuzasi (qatlami) bo‘ladi. Arralangan materialar radial va tangentsial ko‘rinishda tilingan bo‘lishi mumkin. Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning ko‘rinishi va yaroqliligi va yaroqsizligi hamda qattiq-yumshoqligi, zichligi, hamda xar turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi. Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi. Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob kitoblar asosida xar bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi. Yog‘och daraxtni hosil qiluvchi asosiy material bo‘lib, daraxt tanasidagi suv va boshqa moddalarni kerakli yo‘nalishlarda o‘tkazib turish xususiyatiga ega, ham da uziga tushayotgan og‘irlikni ko‘tarib turish vazifasini bajaradi. Daraxt kesilgandan keyin yog‘och tuqimalari orasidagi suv harorat ta’sirida tashqariga chiqish natijasida yog‘och Quriy boshlaydi. Bunda suv yog‘ochning hamma to‘qimalari orasidan bir tekisda va bir xil vaqt oraliqlarida chiqib tursa, yog‘och tanasi yorilmasdan quriydi. Agar aksincha yog‘ochning biror qismidagi to‘qimalari orasidan suv ko‘proq, boshqa qismidan esa kamroq tashqariga chiqa boshlasa hamda bundan tashqari, yog‘ochning turli qismlaridagi suv tashqariga bir vaqtda chiqmasa, yog‘och tanasi bir tekis qurimaydi. Buning natijasida yog‘och tanasida yoriqlar paydo bo‘lishi, yog‘ochning buralish yoki bukilish hodisalari kelib chiqadi (39-rasm). Bunday hollarning oldini olish uchun yog‘ochni to‘g‘ri quritish qoidalariga rioya qilinadi. Buning uchun xo‘l yog‘ochnito‘g‘ri holatda kerakli og‘irlikdagi yuk bilan bostirib quyish va uning sirtiga havo oqimi bir tekisda tegadigan bo‘lishini ta’minlash hamda to‘liq qurigincha shunday holatda saqlash kerak. undan tashqari, agar yog‘ochni biror buyumni yasash uchun kerakli shaklda etarli xolatga keltirish lozim bo‘lsa, xo‘l yog‘ochni kerakli shaklini hosil qilgan xolatga keltirib, tegishli og‘irliqdagi yuk bilan bostirib yoki tegishli moslamalar bilan mahkam uning sirtiga havo oqimi bir tekisda bo‘lishini ta’minlab, qurigancha shunday xolatda saqlanadi.Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akastiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga esa asosan qoqiladi. Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material xisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart. Download 21.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling