San’at orqali qobilyatlarni kashf etishning pedagogik asoslari turdaliyeva Mo’tabarxon Muhammadyusuf qizi
Download 26.65 Kb.
|
SAN’AT ORQALI QOBILYATLARNI KASHF ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.Turdaliyeva.M.M
Asosiy qism Qоbiliyat – оdаm psiхikаsining eng muhim hususiyatlаridаn biri bo’lib, bu хususiyatlаrni хаddаn tаshqаri kеng to’ldirish imkоni оqibаtidа qаndаydir bir qоbiliyatning nisbiy zаifligi, hаttоki shundаy bu qоbiliyat bilаn hаmmаsidаn ko’rа bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg’liq fаоliyatning muvаfаqqiyatli bаjаrish imkоni аslо yo’q emаs. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Xalqimizda bir maqol bor:“Kasbning zo’ri emas,kasbingning zo’ri bo’l”-degan.Ko’rininb turibdiki,faqat moddiyat barcha narsani hal qilmaydi.Kasbining zo’ri esa o’ylagan barcha narsalariga erisha oladi.Aynan san’at sohasidagi insonlar esa,ham moddiy.ham ma’naviy ozuqa olishadi.Chunki ular o’zi xohlagan ishi orqali zavqlanishadi va mablag’ga ham ega bo’la oladi.Jamiyatimizda bunday insonlarga esa hurmat ko’p emas,insonlar bunday kasblarni oddiy deb bilishadi.Shunday sohada o’qiganlarni esa aqli ishlamaydi deb o’ylaydi.Agar farzandi san’at sohasidagi kasblardan birini egallamoqchi bo’lsa qat’iyan rad etishadi.Oqibatda,qobilyat o’zining gullarini ochmasdan,to’kiladi.Barchamizga Yaratgan tomonidan bir qobilyat ato etilgan.Har birimiz o’z ishimizni san’at darajasida bajara olamiz.Buning uchun esa qobilyatimizni yuzaga chiqarishimiz va uni parvarishlashimiz zarur.Asliy qobilyatni ko’ra olish va uni rivojlantirish kamolotga qadam qo’ymoqdir.Bolaligingizdagi eng sevimli mashg’ulotingiz nima bo’lgan ? Aynan ana shu vaqtdan sizning ong ostingizda qandaydir qobilyat rivojlana boshlangan.Kimdir qo’g’irchoq yasashni,yozishni,rasm chizishni,taxtalardan o’yinchoq yoki avtomatlar yashashni hush ko’rgan.Taxminan o’n yil oldingi yaratgan narsangiz uyingizda hali hamon bormi,demak, ichki xohishing doima uchqunlab turgan.Biz birinchi navbatda,yaratgan metodlarimizni o’zimizda qo’llashimiz kerak.Shunda natija ham a’lo darajada bo’la oladi. Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan. Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq. Biz bolalarga dars o’tayotganimizda ,ularning xulqlari qiziqishlari turlicha namoyon bo’ladi.Buni yanada ko’ra olishimiz uchun bizga yangi va zararsiz,o’quvchini qiynamaydigan metodlarni kerak kerak bo’ladi.Doim berilgan mavzular orqali dars o’tish,unga tayyorlanish,mavzudan chiqmaslik izlanuvchan o’qituvchini,o’quvchini ham zeriktiradi.Shuning uchun oddiy darslarni o’quvchiga zavq,madaniy hordiq olish,ichidagi o’zini yaratishga sharoit bo’lishi zarur.O’quvchini qiziqtira olgan o’qituvchi o’z bilimlarini singdira oladi.Endilikda o’zim yaratgan metod bilan tanishamiz.O’quvchilarga o’zi xohlagan narsasini yasab kelish topshirig’ini beramiz.Ikkinchi martta esa ma’lum bir mahsulotdan narsa yasab kelishini aytamiz.Uchinchi urinishda darsning o’zidayoq narsa yaratishini aytib o’tamiz.So’ngida esa uchala yasalgan narsalarni jamlaymiz,va o’quvchiga tahlil qilib berishini so’raymiz. Download 26.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling