Sanatshunoslik


Download 219.51 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi219.51 Kb.
#1624453
1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши

Qashqadaryo-Surxondaryo baxshi-doston ijrochiligi an’analari ijro uslublari
Yosh avlodni har tomonlama yetuk, madaniyatli, axloqan pok, ma’rifatparvar shaxs sifatida tarbiyalash ijtimoiy, siyosiy ma’naviy, jihatdan dolzarb vazifa bo’lib, hozirgi kunda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ta’lim-tarbiya mazmuni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’un holda rivojlangan. Haqiqatan ham ona Vatanni sevish, uni ardoqlash, milliy qadriyatlarni hurmat qilish muqaddas burchimizdir. Milliy qadriyatlarning g’oyaviy estetik ifodasi o’z o’rnida xalq musiqasi afsona, dostonlar, folklor va adabiyotda o’z ifodasini topgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim va fan sohasini yanada rivojlantirish borasidagi qaror va farmonlarida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga ustuvor ahamiyatini qaratish lozimligi ta’kidlanadi Milliy ma’naviy qadriyatlar silsilasida xalq musiqa ijodiyoti eng boy va sermahsul, ommaviy tur hisoblanadi. O’zbek xalq musiqasi, uning turli ijtimoiy qatlamlariga oid an’analari ijrochilik shakli an’analari turli vohalarda yashovchi xalqlarning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, etno-psixologik xususiyatlari, hayotiy
tajribasi, ijtimoiy qarashlari, mehnat faoliyati, urf-odatlari asosida shakllangan. Ularni asrab-avaylash, unut bo’lib borayotgan namunalarini tiklash, yangicha shakllarda sayqal berish va musiqaviy ta’lim-tarbiyatizimida tadbiq etish orqali yoshlarda ma’naviy javobgarlik hissini, Vatanga muhabbat, insoniy fazilatlar, axloq- odob fazilatlarini shakllantirish dolzarb pedagogik vazifa sanaladi.
Ma’lumki, O’zbekiston sarhadida ijrochilik an’analari, uslublari janrlariga ko’ra, musiqa ijodi asosan, jo’rga yo’nalishiga tarmoqlanadi. Bular, Surxondaryo- Qashqadaryo; Farg’ona-Toshkent; Buxoro-Samarqand, Xorazm musiqa uslublaridir. Ushbu musiqa uslublarining o’ziga xosligi, tarixiy rivojlanishi, janr an’analarini cholg’u an’analarini chuqur o’rganish muayyan ilmiy izlanish va tadqiqotlarni talab qiladi. Kuzatuv va taxlillarimiz har bir musiqiy uslublar tarkibida doston-baxshichilik san’ati juda boy va o’zining ijtimoiy-tarixiy ildizlariga, ijro uslubi va an’analariga ega ekanligini ko’rsatdi. Shu boisdan ham biz o’zimizning magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini Surxondaryo-Qashqadaryo baxshi-dostonchiligi an’analarini tinglab, musiqa ta’limida o’rganish asosida shakllantirdik.
Dostonlar haqiqiy ma’noda o’bek xalqining ma’naviy-madaniy va badiiy merosi, uning asosini, ya’ni g’oyaviy-badiiy mazmunda xalq hayoti, uning turli ko’rinishli, sevgi-sadoqat, ozodlik, erk uchun kurashi, insonparvarlik, mehnatsevarlik va do’stlik kabi oliyjanob fazilatlar o’z ifodasini topadi. Xalq dostonlari ham o’zbek mumtoz musiqasining eng yirik liro-epik janri hisoblanadi. Unda voqealar tasviri ko’pincha nasr (so’z) bilan, lirik kechinmalar she’r va musiqa uyg’unligida ifodalanadi. Shuning uchun ham dostonlarning xalqchilligi beqiyos va boqiydir. Ular asrlar osha bizning davrimizga o’zining badiiy qimmatini yo’qotmay, yashab, yanada sayqal topib, xalqimizning ajoyib qadriyati sifatida muhim o’rin egallab kelmoqda. Xalq ijodkorligi va donoligining bu nodir janri ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarini qamrab olishi bilan qimmatli ma’naviy boylik sanaladi.
Xalq dostonlari juda ulkan va murakkab, noyob xazina bo’lib, uning yaratilishi va sayqal topishda ajdodlarning juda katta badiiy mehnati va iqtidori sarf bo’lgan. Xalq donishmandligining yorqin ifodasi bo’lgan bu ijod namunalari jamiyat va tabiat hodisalariga inson munosabatining musiqiy poetik obrazi sifatida xalq qalbidan mustahkam o’rin olgan holda yashab keladi. Shu tufayli ham insonning hayotning turli voqea-hodisalariga munosabati o’z aksini topgan. Mazkur janrning yuzaga kelishi afsona, mifologiya, ertaklar va tarixiy voqelik aks etgan aytimlar mutanosibligida amalga oshgan.
O’zbek xalq dostonchiligi o’z o’rnida epik hikoya, doston janri (doston, hikoya, qissa, qasida, sarguzasht deb nomlangan holda o’zining nasriy va nazmiy elementlarini musiqa cholg’usi jo’rligida ijro etilishi bilan namoyon etadi. Dostonlar she’riy va nasriy parchalardan iborat so’z (matn) va cholg’u musiqasidan, doston aytuvchining ya’ni xonandaning san’atidan va soz cherta bilish mahoratidan iborat.
Shu bilan birga dostonning bevosita tinglovchilar orasida qaynab va ilhomga cho’mib, ijrochining tinglovchi bilan jonli muloqot, badihago’ylik uslubiga tayanish doston ijrochiligida muhim o’rin tutadi.
Musiqa ham hikoya va she’r kabi dostonchilikning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mualliflik dostonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Dostonlarning paydo bo’lishining asosiy manbayi xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotidir. Ularning tili sodda, ko’rkam, ular ko’plab so’z va she’r, musiqa va aytim kabi badiiy vositalari va ijro uslublari bilan diqqatga sazovordir. Dostonlar odatga ko’ra, baxshilar, (ko’pincha, ularni shoir deb ham atashadi) tomonidan kuylanadi. Dostonlarni yuzaga kelishida, saqlanib, rivoj topishida ijrochi- baxshi (shoir), dostonchi, jirov, yuzboshilar muhim o’rin tutadilar. Qadimda “baxshi” so’zi xalqona usullar bilan bemorlarni davolovchi tabib, doira yoki boshqa cholg’u asbobini chalib, afsungarlik qilishlari orqali kasal tanasidan yovuz ruhlarni quvadigan davolovchi (hozirgacha saqlanib kelayotgan “ko’ch”, “qaytarma”, “Mahr” marosimlarida)-shaman baxshi yoki shaman folbinchi, shuningdek, ayrim hududlarda “ustoz” ma’nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so’z xalq dostonlarini kuylaydigan ijodkor san’atkorlarga nisbatan ishlatiladi. Dostonlar mavzusi va shakllari jihatidan juda keng bo’lib, Vatanga sadoqat, qahramonlik, xalq qudrati, sof sevgi, do’stlik, tinchlik, haqiqat ishonch, umid, insoniylik kabi ezgulikni qadrlaydi. Badiiy asar sifatida yaxshilikni qadrlaydi, yomonlikni qoralaydi. Shu jihati bilan ular barcha xalqlar uchun umumiy bo’lgan umumbashariy manfaatlarni qadrlaydi va hamdo’stlik xarakterini kasb etadi.
O’zbekiston hududida ma’lum bo’lgan dostonlarni mavzusiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Qahramonlik dostonlari.
2. Tarixiy dostonlar.
3. Romantik (sevgi haqidagi) dostonlar.
4. Diniy mazmundagi dostonlar.
Bulardan tashqari, jangnoma, maishiy, zamonaviy va avtobiografik dostonlar ham amaliyotda mavjuddir. Qahramonlik dostonlari o’zbek xalqining ko’chmanchi hayot kechirgan paytida yuzaga kelgan. Bu dostonlarning qahramonlari behisob kuch-qudratga ega, Vatanga sevimli yorga, xalqiga sadoqatli qilib tasvirlanadi. Shunday dostonlar sirasiga mansub dostonlardan biri “Alpomish” dostonidir. Bunday dostonlar safiga “Go’ro’g’li”, “Rustamxon”, “Yusuf va Ahmad”, “Alibek va Bolibek”, “Sohibqiron”larni ko’rsatish mumkin.
Dostonlarning asosiy musiqa janri-termadir. Terma-so’z va kuydan tashkil topib, musiqa cholg’usi-do’mbra yoki qo’biz va cholg’u ansabli jo’rnavozligida ijro etiladi. Har bir dostonda 5 tadan 36 tagacha kuy-ohanglar qo’llanadi. Doston kuylari “Nag’ma”, “Nola”, “Nolish”, (ayrim joylarda na’ma yoki noma) va “Baxshi kuy” deb
ataladi. Masalan, Surxondaryoda doston nag’malari “Kelinoy nag’masi”, “Qo’ng’irot nag’masi”, Go’ro’g’li nag’masi”, “Sarboz nag’masi”, Ot haydash nag’masi” va hokazo. Xorazmda “Eshvoy”, “Muxammas”, “Qora Dali”, “Norin”, “Afg’on yo’li”, “Nola” va hokazo deb nomlanadi.
Doston yirik epik janr boʻlib, doston aytishda har viloyat, vohaning oʻziga xos anʼanalari boʻlganligi kabi Surxondaryo-Qashqadaryo dostonchilik maktabining oʻziga xos maktablari shakllangan. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubida dostonchilik ayrimlarining oʻziga xoslik jihatlari dostonlar, ya’ni baxshi-shoirlar qaysi cholgʻu joʻrligida, qanday dostonlar ularning repertuaridan oʻrin olganligi va qaysi vaqtlarda aytilishi xususiyatlari bilan boshqa maktablardan farq qiladi. Bu vohada doston ijrochilari shoir, yuzboshi yoki baxshi deb ataladi.
Surxondaryo va Qashqadaryo dostonchilik an’analarining izchil rivojlanishi bugungi kunlarda ham tizimli tarzda davom etmoqda. Shuning uchun ham bu maktab bugungi kunda ham oʻz anʼanalarini yoʻqotmay kelmoqda. Doston adabiy-musiqiy asar boʻlib, uning tarkibida nasriy va sheʼriy ohang qismlari boʻlib, ular mazmunan oʻzaro mushtarak boʻlishi tabiiy holdir. Doston aytuvchi baxshilar sanʼatida soʻz ustasi, qoʻshiq kuylovchi va soz (doʻmbira) cholgʻu birlashgan boʻladi. Binobarin baxshilar dostonlarning nasriy qismlarini mahorat bilan badiiy soʻzlash orqali hikoya qilsalar, sheʼriy boʻlaklarni qoʻshiq shaklida maxsus ichki (bo’g’iq) ovoz bilan qoʻshiq aytib kuylaydilar. Bunda doʻmbira sozidan jo’rnavoz sifatida foydalanadilar.
Dostonlarni mavsumi Qashqadaryo va Surxondaryo asosan kech kuzda, qishloq ahli dehqonchilik bilan bogʻliq yigʻim-terim ishlarini tugatganidan soʻng boshlanib, to erta bahorga qadar davom etadi. Odatda baxshilar mahalliy aholi tomonidan maxsus uyushtirilgan dostonchilik kechalari oʻtkazish uchun xonadonlardan biriga taklif etiladi. Bu xonadonda mahalla ahli, qo’ni-qoʻshnilar ham yigʻilishib baxshining doston ijrolarini tinglashgan. Bunday kechalar bir necha kungacha davom etishi mumkin boʻlgan. Bundan tashqari baxshilarni oilaviy bayram, toʻy marosimlari va boshqa sayigl, hasharlarda, bayram tantanalarida ham baxshi-doston aytuvchilarni etishgan va bu odat tusiga kirgan.
Xalq ogʻzaki ijodida dostonlar nazm va nasrda boʻladi. Jahon mumtoz adabiyotida alohida doston janri mavjud boʻlib, ular oʻzining keng qamrovlilik, hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy muammolari, syujetining sertarmoqliligi, dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday dostonlar markazida jamiyat va xalq taqdiri, jamiyat, xalq va qahramonlar taqdiri bir butunlikda yaxlit tasvirlanadi. Xalq dostonlarida xususan, Qashqadaryo-Surxondaryo baxshilari tomonidan kuylanadigan “Alpomish”, “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlar “Erali va Sherali”, “Oftobxon”, “Gulnor pari”, “Shirin bilan Shakar”, kabi dostonlarda yaxshilik bilan yomonlik, mardlik, vatanni sevish, chin sevgi va xiyonat, halollik bilan manqurtlik oʻrtasidagi kurash badiiy
boʻyoqlarda tasvirlanadi. Bunday dostonlar qahramonlarida vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik g’oyalari mujassamlashadi.
Xalq dostonlarida (Go’ro’g’li, Alpomish, Avazxon kabi) yuksallashtirish, mubolagʻa tasvir ustun boʻladi. Masalan, dostonlarda turli afsonalar, asirlar, hikoyatlar, dev parilar (Go’ro’g’li, Avazxon, Ravshanxon va Zulhumor), Xizr, ajabtovur otlar (G’irkok, Boychibor kabi), shuningdek sehr jodu koʻp ishlatiladi. Bularning barchasi xalq orasida tarqalgan diniy-mantiq mazmunidagi qarashlar najitasi boʻlib, baxshilar tomonidan dostonlarni xalq tomonida qiziqish bilan tinglanishga boʻlgan ahamiyatini oshirish maqsadida qoʻllangan.
Xalq baxshilari anʼanaviy uslubda (baxshi, dostonchi, xalq shoirlari), dutor, doʻmbira ayrim holatlarda boshqa cholgʻular joʻrligida ijro etib kelingan va bu anʼana hozirgi vaqtda ham oʻz qimmatini saqlab kelayotganligi diqqatga molikdir. Xalq folklorida mavjud boʻlgan dostonlar bilan yozma adabiyotdagi mavjud dostonlar shakl-shamoili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi dostonlar oʻquvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-g’oyalari bilan voqea-hodisalarni bayon qilish uslubi bilan farqlanadi.
Oʻzbek dostonchilik ijodi, xususan Qashqadaryo-Surxondaryo dostonchilik an’analari asrlar davomida oʻsib, sayqal topib, avloddan-avlodga “ustoz-shogird” anʼanasi orqali oʻtib, shakl va mazmun jihatdan rang-baranglashib kelgan. Hozirda xalqimiz maʼnaviyatidan muhim oʻrin olgan Alpomish, va Go’ro’g’li turkum dostonlarida oʻzbek dostonchiligining taraqqiyot yoʻllari, rivojlanish davrlarini koʻrish mumkin.
Doston aytim anʼanasi hozirgi kunda ham ayniqsa Qashqadaryo-Surxandaryo, Qoraqalpogʻistonda yuqori saviyada davom etmoqda. Endilikda doston ijrochilarini Xalqaro, respublika tanlovlarida ishtirok etishlari, turli konsert zallarida, tadbirlarda, katta sayil va hashamlarda, radio va televideniyada uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda oʻz mahoratini keng tomoshabinlar oldida namoyish etib kelmoqdalar.



Download 219.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling