San`atshunoslik fakulteti dekani "Musiqa ta’limi"kafedrasi mudiri R. Y. Maxamadaliyev Sh. R


Download 86.6 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi86.6 Kb.
#1603384
Bog'liq
NOILA tayyorrrr


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYAT CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SAN`ATSHUNOSLIK FAKULTETI

Musiqa ta`limi yo`nalishi


“Himoyaga ruxsat etilsin” “Himoyaga tavsiya etilsin”


San`atshunoslik fakulteti dekani “Musiqa ta’limi“kafedrasi mudiri ______________R.Y.Maxamadaliyev ____________Sh.R.Mahkamova “_____”__________2023yil“ _________”____________2023 yil

KURS ISHI


“Musiqa tarixi”fani
Mavzu:”Maqomning rivojlanish tarixi” ning
Tuzilishi tahlili”
Ilmiy rahbar: ______________
TVCHDPI “Musiqa ta`limi kafedrasi”
Bajardi:Tursunboyeva Noila
MUT21/1-guruh talabasi

CHIRCHIQ 2023


Maqomning rivojlanish tarixi
Kirish
I-Bob.Maqom va uning vujudga kelishi
1.1. Maqom va uning tarixi
1.2. O`zbek maqomlarining nazariy asoslarini o’rganish
II bob.Markaziy Osiyoda musiqa nazariyasi tavsifi
2.1. -maqom asoslari tarixi va namoyandalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

KIRISH
Maqomlar Sharq musiqasiga xos bo’lgan turkumli san’at turidir. Ular asosan musulmon Sharqida keng tarqalgan bo’lib, turli mamlakatlarda har-xil nomlanadi. Jumladan, biz bilganimizdek o’zbek va tojiklarda maqom, uyg’urlarda muqom, Ozarbayjonda mug’om, arablarda va turklarda maqam, E’ronda Dastgoh, hindlardaraga kabi. Maqomlar, ya’ni turkumli musiqa janrining ildizi VII asrlarda yashab o’tgan BorbadMarvaziyga borib taqaladi degan ilmiy farazlar mavjud. U afsonaviy bastakor, mahoratli sozanda va tengsiz hofiz bo’lgan. Aynan uning ijodida birinchi marta turkumli asarlar, ya’ni, Husravoniy turkumi yaratildi. Shu tariqa zamonlar o’taverib turkumli musiqa butun Sharq bo’ylab rivojlana bordi.Tahminan IX asrlardan shakl ola boshlagan maqomlar butun Sharq davlatlari bo’ylab Duvozdax maqom, ya’ni, o’n ikki maqom tizimi shaklida nomlandi va rivojlanadi. O’n ikki maqom tizimi haqida ilmiytarixiy risolalarda bir qancha ma’lumotlar bitilgan bo’lib, ularning ma’lum bir qismi bizgacha yetib keldi. Lekin, musiqasi yetib kelmadi.Zamonaviy maqomshunoslik fani asoschisi, san’atshunoslik fanlari doktori Is’hoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan bizga ma’lum bo’lishicha Shashmaqom Duvozdaxmaqomdan kelib chiqqan ekan. Maqomshunos alloma I.Rajabov ta’kidlaganidek Shashmaqom XVIII asr o’rtalariga kelib uzilkesil shakllangan.Mu siqa ko’plab asrlar davomida insonga hamroh bo’lib, uning mehnat faoliyatini, turmushini, his-tuyg’usi hamda kechinmalarini, o’y-fikrlari va orzu umidlarini aks ettirib kelgan.


Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar hilma-xilligi ohang xususiyatlarining o’ziga xosligi, ritmikasi va melodika (ohang) qurilishi, o’ziga xos musiqa (cholg’u) asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa asarlari behisob.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda juda ko’p sohalarda o’zgarishlar va yangiliklar bo’ldi. Milliy mumtoz musiqamiz qayta tiklandi. Musiqaga qaratilayotgan e’tiborlar oshgandan oshmoqda. Musiqa maktablarining moddiy ba’zasini modernizatsiyalashtirish va musiqa asboblari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirildi.Shashmaqom YUNESKOning “Insoniyatning og’zaki va nomod diy madaniy merosi” deb tan olinishi Shashmaqom rivojlanishiga turtki bo’ldi. 2017yilda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O’zbek milliy ma- qom san’atini rivojlantirishga oid chora tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O’zbek milliy maqom san’ati markazi” tashkil qilindi. Har bir viloyat-da maqom ansambllari tashkil etildi. Dastlab, O’zbekiston davlat konservatoriyasi-da “O’zbekmaqomi san’ati” nomli fakultet tashkil etildi. Uning ijrochiligi bilan bir qatorda tarixi va nazariyasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Buning isboti sifatida “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil etilganligini keltirish mum-kin. Har ikki yilda Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom anjumani bo’lib o’tadigan bo’ldi va uning tarkibida ijrochilik tanlovlaridan tashqari ilmiyamaliy konferensiya ish yurita boshladi. 2021yil sentabr oyidan boshlab Yunus Rajabiy nomidagi O’z-bek milliy musiqa san’ati instituti o’z faoliyatini boshladi va h.k.
Kurs ishining dolzarbligi: Umumta`lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo`yiladigan umumiy talablar,uning tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlartomonidan ishlab chiqilgan bo`lsada, lekin musiqa ta`limi vatarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib,uni samarali tashkil etish yo`llarini aniqlash alohida muammo sifatidao`rganilganicha yo`q. Amaliyotda ham ushbu muammo,musiqa tarbiyasining boshqa ko`plab muammolari qatori o`zining to`laqonli yechimini topma-gan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Kurs ishining maqsadi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida-gi qarorida “umumiy o`rta ta`lim muassasalarida milliy musiqa cholg’ularidan ka-mida bittasida kuy ijro etish mahoratio`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to’g`risidagi hujjatiga(shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”.Olib borilayotgan islohotlar shuni ko`rsatib turibdiki, o`zbek milliy musiqa san`atining kelajagi por loqdir.Kurs ishimning maqsadi xor malakalarini rivojlantirish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Kurs ishining vazifalari: Asosiy vazifalardan biri ovoz hosil qilish malakalari va fiziologik o`rganish hamda uni amalda qo`llay olish, shuningdek,musiqa malakalarini rivojlantirish va amaliy ko`nikma xosil qilishdan iborat. O`quvchilarning musi-qa malakalarini rivojlantirish musiqaning sir-sinoatini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o`stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

I-bob Maqom va uning vujudga kelishi


1.1. Maqom va uning tarixi
Maqom nima? Salobatli maqom turkumlarida qanday g’oya yoki ta’limotlar ifoda etilgan?Nima sababdan maqom san’ati ko’p asrlardan buyon o’z mohiyati, demakki, badiiyqiymatini yo’qotmasdan kelmoqda? Bu kabi savollar aslida tubdan serqirra va bir-biriga tutash madaniy-tarixiy nazariy masalalar bilan uzviy bog’lanib ketganki, natijada ularga bir yo’la yoki shu damdayoq bir jihatli javob berish mushkuldir. Shu bois qayd etilgan savollarimizga bu san’at salsalalaridan javob axtarish maqsadga muvofiq ko’rinadi. Zotan “har qanday musiqiy madaniyatni nafaqat moddiy akustik fenomen tarzida, balki eng avvalo ijtimoiytarixiy hodisa sifatida tushunmoq zarur”Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega bo‘lib, avloddan avlodga “ustoz-shogird” an’anasi oraqali meros bo‘lib o‘tib kelayotgan kasbiy musiqaning namunasidir. Kasbiy musiqaning shakllanishida “saroy madaniyati” muxim o‘rin tutgan bo‘lib, xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodli musiqachilar xon saroylarida musiqachi bo‘lib xizmat qilganlar. Shu davrdan boshlab kasbiymusiqa rivojlangan. Maqom san’ati bilan asosan kasbiy musiqachilar maxsus shug‘ullanganlar. Maqomlar kasbiy musiqaning eng salmoqli va murakkab qismini tashkil etadi. Maqomlar shakl tuzilishi jihatidan juda salobatli san’at namunasidir. Shu bois o‘tmishda yashab ijod etgan ko‘pgina mutafakkir olimlar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Sayfiddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduraxmon Jomiy va boshqalar maqomlarga doir il-miy risolalar yozganlar.Shu tariqa maqom ijrochiligi, ijodkorligi va maqom nazariyasi fani rivojlanib keldi. “Maqom” atamasi arabchadan olingan bo‘lib, “o‘rin”, “daraja”, “martaba”, “manzilgox” kabi tushunchalarni ifodalaydi. Maqombu mukammal pardalar uyushmasi va doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg‘u kuy va ashulalar majmuasidir. O‘zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud bo‘lib, ular quydagicha nom-lanadi: 1.Olti maqom (Shashmaqom yoki Buxoro maqomlari) 2.Xorazm maqollari 3.Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari Shashmaqom XVIII asr o‘rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlar tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan. Shashmaqom oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatadi.Maqom chol-g‘u kuy va aytim (ashula) turkumlari shu mukammal pardalarning ma’lum doira usullari bilan mushtarakligi natijasida yuzaga keladi. Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo‘limdancholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan iborat bo‘lib, ularni “ustoz shogird” an’anaviy maktabida tahsil ko‘rgan ma-lakali kasbiy cholg‘uchi va ashulachi- xofizlargina ijro etadilar. Maqomlar asosan “og‘zaki uslub” vositasida avloddan avlodga o‘tib kelgan.Sharq olimlari tomonidan o‘ziga xos musiqiy “nota” yozuvi yo‘llari ixtiro etilgan bo‘lsada ular amaliyotda keng joriy bo‘lmagan. Maqomlarning besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlar XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Taniqli kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy (1879-1949) XX-asrning 20yillarida Buxoroda maqomchi ustozlarhofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘aniylar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlariga ilk bor tushiradi Akademik Yunus Rajabiy (1897¬1976) ham Olti maqom tizimini ikki bor 50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlarida bosmadan chiqardi. Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko’ra maqomlarning eng qadimiy namu-nalari payg’ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi - XVII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur mu-siqachi va olim Darvish Ali Changiyning “Tuhfatussurur” nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg’ambar nomlari bilan bog’liq yettita maqom bo’lgan. Bunda “Rost”maqomi Odam alayhissalomdan, “Ushshoq” Nuh alayhissalomdan, “Navo” Dovud alayhissalimdan, “Hijoz” Ayub alayhissalomdan, “Husayniy” Yoqub alayhissalomdan va “Rahoviy” Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo’ja Abdulqodir ibn Marog’iy, xo’ja Safiuddin ibn Abdulmo’min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro’li us-tozlar fikriga tayanganligini ham ma’lum qiladi. Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og’zaki musiqa ijodiyotining ko’hna namunalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, ma-qomlarda xalq musiqasininghatto eng qadimiy namunalariga oid “izlari” ham saqlangan. Xususan bu izlarni bizgacha yetib kelgan Navro ’zi Ajam, Navro’zi Xoro, Navro’zi Sabo nomli maqom asarlarida ko’ramiz. Shundaki, bu asarlarning kuy negizlarida mutaxassis olimlar tomonidan “xalq kuyiningeng qadimiy namunasi” (“birlamchi chiziq”G. Shenker) tarzida tasnif etilganquyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo’ladi. Bu hol bejiz emas, albattaMa’lumki, ko’pgina Sharq xalqlari uzoq o’tmishdan buyon Navro’z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma’lum kuy va ashilalarni ijro etib kelganlar. O’ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an’anaviy hayotidan muqim o’rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o’zining yuksak rivojlangan ko’rinishlarga ega bo’lganligi haqiqatga yaqin bo’lsa kerak. Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval “yo’l” ma’nosini anglatuvchi “roh”, “tariqa”, “ravish” kabi atamalar qo’lla-nib kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma’lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo’lgan payg’ambarlarning insonlarga chinakam baxtsaodatga erishish yo’llarini ko’rsatganlar. Ulardan qolgan ma’naviy ta’limot namunalari jamoa-qavmlar orasida alohida e’zozlanib, avloddan- avlodga go’zal ruhiy meros sifatida o’tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma’qul va manzur bo’lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o’rganish asnosida) hosil etilib, so’ngra shu (parda) “yo’llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi namuna-lari ijod etilgan) bo’lsa kerak.
1.2. O`zbek maqomlarining nazariy asoslarini o’rganish O’zbek maqomlari mumtoz qadriyatlar asosida taraqqiy topgan o’zbek musiqa madaniyatining muayyan tizimi. Amalda bu tizim o’zbek Maqomoti deyayuritiluvchi Buxoro shashmaqomi, Xorazm Olti Yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farg’onaToshkent maqom yo’llari nazarda tutiladi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining o’zbek musiqa nav’lariga bo’lgan qiziqishi, musi-qashunos olimlarining musiqa merosimizga bo’lgan yangidanyangi izlanish-lari va qarashlarini kashf etmoqda. Milliy maqom san’ati musiqa madaniyatining eng yorqin namunasi bo’lib, o’zida butun bir tizimni tashkil qiluvchi maqomlar majmui hisoblanadi. Uning umumiy tuzilishi, amaliy asoslari mu siqa ahliga ma’lumdir. Biroq, ayrim ochilmagan qirralari, xususan, nazariya-siga oid muhim xususiyatlari keng ilmiy o’rganilishni talab etmoqda. Bir ne-cha davrlar mobaynida mumtoz musiqa durdonalari o’z hajmi va ko’lamini kengaytirib, xalqimizning amaldagi musiqiy urf odatlarida o’zining yetakchi o’rniga ega bo’ldi.
Zamonaviy o’zbek olimi, maqom bilimdoni Otanazar Matyoqubov - “shashmaqomning amaldagi shaklini, jumladan, Buxoroda ijro etilib kelinayotgan andozasini ham, bizning uchun “jonli musiqiy meros”, amaliyotda pishib yetgan mo’tabar urfodat (mutaorif udum) deb ta’rifladik” deydi. Olimning ushbu qarashidan ma’lumki, nodir majmua bekordan-bekorga “jonli musiqiy meros” deyilayotgani yo’q. Chunki o’zbek maqom-lari doimiy rivojlanishdagi jarayon bo’lib, bugungi kundagi qiyofasi oldingi namunalariga nisbatan to’laqonli shakllangan va takomillashgan ko’rinishda namoyon bo’lmoqda hamda u doimiy harakatdadir. Ma’lumki, musiqaning nazariy tarmog’ini uning mustahkam poydevori sifatida belgi-lash lozim. Turli xalqlar musiqasini o’rganishda ham avvalo, uning nazari-yasi, ya’ni musiqaning tarkib topishida qo’llaniluvchi muhim unsurlar o’rga-niladi. Shu bois, bunday omillarga milliy musiqa merosini tashkil etuvchi kuy-qo’shiqlarning ichki tartibi: tovush tizimi, pardalarning bir biriga nisbati, shakllanish omillari, lad tizimi, metroritmik asoslari kabi qator musi-qiy ifoda vositalarini aytish mumkin. Jumladan, o’zbek maqomlarining nazariyasiga oid hozirgacha o’rganilib ke-linayotgan bir qator masalalarini keltirib o’tish mumkin: -maqomlarning tovush tizimi; -ularda kuy-ohang tuzilishining o’ziga xos xususiyatalari; - lad tizimi - lad birliklari, lad tuzilmalari va lad jamlanmalari; -maqomlarning shakllanish omillari; -maqom shakllarining tarkibiy bo’linishlari va ularning funktsiyalari; -maqomlarda lad va metro-ritmik mutanosiblik; -maqomlarning muayyan janr va shakllari; -maqomlarning tahliliy metod uslublari; -maqom variantlarining qiyosiy taxlili. Shu o’rinda nazariy musiqashunoslik sohasiga e’tibor qaratsak. Bugungi kunda musiqa madaniyatini o’rganuvchi va targ’ib qiluvchi bu tarmoq qay holatda va qay tarzda davom etmoqda? O’zbek musiqashunosligi, xususan, tarix va nazariyot oldida hali yana qanday tuguni yechilmagan ishlar turibdi?Shu sababli, xalq musiqasi, milliy mumtoz musiqa va zamonaviy musiqa madaniyati, bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotini o’rganish, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ochish birlamchi muhim vazifalardan hisoblanadi. O’zbek musiqasi tarixan ikki qatlamda rivojlanib kelgan. Bular, xalq musiqaijodiyoti va milliy mumtoz musiqa. Shuni ta’kidlash kerakki, xalq musiqa ijodiyoti (folklor) shakllari o’zining soddaligi, musiqiy ifoda vositalarining ixchamligi, inson ongiga tez singishi va esda qolishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, ushbu jarayonlarning muayyan qonuniyatlar asosida kechishi musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.Milliy mumtoz musiqa esa o’zining salobatli tarkiboti, uyg’un janr va janrlar tizimi, ijro an’analari, qonuniyat hamda qadriyatlari bilan farqlanadi. Mazkur musiqaning yirik musiqiy unsurlar sifatida shakllanishi, muayyan atamalarning yuzaga kelishi va o’ziga xos ifoda vositalari hamda ularning muayyan doiralarda o’ziga xos urfodatlari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Maqomlarning birlamchi na-zariyasi deganda, avvalo uning musiqiy tilini (ifoda vositalari tizimi), ya’ni, musiqiy unsurlarning tizimli ravishda birbiri bilan bog’lanishi, uyg’unlik hosil qilishi va muayyan shakl hamda badiiy asar sifatida yuzaga kelinishini tushunish mumkin. Ma’lumki, o’rta osiyolik olimlarning oldingi davrlarda yaratilgan turli tadqi-qotlari va risolalarini sharq xalqlari musiqasining rivojlanishi tarixini yoritib berishda muhim manba sifatida e’tirof etish mumkin. Ularni o’z davrining musiqiy san’ati va ilmlarini aks ettiruvchi madaniyma’naviy yodgorlik sifatida belgilash mumkin. O’rta Osiyoda musiqa madaniyatiga oid ilmiynazariy fikrlarning o’ziga xos xususiyatlari aynan ilk o’rta asrlardan rivojlanib kel-gan. Ayniqsa, sharq klassiklari buyuk yunon faylasuflarining izdoshlari sanalib, ular xuddi Pifagor, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqalarning antik musiqa nazariyasini o’rganishgan, tarjima qilishgan va ularga sharhlar kelti-rishgan.IX asrdan boshlab o’rta Osiyoda musiqaga oid risolalar yozila bosh-lanadi. Ularda musiqaning ilmiynazariy masalalari sinchiklab o’rganilgani, musiqa cholg’ulari bilan bog’langan holda atroflicha tavsiflanishi, shuning-dek, o’z davrining yetakchi musiqachilari va qadimiy musiqa asarlarining nomlari keltirilganini ko’rish mumkin.Mazkur ishlarning ko’pchiligida naza riy qismi ikki faslga: nag’ma va parda tizimi ilmi hamda ilmi iyqo’ (ritm asoslari)ga ajratiladi Ushbu ishlar orasida Abu Nasr Forobiy (870-950), Safiuddin Urmaviy (1216-1294), Abdulqodir Marog’iy (1353-1435), Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va boshqa olimlarning ilmiy qarashlarini keltirish mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’rta Osiyo nazariyotchilarining ko’pchiligida antik faylasuflar Pifagor va uning maktabining chuqur ta’siri seziladi. Xususan, Pifagor ta’limotidagi ikki nuqta matematik va tasavvufiy ilm sharq klassiklarining barcha musiqiy nazariy ishlari uchun muhim nuqta deyish mumkin. Misol uchun, Al-Forobiy shunday yozadi: “Musiqa bu muayyan sonlar mutanosibligiga asoslangan turli tovushlar yoki ma’lum me’yoriy intervallarning o’zaro munosabati tizimi”. Shuni aytish kerakki, bunday misollarni ko’p keltirish mumkin. Shunga binoan, musiqaning matematik sarhisobi, ya’ni, boshqacha aytganda, tovushlarning akustik tizimi barcha nazariy tuzil-malarda muhim rol o’ynovchi jihat sifatida qayd etish kerak. Xususan, sharq klassiklari Forobiy (“Kitabul musiqiy alkabir”), Ibn Sino (“Risalatun fi-ilmil musiqiy”) va Xorazmiy (“Mafotixul ulum”) risolalarida musiqaning ilmiynazariy asosi ikkiga ajratiladi. Birinchi qismi "Ilmi ta’lif' (kompozitsiya), ikkinchisi esa "Ilmiiyqo’" (ritm) deb ko’rsatila-di. Ilmi ta’lif tushunchasi biz hozirgi kunda lad va uning ma’nodoshi maqomiboralariga yaqin holda ishlatiladi. Keyinchalik esa Safiuddin Urmaviydan e’tiboran to Abdurahmon Jomiygacha ilmi ta’lif va ilmi iyqo’ umumlashtiri-lib ilmi advor deyiladi. Ular mazmunan lad va maqomga yaqin tushunchalar-ni nazarda tutadi. Boshqa ko’plab ilmiy manbalarda ham maqom nav’lari-ning tarkibiy tuzilishi va o’ziga xos jihatlari, xususan, nazariy va amaliy to-monlari tadqiq qilinadi. Maqomlarning ma’nomazmunini tushunishda, xusu-san, nazariy xususiyatlari, jumladan, parda-lad (lad) tizimlari va ularning bir-biriga nisbati, usul doiralari, shakl va shakllanish qonun-qoidalarini o’rganish ustivor ahamiyatga ega. Amaliy tarafdan esa musiqiy cholg’ular, ayniqsa, maqomlar ijrosida yetakchi soz hisoblanuvchi tanburning tovush (akustik) tuzilishi, ijro an’analariga oid ma’lumotlarni to’plash va atroflicha o’rganish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, “Faro-biyning “Kitabul musiqiy al-kabir”da musiqaning boshlang’ich asoslari - ilmi ta’lif va ilmi iyqo’lar bayon etilgandan so’ng, ana shu nazariy qarashlarning amaldagi isboti sifatida cholg’u asboblariga oid bo’lim keladi. Undan so’ng ilmi musiqiyning oliy maqomi bo’lmish ijod (kuy yaratish) bosqichiga o’tiladi” Bizning davrgacha yetib kelgan maqomot shakl va janrlari-da tarkibiy tuzilish tamoyillari hamda birliklari alohida tahlil qilinishi odat etiladi. Shashmaqom tarkibidagi shakllarning eng kattasi “maqom” deyiladi-gan bo’ldi. Taniqli maqomshunos Ishoq Rajabov ta’rifida: “Maqom ma’lum lad asosiga mos keladigan va muayyan pardalardan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir” . Maqom ashula va cholg’u yo’llaridan iborat ikkita mustaqil nav’ga bo’linadi va ular mushkilot hamda nasr deb yu ritiladi. Cholg’u va ashula yo’llarining har bir tartib qilingan qismlari o’zi ning nisbatan mustaqil shakliga ega bo’lgan asarlardir. Demak, maqom tarkibidagi kuy va ashulalarning har biri ma’lum parda asosi usul doirasi va max sus shakl modiliga ega. Maqomlar doimiy o’zgarishdagi shakllanish jarayoni jonli musiqiy amal. Shunga muvofiq maqom haqidagi ilm - maqomshunoslik ham yonma yon o’zgarib, rivojlanib boradi. Maqom haqidagi ta’limot mustaqil ilm tarmog’i sifatida shakllanishi Safiuddin Urmaviyning “Ilmi advor” asaridan boshlanadi. Bu ta’limotning uchta asosiy tayanchi mavjud kuy (parda) doiralari, usul doiralari hamda musiqiy asarlarning muayyan shakl va nav’lari. Ular maxsus nomlar bilan yuritilgan: kor, amal, savt, naqsh, nav ba va navbati murakkab. Abdulqodir Marog’iy (“Maqasid-ul alhon”)da ko’rsatilgan kuy yaratish usullari haqidagi fikrlar, keyinchalik Mavlono Kavkabiy va Darvish Ali risolalarida ham mavjud. Ayniqsa, Kavkabiyda Abdulqodir Marog’iydan boshqacharoq ko’rinishda izohlangan va boshqa shakllar ham berilgan. Masalan, Miatayn (ikki yuz), SarbandAmali mustahal, Qavli mustahal, Navbat va boshqalar. XVIXVII asrlarda yashab ijod qilgan mashxur olimlar Mavlono Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali changiylarning musiqa risolalarida kuy va ashula turlari hamda ularning shakl masalalarigachuqur to’xtalib o’tiladi. Ularda musiqa nazariyasining tub asoslari, xususan, usul, vazn, aruz qoidalari va kuy-shakl tuzilishlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari XVXVII asrlarda shakllangan bastakorlik san’ati va maqom nav’larining yuzaga kelishi, o’zgarishi, ya’ni, rivojlanishiga turtki bo’lgan musiqiy asoslar haqida qimmatli ma’lumotlar qoldiriladi. Mavlono Kavkabiy zo’r bastakor ham bo’lgan, maqom yo’llari (pardaladlar) asosida naqsh, amal va peshrav kabi kuy shakllarida ijod qilgan. Shu munosabatda she’r bilan musiqani bog’lash uchun katta ustalik zarur ekanligi aytiladi. Darvish Alining risolasida esa uning zamonida va undan oldin yashab ijod etgan musiqashunoslar, bastakorlar, shoirlar, mohir ho-fiz hamda cholg’uchilar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Mavlono Kavkabiy va XIX asrda Buxoroda yashagan noma’lum muallifning asarida keltirilgan bastakorlik va musiqa turi hamda shakllari haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ushbu risolalarda kuy ashulalar shakli har qancha batafsil ta’riflangan bo’lsada, shu davr nota matnlari namunasi mavjud bo’lmaganligi sa-babli ularning shakl tuzilishini aniq tasavvur etish qiyin. Shunga qaramay, bizga-cha yetib kelgan maqom majmualarining amaldagi kuy va ashulalari bilan o’sha risolalarda aks ettirilgan asarlar qiyofasini taxminiy tarzda qiyoslash mumkin. Kavkabiy va Darvish Ali risolalarida keltirilgan kuy shakllarini tashkil qiluvchi asosiy qismlar hozirgi maqom yo’llarida ham mavjud. Lekin kuy qismlarining ifodasi bo’lgan ko’pchilik musiqa atamalarining iste’moldan chiqib ketganligi bu masalanianiq tushunishda qiynchiliklar tug’diradi. Mazkur mualliflar kuylarning ishlanish uslublari va shakllari haqida mulohaza yuritarkan, bunda kor, qavl, amal, peshrav, savt, naqsh, rihta, saj’, zarbayn va boshqa navlar misol keltiriladi. Ushbu ibora va atamalar kuy yoki ashulalarning tarkibiy qismlari, ayrim hollarda esa kuy yaratilishining uslublari haqida fikr yuritiladi. XVIXVII asr musiqa risolalarida ko’plab uchraydigan shakl masalalariga oid xona (sarxona, miyonxona), bozgo’y, zil kabi amaldagi kuy va ashulalarning tarkibiy bo’laklari hanuzgacha amaliyotda keng qo’llanilishini yaqqol guvohi bo’lamiz. O’tmish nazariyasi va bugungi amaliyot o’rtasida ayrim o’xshash jihatlari borligi va ularning saqlanib qolganligi kuyashula yo’llarining ishlanishida barhayot umumiy tamoyillar va uslubiy mushtarakliklar borligidan darak beradi. Shunga e’tiboran,yuqorida keltirib o’tilgan qadimiy shakllar, jumladan, kor, amal, qavl, savt, pesh rav, naqsh va boshqalar amaldagi kuy va ashulalarning ustivor jihatlari oldingi ta-moyillarning takomillashuvi natijasida yuzaga kelganligini ko’rsatadi. Biz buni amaldagi o’zbek Maqomotining janr va shakllari, mumtoz cholg’u va ashula yo’llarida mavjud musiqiy shakllar zamirida qisman bo’lsa ham ko’rishga muvofiq bo’lamiz. Xulosa qiladigan bo’lsak, o’zbek maqomlarining ilmiynazariyasi va amaliyotitarixiy rivojlanishida o’zaro mushtaraklik kasb etganligini guvohi bo’lamiz. Bu-gungi kunda milliy mumtoz musiqa nav’larining amaliyotda keng qo’llanilishi, so-zanda va hofizlar orasida sayqallana borishi maqomlarning yangidanyangi qirralarini namoyon qilmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimida maqomlar nazariyasi va tarixi xususida turli ilmiy tadqiqotlar olib borish, o’quvchi yoshlar orasida keng targ’ib qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.

II bob. Markaziy Osiyoda musiqa nazariyasi tavsifi


2.1.Maqom asoslari tarixi va namoyandalar XVI asrning boshida Torli cholg’u asboblarida ijrochilikning keng tarqalishi yili Tohiriylar sulolasining qulashi Movarounnahrda Somoniylar hokimiyatining qaror topishi uchun qulay sharoit yaratdi. SHu davrdan e’tiboran Somoniylar Movaroun nahrni birlashtirdilar. 886 887 yillarga kelib, Somoniylardan bo’lgan Nasr ibn Ahmad o’zini butun Movarounnahrning hukmroni deb e’lon qiladi. Ammo uning ukasi Ismoil Nasrga bo’ysunmaydi va 888 yilda akaukalar orasida urush boshlana-di. Nasr qo’shinlari tormor keltiriladi va Movarounnahr Ismoilning qo’liga o’tdi. 900-yillarda Somoniylar davlati kuchayadi. Ismoil SHarqiy Eron hisobiga o’z tasarrufidagi yerlarni kengaytirdi. Markaziy Osiyo rivojlangan feodalizm pallasiga kirdi. Feodal xonliklar mustahkamlandi, shaharlar o’sdi, savdo jonlandi. Somoniy-lar davrida Markaziy Osiyo deyarli yuz yil mobaynida chet el bosqinchilarining hujumiga duch kelmadi, bu esa, mamlakat xo’jaligi va madaniyatining rivojlanishiga imkon berdi. Shahar bilan qishloq o’rtasida ortib boruvchi mol ayirboshlash, karvon savdosining gurkirashi qishloq xo’jaligining, konchilik va hunarmandchilik-ning rivojlanishini ta’minladi.Somoniylar davrida Movarounnahrda JanubiyShar-qiy Ovro’po, Eron va Kavkazni Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoy bi-lan bog’lab turuvchi karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. X asrda savdogarlar savdo uyushmalariga birlashgan, savdo-sotiqda cheklar ko’p qo’llanilar edi. Katta miqdordagi pulni biror shaharning biror sarrofiga berib, uningevaziga undan chek olish va mo’ljallangan joyga borib shu chekni ko’rsatib, chek-da ko’rsatilgan miqdordagi pulni to’la ravishda qaytarib olish mumkin edi. Arab istilosi davrida islomlashtirilgan hududda arab tilini o’zlashtirish joiz bo’ldi. Arab tili faqat musulmon aqoidlarida, rasmiy amaldorlar doirasidagina emas, balki fors, xorazm, sug’d aslzodalari muhitida ham qo’llana boshlandi. Barcha shariat qoidalari, rasmiy qog’ozlar, barcha ilmiy asarlar arab tilida yoziladigan bo’ldi. Arab tilini bilmagan odam amaldor bo’la olmas edi. Somoniylar hukmronligi davrida Xuroson va Movarounnahr madaniy hayotida kat ta yuksalish kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’z davrining mada-niy markazlari sifatida dong taratdi. Bular orasida Buxoro ayniqsa mashhur edi; zero unda saroy va davlatning markaziy idorasi joylashgan edi. Abu Ali ibn Sino Buxoroda ajoyib kitob bozori bo’lganligi haqida yozadi. Bu erdagi kitob do’konlarining biridan u o’ziga kerakli bo’lgan Arastuning «Metafizika sarini alloma Forobiy sharhlari bilan topishga muvaffaq bo’ladi.Kitobfurushlarningo’zlari ham ilmli insonlardan bo’lganlar. Kitob do’konlarida shoir, faylasuf, tabib, riyoziyot ilmlari sohibi (matematik), munajjim, tarixchi va boshqalar bilan uchrashish, ular bilan turli mavzularda ko’ngilli munozaralar olib borish mumkin edi. Bu-xoro o’zining amir saroyidagi kutubxonasi bilan ham dong chiqargan edi. Amir-ning ijozati bilan Ibn Sino bu kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan va uning qisqacha ta’rifini bergan. Kutubxona bir qancha xonalarni egallagan. Har bir xonada maxsus sohaga, shariatga, she’riyatga oid ko’plab qo’lyozmalar bo’lar edi. Qo’lyozmalar sandiqlarda saq-lanardi. Buxoro kutubxonasi SHeroz kutubxonasi bilangina bellasha olardi. Old Osiyodagi boshqa kutubxonalar bunga teng kelolmasdi. Buxoroda o’sha davrda atoqli shoirlardan Rudakiy va Daqiqiylar yashab ajoyib she’rlar yaratishgan, Firdavsiy ham bu erda bo’lgan. Mashhur tabiatshunos, tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino o’zi ning yoshlik yillarini Buxoroda o’tkazgan. IXX asrlarda ilmfan, madaniyat va san’atning barcha turlari ravnaq topdi, buyuk mutafakkirlar, ulamoyu fuzalolar ham ayni shu davrda, shu zamindan yetishib chiqdilar. O’tmish madaniyatimiz, ma’naviyatimizga taalluqli manbalarning asosiy qismi ham shu davrda yaratildi. Xususan, al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy, «Ixvanus-safo», AbuAli ibn Sino, Muxammad al-Xorazmiy kabi qomuschi-allomalarning musiqa masalalariga bag’ishlangan asarlari IXX asrlar musiqa madaniyatini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.Aytish joizki, musiqa san’atiga o’sha davr hukmron sinflarining maishiy turmush tarzi va vaqtguzaronli-gi yaxshigina ta’sir ko’rsatgan. Musiqa hukmron sinf hayotining muhim lazzat baxsh omillaridan biri edi. Bu haqda Unsurulmaoliy Kaykovusning mashhur “Qobusnoma”sida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. O’sha davrda musiqachilarning ikki asosiy guruhi tashkil topadi. Birinchisi, bazmuziyofatlar, majlislarda xizmat qiladigan guruh bo’lib, xonanda, torli va damli sozla ijrochilarishuningdek, yopiq maydonda ijro etish uchun mo’ljallangan zarbli chol-g’ular ijrochilaridan iborat; ikkinchisi esa harbiyamaliy funktsiyalarni bajaradigan guruh bo’lib, tarkibiga karnay, nog’ora kabi ochiq maydonda ijro etiladigan jarangdor cholg’ular ijrochilari kirgan. Bunday bo’linish, atoqli olim F.M.Karomatov-ning qayd etishicha, keyinchalik o’zbek milliy cholg’u ansambllarining ikki asosiy turi vujudga kelishiga olib kelgan.IXX asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari cholg’ularining ko’p turliligi bilan ajralib turgan. Kasbiy ijrochi va nazariyotchilar orasida ud (yoki barbat) eng ommalashgan cholg’u edi. Musiqiy risolalarning alohida bob lari mazkur cholg’u tavsifiga bag’ishlangani ham bejiz emas. Bundan tashqari ikki turdagi Bag’dod va Xuroson tanburi, shuningdek rubob ham amaliyotda qo’llanil-gan. Damli cholg’ular nay va surnayning har xil turlari keng tarqalgan.Saroy mu-siqachilariga tegishli axloqiyva kasbiy qoidalar Kaykovusning mashhur “Qobusnomasida aks ettirilgan: “Agar nazirsiz (benazir) ustoz bo’lsang ham majlis ichidagi harif (ulfat)larga qarag’il, agar musiqiydan zavq olg’uvchi qarilar va xos odamlar bo’lsa, mutriblik qil, yaxshi yo’llarni va navolarni chertg’il Yana diqqat qilib qara-g’ilki, mazkur bazmda har kishi qaysi yo’lni yaxshi ko’radi, shu kishiga kosa yet-g’on choqda uni aytg’il. Unday vaqtda ul odamlardin biror narsa umid qilsang, shuni topasan...”.Biroq musiqachilarning kiborlar didi va ehtiyojlariga tobe bo’lganligiga qaramay, ushbu davr musiqa madaniyati o’zining asrlar davomida shakllangan badiiyestetik printsiplarini saqlab qoldi va rivojlantirdi. Musiqa san’atining yuksak badii yestetik ideallari, kasbiy musiqachining axloq kodeksi eng avvalo musiqa ilmiga bag’ishlangan asarlarda o’z ifodasini topdi[3]. Somoniylar davrida she’riyatayniqsa gullabyashnadi. Saroy she’riyati, asosan xalq adabiy an’analari va xalq og’zaki ijodi zamirida yaratildi. “Saroy shoirlari va musiqachilari ijodidagi asosiy janrhukmron shaxslarni maqtaydigan va sharaflaydigan qasida edi. Qasidalarning aso-siy mohiyati, qasida bag’ishlangan shaxsni daholashtirish edi. Uning muqaddima qismi (nasib)ga cholg’u asbobi jo’r bo’lgan. Ba’zan bazm kechalarida musiqiy cholg’ular mustaqil ravishda kuylar ijro etishlari mumkin edi. Nasibdan musiqiy she’riy san’atning, ya’ni musiqachi mutrib tomonidan ijro etiladigan mustaqil shakli g’azal tug’ildi. Madhiyasifat musiqiyshe’riy asarlar bilan bir qatorda ijtimoiy qa-rashlarni ifodalovchi qo’shiqlar ham ijod qilinar edi”. Somoniylar hukmronligi davrida Rudakiy qasidaning ustasi bo’lgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Rudakiy Sa-marqandning Rudak qishlog’ida (bu qishloq hozir ham mavjud bo’lib, aholi uni shoirning vatani debhisoblaydi) tug’ilgan. Boshqa ma’lumotlar bo’yicha, Rudakiy nomi shoirning o’zi mukammal egallagan musiqa asbobi “rud” nomidan olingan. Rudakiy kambag’al oilada tug’ilgan. U musiqa asbobida chalishni va ashula aytishni erta o’rgangan. Uning shuhrati Buxoro amiri Nasr ibn Ahmadga (914-943) etib boradi va amir uni saroy sozanda va shoirlari qatoriga taklif etadi.XI asr shoiri Ustodi Rashidiyning yozishicha, u Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligini hisoblab chiqqan. Bizgacha Rudakiy she’riyatining ozgina qismi etib kelgan.Buxoroga bag’ishlangan qasida ajoyib asarlar sirasiga kiradi. Uning yaratilishi xaqida shunday naql qiladilar. “Amir Nasr ibn Ahmad Marvda yashar, saroy ahllari begona shaharda zerikib qoladilar va o’z uylariga qaytish ishtiyoqi tug’iladi.Ular Rudakiydan Buxoro sharafiga qasida yozib berishini iltimos qiladilar. Amir bu qasidani eshitib, darhol ot talab etadi va shu ondayoq Buxoroga jo’nab ketadi”.Tojik tilida qalam tebratgan zakovatli shoirlardan yana biri Daqiqiy edi. U xalq rivoyatlariga, xalq og’zaki ijodiyotiga suyangan. U X asr oxirlarida Nuh ibn Mansur (976997) podsholik qilgan zamonda ijod etdi va “SHohnoma” asarini yara-tishga asos soldi. Bu asarda Eron va Markaziy Osiyoning arablar istilosigacha bo’lgan tarixi aks ettirilgan bo’lishi kerak edi. Ammo Daqiqiy erta vafot etdi va bosh-lagan ishini tugata olmadi.“Shohnoma”ni buyuk Firdavsiy XI asr boshlarida Mah-mud G’aznaviy podsholik qilgan davrda (9981030) nihoyasiga etkazdi.Firdavsiy-ning dunyoqarashi Somoniylar davrida shakllandi. Abulqosim Firdavsiy 934 yili tavallud topgan. U o’zining mashhur “SHohnoma” dostonini 37 yoshida yoza boshlagan va keksaygan chog’ida 71 yoshida tugatgan.Bu davrga kelib faqat xalq og’zaki ijodida rasm bo’lgan qadimgi doston va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi. Asosida ikki misrasi o’zaro qofiyalanadigan o’n bo’g’inli mutaqarib vazn yotgan professional (kasbiy) qahramonlik dostonlari vujudga keldi. Shohnoma – qadimdan arablarning VII asrda Somoniylar davlatini istilo etgunlarigacha bo’lgan, she’riy uslubda bayon etilgan, Eron va Markaziy Osiyo ning qahramonona tarixidir. Bu asar o’sha davr musiqasi, musiqiy hayoti, musiqiy cholg’ularini o’rganishda boy manba’ hisoblanadi. “SHohnoma”da eslatilgan torli-nohunli asboblardan rud va zarbli ochlg’u doira keng tarqalgan. Doiraning tasviri “SHohnoma”ga ishlangan turli xil miniatyuralarda va boshqa qo’lyozmalarda tez-tez uchrab turadi. Rudakiy qasidalarida chang va to’rt torli borbad eslatiladi.O’sha davrda chiltor va ud singari torli hamda puflama cholg’ular (nay) keng tarqalgan edi. Udsimonlardan kvartaga sozlanadigan, besholti juft torli ud qo’llanilgan. Dar-veshali CHangiy (XVII asr) udni “barcha musiqaasboblarining podshosi” deb baholagan edi.IX-X asrlarda ilm-fan ham juda ravnaq topdi. Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida joriy etilgan islom dini o’z ildizlari bilan qadimga borib taqaluvchi ilmiy an’analarni yenga olmadi.Bu davrda ajoyib olimlar, shoirlar, musiqachilardan mashhur matematik va munajjim Ahmad Al Farg’oniy; yirik olim, algebra risola-sining muallifi Muhammad ibn Muso AlXorazmiy; o’rta asr SHarqining atoqli fay lasufi, musiqa sohasidagi ishlari zamondoshlari hamda undan keyingi musiqachilar avlodi uchun asos bo’lgan Abu Nasr AlForobiy; o’rta asrdagi ko’plab ilmlarga katta hissa qo’shgan Abu Rayxon Beruniy; buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ya-shab ijod qilganlar.Buyuk matematiklar Ahmad AlFarg’oniy, Abu Ja’far Muham mad ibn Muso Al-Xorazmiy Farg’ona va Xorazmdan chiqqanlar. Xalifa Al-Ma’mun (813-833) akademiyasida AlXorazmiy Aljabrga, ya’ni riyoziyotga doir asarlari bilan fan tarixida mustahkam o’rin egalladi. Ovro’poda AlXorazmiy nomi “algoritm” va “algorifm” atamasi sifatida bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Algebra nomi uning “Kitab aljabr va almuqobala” nomidan olingan. Abu Nasr Forobiyning musiqiy nazariy merosi (873 950) Buyuk faylasufolim, o’rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Muhammad Forobiy 873 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tug’ilgan. U O’rta Osiyo turkiy qabi-lalaridan chiqqan bo’lib, dastlabki ma’lumotni o’z ona shahrida oladi. Durustgina bilim egasi bo’lgan Forobiy Bag’dod, Damashq shaharlariga, so’ngra Misrga bora-di va u yerlarda o’z ma’lumotini oshiradi Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. Aytishlaricha, u o’z davrida mavjud bo’lgan barcha musiqa cholg’ularida ijro etgan.Forobiy uning taxallusi bo’lib, to’la nomi esa Abu Nasr Muhammadibn Uzlug’ ibn Tarxon o’rta asr Sharq musiqa madaniyatining eng yirik namoyandasidir. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohalarini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli SHarq mamlakatlarida “Al-muallim as-soniy” –“Ikkinchi muallim” (Arastudan keyin), ya’ni “Sharq Arastusi” degan ulug’ nomga sazovor bo’ldi. Uning yoshligi o’z vatanida o’tgani va yigitlik chog’larida Tosh-kent, Buxoro va Samarqandda bo’lgani, bu yerlarda tahsil ko’rgani ma’lum. Keyinchalik Forobiy o’z bilimini oshirish maqsadida xalifalikning madaniy markazi Bog’dodga qarab yo’l olgan. U Eronning Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida hambo’lgan. Taxminan 940 yildan u Damashqdayashagan. Forobiy umrining keyingi yillari esa Xalab (Aleppo) shahrida o’tadi. U Sayfutdavla Hamdamiy (943-967) huzurida xizmat qilib, uning iltifotiga sazovor bo’lgan. Ayrim ma’lumotlarga qara-ganda, u 70dan ortiq tilni bilgan. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko’rsatilishicha, alloma Forobiy qonun asbobiniixtiro etgan va o’sha davrlarda mashhur bo’lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Maqomshunos olim I.Rajabovning bu boradagi mavjud manbalarga asoslangan mulohazasi quyidagicha: “Ba’zi manbalarda Abu Nasr Forobiy qonun sozining ixtirochisi, degan fikr noto’g’ri ekanligi qayd etiladi. O’t mishdagi mualliflar ko’pincha musiqa cholg’ularining tuzilishi yoki tori va pardasiga ozgina o’zgarish kiritgan musiqachi olimlarni o’sha cholg’uning ixtirochisi, deb hisoblay berganlar. Forobiy “Qonun”ning ixtirochisi, degan fikrni ham shunday tushunish mumkin” Forobiy 949950 yillarda Misrda, so’ngra Damashq shaharlarida yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob assag’ir»” qabristoniga dafn qilingan.Manbalarda ko’rsatilishicha, u zabardast bastakor hamda ud, tanbur, g’ijjak, nay, chang va qonun asboblarining mohir ijrochisi bo’lgan. Forobiy o’tkir didli va ajoyib musiqaviy qobiliyati tufayli O’rta va Yaqin SHarqda yashovchi turli xalqlarning musiqa madaniyati bilan yaqindan tanish bo’lgan. Uning musiqiy qarashlarini shakllanishida, ayniqsa Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining musiqa merosi katta ta’sir ko’rsatgan. Bu xalqlarning musiqa merosini ilmiy va amaliy tomonlarini chuqur o’zlashtirganligi Forobiyning asarlarida ma’lum bo’ladi. Forobiy musiqa ilmi va amaliyotida babbaravar dong taratgan. Uning ijrochilik va bastakorlik ijodi shu qadar yuksak cho’qqilarga erishganki, hatto bu to’g’rida xalq orasida ko’plab afsonalar yuzaga kelgan. Xusu-san, “Ziynatmajolis” asarida Ray shahrining vaziri Sohib Abbod huzurida o’tgan ziyofatda Forobiyning ijrochilik mahorati haqida quyidagicha hikoya qilinadi: “... u yonidan bir cholg’u asbobini olibdi, bu asbobni Forobiy o’zi kashf etgan bo’lib, ko’rinishi kichik qovoqqa o’xshab ketar ekan va gipchak deb yuritilar ekan. Forobiy u asbobda kuyning birinchi qismini chalganida o’tirganlarning hammasi mashqdan nihoyatda xursand bo’lishibdi va kulishibdi. Kuyning ikkinchi qismi eshituvchilarni yig’latibdi, ular ko’z yoshlarini qondek to’kibdilar, uchinchi qismi ijro etilganda esa eshituvchilarning hammasi hayajonga tushibdilarda, so’ng uxlab qolibdilar”[8]. Ilmda esa, u olamshumul ahamiyatga molik asarlar yaratib, musiqa-shunoslik tarixida so’nmas iz qoldirgan.Forobiy o’rta asr davri tabiiyilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 200ga yaqin asar yaratgan.U qadimgi yunon mutafakkirlari Platon, Aristotel’, Evklid, Ptolemey, Porfiriylarning asar-lariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel’ asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil izohlab, murakkab joylarini tushuntira olgan, kam chiliklarini ko’rsatgan; bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy “Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima no-to’g’riligi to’g’risida” nomli risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishi Yerning quyosh bilan oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanligini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab “fol ochuvchilarni” fosh qildi.Forobiy musiqaga oid ko’p asarlar yozgan. Alloma falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’yicha kattakatta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining zabardast olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, uning tarkibiga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Manbalarda Forobiyning “Ilmlar klassifikatsiyasi” (“Ixso al-ulum”), “Katta musiqa kitobi” (“Kitob almusiqa alkabir”), “Musiqaga kirish” (“Madhal fil-musiqa”), “Ritmlar klassifikatsiyasi kitobi” (“Kitob fi ixsa al-iqo’”) va boshqa ko’plab asarlari tilga olinadi. Bu asarlarning ayrimlari qo’lyozma sifatida dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Zamonaviy ilmga Forobiyning asosan, ikkita musiqa asari keng joriy qilingan. Ular “Ilmlar klassifikatsiyasi”ning musiqaga bag’ishlangan bo’limi va “Katta musiqa kitobi”dir Forobiy musiqaga in-son axloqini tarbiyalovchi, sihatsalomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan.Musiqa ilmi masalalarining atroflicha va chuqur yoritilishi jihatidan o’z davrida tengsiz bo’lgan “Katta musiqa kitobi” jahon musiqa fanining shoh asarlaridandir. Forobiy bu asarida oldinlari boshqa fanlarning tarkibiy qismi bo’lgan musiqani, mustaqil ilm darajasiga ko’targan. “Katta musiqa kitobi”ning dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadigan bir necha nusxalari ma’lum. Forobiy tavalludining 1100 yilligi munosabati bilan arab olimlari Zakariyo Yusuf hamda Mahmud Dafniy tomonidan mavjud qo’l yozmalar asosi-da kitobning mukammal matni tayyorlanib, nashr qilindi.Bu kitob musiqa olamida ko’p asrlar davomida mashhur. O’rta va Yaqin Sharq musiqa fanida u doimo eng nodir va markaziy asarlardan biri bo’lib xizmat qilib kelgan. Sharq musiqa ilmida Forobiy ijodi bilan aloqador bo’lmagan bironbir ko’zga ko’ringan olimni topish qiyin. “Katta musiqa kitobi”Evropada ham anchadan buyon ma’lum. U ilk bor XII asrda Zohid Guldislav tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan edi. “Katta musiqa kitobi” bir qancha sharq va g’arb tillariga ham o’girilgan.1840 yildanemis sharqshunosi Land kitobning cholg’u asboblarga oid qismini lotin tiliga tar-jima qilgan. XX asrning 30 yillarida “Katta musiqa kitobi” baron Rudolf D’Erlanjetomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, “Arab musiqasi” turkumida nashr etilgan Mazkur nashrda asar muqaddima va uch bo’lak kitobdan iborat.Muqaddima qismi-da muallif kuy ta’rifi, musiqannig nazariy va amaliy masalalari, kuyning paydo bo’lishi, musiqa janrlari, cholg’ular, kuylarning ta’rifi, kuylarning ijrosi, intervallartovushqatorlar, konsonanslar va dissonanslar haqida fikr yuritadi.Birinchi kitobda musiqaviy akustika, nag’ma (tovush)lar nisbati, intervallarning turlari, ularni hosil etish qoidalari, ritmlar va boshqa masalalar sharhlab beriladi.Ikkinchi kitobda ud, tanbur, nay, rubob kabi sozlar, ularning pardalari, torlari va diapazoni haqida gap boradi.Uchinchi kitob kuylar va maqomlarni hosil etish, ritm, cholg’u va vokal musiqa, kuy bezaklari va boshqa masalalarga bag’ishlanadi. Uchinchi kitob ma-qomlar masalasini yoritishda ayniqsa muhimdir. Bunda lad (maqom)larni tashkil etadigan qismlar tetraxord va pentaxordlarning turlari, maqomotning juda ko’p xil-lari, uning sho’’balari keltiriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Abu Nasr Foro-biy o’zining bu o’lmas asarida Sharqda nota yozuvining vujudga kelishida chuqur zamin hozirlab bergan edi. Binobarin, kuylarning parda asosi bilan bevosita bog’-liq bo’lgan lad (maqom) yozuv namunalarini ixtiro etdi va harfiy belgilar vositasi bilan yozib qoldirdi[. Ushbu tarjima orqali Forobiy merosi Evropaga keng joriy qilindi. “Katta musiqa kitobi”ning turli boblari fors va turk tillarida ham nashr etil-gan. Bu asar rus, o’zbek va qozoq tillariga qisman tarjima qilingan.Alloma asari-ning 1967 yil Qohirada amalga oshirilgan nashri quyidagicha“Katta musiqa kitobi”ning muqaddimasida ta’kidlanishicha, u ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchisida ushbu ilmning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo’lsa, ikkinchisi o’tmish olim larining musiqa ilmidagi “xatolariga” izohlar berishga qaratilgan. Kitobning ana shu so’nggi qismi bizgacha yetib kelmagan.“Katta musiqa kitobi”ning hozirgacha saqlangan nusxasining o’zi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi –“Musiqa san’atiga kirish” (“Madxal sinaatu fil-musiqa”), ikkinchisi –“Asosiy qism” (“Juzvi asl”) deb nomlanadi. O’z navbatida “Musiqa san’atiga ki-rish” har biri ikki bobdan iborat bo’lganikki faslga ajratiladi. Asosiy qism esa birinchisiikki, ikkinchisiuch, uchinchisi ham uchbobdan iborat uch faslni tashkil qiladi. SHunday qilib, “Katta musiqa kitobi” jami 12 bobdan iborat.Yuqorida qayd qilin-ganidek, Forobiy musiqa ilmini nazariy va amaliy qismlarga ajratadi. Nazariy ilm musiqa asoslari (tub qonunlari) va ularni o’rganish uslublari xususida fikr yuritadi. Har qanday nazariy ilmda iisonning kamol topmog’i uchun uch narsa kerak deyila di:Uning asoslarini egallash SHu fan asoslaridan kerakli natijalar chiqara bilish shu fanga oid xato natijalarni topa olish, o’zga olimlar fikrini chuqur tushuna olish,ularning yomon fikrlaridan yaxshilik kashf eta bilish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuza-ta olish, – deb yozadi “Katta musiqa kitobi”ning debochasida Forobiy. Forobiy ilmu ta’lifning yuqorida zikr etilgan har bir kategoriyasini keng va mukammal bayon qiladi. Ilmu ta’lif dastlabki tushuncha tovushning musiqaviy va fizik xususiyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Tovush bironbir qattiq yoki yumshoq jismning tebranishidan hosil bo’ladigan fizikaviy hodisa, deb ta’riflanadi.Xulosa qilish mumkinki, Forobiyning musiqiynazariy va musiqiyestetik qarashlari shakllanishi da O’rta va Yaqin SHarq xalqlarining musiqiy an’analari ayniqsa muhim ahami yat kasb etgan. Allomaning musiqiy risolalari va kitoblari esa bu haqda yozilgan asarlarning eng mukammali bo’lib, o’zidan keyingi davrlarda yashab ijod etgan uning izdoshlari bo’lmish musiqa olimlari kitoblarining yaratilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Abu Abdulloh AlXorazmiy (X asr) Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri, qomuschi olimi Abu Abdulloh ibn Yusuf alKotib alXorazmiy musiqa ilmi sohasida ham noyob meros qoldirdi. Uning qomusiy “Mafatix al-ulum” (“Ilmlar kaliti”)[12] asaridagi “Fil musiqa” (“Musiqa haqida”) bo’limi o’z davrida musiqa ilmiga doir qisqacha, ammo qimmatli ma’lumotlar beradi. “Fil musiqa” uch fasldan iborat: 1) mashhur cholg’ular; ) jins va jam’lar ta’rifi, ularning tasnifi; 3) iyqo’ masalalariga bag’ishlanadi. “Mafatix al-ulum” qomusi Yaqin va O’rta SHarq xalqlari cholg’ushunosligiga oid muhim manba’ hisoblanadi. Bunda qadimgi Yunon va SHarq xalqlari musiqa amaliyotida qo’l-lanilgan arg’anun, lira, kifara, tanbur, rubob va boshqa sozlarning tavsifi, sozlanishuslubi va tarkibi keltirilgan. Xorazmiy jins, jam’, va bo’’d ta’rifida, iyqo’ tasnifida Yunon ilmiy an’analariga tayanib, Forobiyningratsionalistik ilmiy an’analarini rivojlantiradi.“Umuman SHarq olimlari, dastlab musiqani ham falsafa ilmlaridan biri deb hisoblaganlar, binobarin o’zlarining qomus tarzida yozilgan kitoblariga kiritganlar. Bunda ular shubhasiz, musiqaning badiiy-estetik kuchi va ijtimoiy-tarbiyaviy rolini hisobga olganlar”.O’sha davrlarda musiqa ilmiga matematika fan-larining biri sifatida qaralgan edi. Bunga sabab, musiqani tashkil etgan tovushlar birbiriga nisbatan ma’lum nisbatda bo’lib, matematikadagi ba’zi konunqoidalar vo-sitasi bilan tushuntirilar edi. Dastlab, intervallarni tashkil etadigan tovushlar balandpastligi darajasi torning uzunqisqaligi bilan o’lchangan. Bunda tor qismlari geometriya yo’li bilan aniqlanib, uning ma’lum bo’laklaridan turli intervallar chiqarib oli-nadi. Masalan, ikkini birga nisbati (ya’ni, ochiq torning yarmidan hosil etiladigan tovush uning o’ziga nisbatan) oktava darajasidagi intervalni tashkil etadi va matematikada 2:1 tarzida ifoda etiladi. Xuddi shu ma’noda torning 9 bo’lagining 8 bo’lagiga nisbati – katta sekundani, uning 4:3 nisbati –kvartani, 3:2 nisbati –kvintani, 8:3 nisbati undetsimani, 3:1 nisbati duodetsimani, 4:1 kvintdetsimani tashkil etadi. Intervallarning turlari juda ko’p bo’lib, ular tashkil etgan tovushlar nisbati matematika qoidalari asosida tushuntirilar edi. Hatto jins, jam’ va maqom-larni tashkil etgan ayrim tovush(pog’ona)larning o’zaro nisbatlari raqamlar vositasibilan tushuntirilgan. SHu bois arifmetika, geometriya, astronomiya qatori musiqa ilmi ham matematika fanlaridan biri hisoblangan. Umuman Kindiy (IX asr), Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino kabi mashhur olimlarning asarlari ko’p asrlar davomida SHarq xalqlari musiqa nazariyasini sharhlab berishdaasosiy manba bo’lib xizmat qildi va keyingi davrlarda yaratilgan musiqa risolalari-ning mazmunini aniqlab berdi. Xulosa O‘zbek mumtoz musiqa namunalaridan o‘rin olgan maqom asarlarida darhaqiqat ko‘p varangbarangdir. Uning negizidagi SHashmaqom o‘zining ulkanligi bilan Sharq mamlakatlari maqomot tizimida alohida o‘ringa egadir. Shashmaqomning alohidalik jihatlari ularning shakliga mukammalligida, murakkabligida vaichki tarkibiy tizimining turli qonuniyatlarga asoslarganligida namoyon bo‘ladi. Buni biz O‘zbekistonning o‘zida yuzaga kelgan o‘zbek maqomotning o‘zida ko‘rib tu-ribmiz. Zamonaviy kitoblarda yozilishicha va olibborilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda o‘ziga xos maqomot tizimi shakllangan. Buni ilk bor Musiqashunos olim Otanazar Matyoqubov o‘zining “Maqomot” kitobida bayon etadi va ushbu maqomot tizimi xususida fikrlar keltiradi. O‘zbek maqomot tizimiga asosan quyidagi maqom navlari kiradi: -Buxoro SHashmaqomi Olti maqomdan iborat bo‘lib, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarini o‘zida jamlagan; Xorazm maqomlari Olti yarim ma-qomdan iborat. Uning tarkibidagi maqomlar: Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh. Farg‘onaToshkent maqom yo‘llariga mansub asarlar 4 ta. Ularga quyidagilar kiradi: Bayot IV, CHorgoh IVII, Dugoh Husayni IV va SHahnozi Gulyor. Navo maqom SHashmaqom tarkibidagi maqomlardan biri bo‘lib uning asosi-da boshqa maqomlarda ham o‘ziga xos ko‘rinishlari shakllangan. Bu esa Navo maqomining SHashmaqom tarkibidan o‘rin olgan va o‘ziga xosligi bilan ajralib tu-radigan namuna sifatida qaydetish mumkin. Navo maqomning ohang mavzusi, keng ko‘lamlik xususiyati, tabiiy badihaviy jihatlari sadolanishdagi go‘zal uyg‘un likda o‘zini namoyon etadi. Ishimizning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad ham o‘zbek maqomot tizimi tarkibidan o‘rin olgan va bir xil nomlar bilan yuritilib keli-nadigan maqomlarni bayon etish edi. Bu borada biz “Navo” maqomi misolida ko‘rib chiqishga harakat qildik. Xususan, Navo maqomining birinchi guruh sho‘h balarida uchraydigan namudlar tizimini tahlil qilishga urindik. Navo maqomining o‘zbek mumtoz musiqa merosida yuzaga kelgan va o‘zbek maqomotitarkibidagi namunalarni o‘rganib chiqdik.Xususan, Buxoro SHashmaqomi, Xorazm maqom-lari va Farg‘ona Toshkent maqom yo‘llari tarkiblarida yuzaga kelgan Navo maqo-miga tegishli bo‘lgan namunalar xususida kitoblardakeltirilgan mahlumotlarga asoslangan holda mahlumotlar to‘plashga harakat qildik. Ayni paytda, ijro amali-yotida, ananaviy ijrochilik yo‘nalishi bo‘yichamutaxassislik fanlarida talabalar to-monidan o‘zlashtirilayotgan Shashmaqom tarkibidagi Navo maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim mahlumotlar keltirildi. Shashmaqom tarkibidan o‘rin olgan Navo maqomi tarkibiy jihatdan o‘rganib chiqildi. Ijrochilik amaliyotida ustozlar ananala-riga xos holda Navo maqomi tahsirida yaratilgan cholg‘u va ashula yo‘llarini o‘rganib keltirishga harakat qildik.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Mirziyoyev.Sh.M. “O’zbek milliy maqom san‘atini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’grisidagi qarori. 2017-yil 17-noyabr.
2.Mannopov S. O’zbek xalq musiqa madaniyati.. Toshkent. 2004-yil. 41- bet.
3. Uspenskiy V.A. Shashmaqom. Moskva. 1924.
4. O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi.2004-yil. 2,9 tomlar.214,513 betlar.
5. Ma‘lumot: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent 2004-yil.
6. Matyoqubov O. ―Maqomot. ―Musiqa nashriyoti, Toshkent 2004 y. 309 bet.
7. Shamsiyev Sh. O‗zbek xalq ashulachilik tarixiga bir nazar.
8. Safarov O. Shashmaqom vatani ohanglari. 2008 yil. Badii asar- Pedagogika.
Internet saytlar
2.Yandex.uz
3.Google.co.uz
4.Wikipedia

ILOVALAR













Download 86.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling