Sanitar tozalash bosh sxemasi


Download 1.42 Mb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1636003
  1   2   3
Bog'liq
1.1.Shaharlarda “Sanitar tozalash bosh sxemasi”ning maqsad va vazifalarini o‘rganish. (1)


1.1.Shaharlarda “Sanitar tozalash bosh sxemasi”ning maqsad va vazifalarini o‘rganish.
1.2.Tashlandiq turi (qattiq, suyuq) va atmosferada tashkil topgan chiqindilar.
1.3.“Maxsustrans” korxonalarining ish faoliyati bilan tanishish.

Shahar qurilishining asosiy vazifalaridan biri – aholi yashash uchun optimal (qulay) sanitariya - gigenik sharoitlarni ta’minlashdir. Bu vazifa juda ko‘p yo‘llar bilan, shu jumladan, shaharlarning sanitariya obodonchiligi va tuproq, suv, havo bosseynlarining tozaligini, shuningdek shahar hududining tozaligini saqlash yo‘llari bilan hal qilinadi. Shaharlarni sanitariya obodonchiligida shahar hududlarini sanitariya tozalash va yig‘ishtirish jiddiy ahamiyatga ega. Sanitariya tozalash qattiq chiqindilarni va aholining boshqa faoliyati natijasida vujudga kelgan tashlandiq narsalarni yig‘ish va yo‘qotishdan iboratdir. Aholisi soni 50 mingdan ortiq kishini tashkil etgan shaharlardagina qattiq chiqindilarning umumiy hajmi yiliga jami 40-42 mln kub metrni tashkil etadi. Qattiq chiqindilar tarkibida chiriganda patogen (kasallik tarqatuvchi) mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun qulay muhit yaratuvchi organik moddalar mavjud. Shuning uchun qattiq chiqindilar har qanday shaharning aholi yashaydigan tumanlari uchun sanitariya havfini tug‘diradi. Chiqindilar shahar hududidan olib chiqilishi bilan birga zararsizlantiriladi ham.


Ho‘jalik turmush oqava suvlari va sanoat-korxonalarida ishlatilgan suvlardan iborat suyuq chiqindilar zamonaviy qulaylashtirishilgan shaharlarda yer osti kollektor tarmoqlari va shahar kanalizatsiyasi tozalash inshootlari yordamida to‘planadi, olib chiqiladi va zararsizlantiriladi.
Shaharlarning sanitariya obodonchiligida shahar hududlarini yig‘ishtirish ham katta ahamiyatga ega.
Yoz vaqtlari bu ish supurish va axlatni yo‘qotish, shuningdek shahar ko‘chalari va maydonlarida bog‘larda hiyobonlarda va boshqa jamoatchilik joylarida tratuarlar va qatnov yo‘llariga suv sepish va yuvishdan iborat.
Qish vaqtlari ko‘chani tozalash qorni yo‘qotish va qor yog‘ayotganda hamda undan keyin transportning me’yordagi qatnovini ta’minlashdan iborat.
Shahar hududlarini tozalash tozalikni ta’minlaydi va shahar ko‘chalari hamda maydonlarining, shuningdek turar joy rayonlari mikrorayonlari hamda turar joy mavzularining tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.
Shahar hududlarini sanitoriya tozalash va yig‘ishtirish maxsus loyihalar asosida amalga oshirilib ularda tozalash va yig‘ishtirish bo‘yicha tadbirlarning umumiy tomiyillari va yo‘nalishlari, shuningdek, u yoki bu tadbirlarni amalga oshirishning texnologik sxemalari o‘rnatiladi.
Ko‘chalarni tozalashda yozgi va qishki tozalash bo‘yicha mashinalarni kompleks qo‘llanish, shuningdek mavsumiy vazifalarni bajaruvchi mashinalarni butun yil davomida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Shahar hududlarini tozalash va yig‘ishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘p jihatdan mahalliy geografik, ob-havo va turmush sharoitlarining hisobga olgan holda qo‘llanilayotgan tadbirlarning uslub va usullarini turi va asosli tanmegiga bog‘liq.
Shaharlarning santariya obodonchiligi uchun shahar hududlarini obodonlashtirish: shahar ko‘chalari va o‘tish yo‘llarining qatnov qismi hamda tratuarlari takomillashtirilgan qoplama bilan qoplanish, shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, qozonxonalarni markazlashtirilgan issiqlik bilan ta’minlash va gazlashtirish, rivojlangan kanalizatsiya tarmog‘ining mavjudligi va h.k. muhim ahamiyatga ega.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling