Sanat tarixi: Omonturdiyeva Madina 'Dizayn' 109-guruh
Download 25.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqRus sanati
devoriy surat va ikonalar ishladi. Blagoveщenskiy sobori ikonastasining ikkinchi yarmi uning qalamiga mansubdir. Bu yerda uning
shogirdlari ham ishlaganlar. Ular orasida qadimiy Rus rassomi Andrey Rublevning nomini ham uchratamiz. Bu sobordagi ikona va suratlar Andrey Rublev ijodining ilk namunalari hisoblanadi. Shu asarlarda A.Rublev ijodining o‘ziga xos xususiyatlari sezilib turadi. Bular orasida ”Cho‘qintirish” kompozitsiyasi, ”Ierusalimga qochish” asarlari diqqatga sazovordir. A.Rublevning muhim asarlaridan biri Vladimirdagi Uspenkiy soboriga ishlangan devoriy suratdir. ”Taqvodorlarning jamiyatga yurishi” surati bular ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, A.Rublevning yuksak mahorati va G‘oyaviy pozitsiyasini namoyon etadi. Zvenegoroddan topilgan Spas surati va Arxangel Mixal ikonasi ham uning ijodiga mansubdir. Rassomning eng mashhur asari Troitsk soboriga ishlangan ”Uch farishta” surati hisoblanadi. Hozir bu surat Tretyakov galereyasida saqlanadi. Bu ikona injilda tasvirlangan voqealarga bag‘ishlangan. Bu asarda diniy obrazlar orqali insoniy poklik, poetik ruh tasvirlanadi. XVI asr boshlariga kelib Moskva me’morchiligidagi shakllanish deyarli tugagan. Bu Ivan III hukmronlichi davriga to‘g‘ri keldi. Bu me’morchilik obidalarini yaratishda Italiyaning me’morchilik an’anasi rus madaniy hayotiga kirib kela boshlagani ko‘zga tashlanadi. Qrimdagi ”Uspenskiy” sobori ziynatida ana shu tasvir yaqqol seziladi. XVII asr Rus san’ati. Feodal munosabatlarning kuchayib borishi natijasida dehqonlarning qashshoqligi va qaramligi ortib borib XVII asrga kelib krepostnoylik qaramligiga aylanadi. XVIIII asrda Moskva badiiy markazga aylandi. Rassom, hunarmand, amaliy san’at ustalari guruhi ”Qurol-yarog‘ palatasi” atrofida birlashdilar. U yerda chet ellik ustalar ham ishlar edilar. Bu ustaxona podsho saroyiga yaqin joylashgan bo‘lib, asosan podsho saroyi, podsho oilasi, cherkov va zadogon savdogarlar buyurtmasini bajarar edi. Mana shu ustaxonalarda samarali ijod qilgan rassomlardan biri Simon Ushakov edi. Rassomning qarashlari uning uncha katta bo‘lmagan ”Ikona san’atini sevuvchilarga maslahat” risolasida o‘z ifodasini topdi. Download 25.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling