Sanitariya epidemiologiya xizmatini hozirgi bosqichda tashkil qilish


Download 267.22 Kb.
Pdf просмотр
Sana26.06.2019
Hajmi267.22 Kb.

   Mavzu  № 13

  

Sanitariya epidemiologiya xizmatini 



hozirgi bosqichda tashkil qilish  

Sog'liqni saqlash tizimidagi profilaktik yo'nalish.  

  Sanitariya epidemiologiya xizmati muassasalari 

axolining turmush sharoitini, mexnat, yashash, 

ovqatlanish, atrof-muxit xolatini 

soglomlashtirishni yanada yaxshilash buyicha 

xalq xo'jaligi ob'yektlarida sanitariya nazoratini 

olib borish orqali umumjamiyat profilaktikasi 

bilan shug'ullanadi 



Profilaktika o'z ichiga 4 ta yo'nalishni qamrab oladi:  

1. Sanitariya gigiyenik, ya'ni tabiy, ishlab 

chiqarish va turmush sharoitini 

sog'lomlashtirish xizmati; 

2. Sog'lom turmush tarzini shakillantirish; 

3. Funksional risk omillarini aniqlash, 

kamaytirish, yo'qotish 

4. Davolash-sog'lomlashtirish 



Yuqorida takidlaganimizdek tibbiyotda xozirgi kunda birlamchi 

profilaktika (kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarni oldini olish 

va yo'qotish) va ikkilamchi profilaktika (kasalliklarni qaytalanish, 

rivojlanishiga sabab bo'luvchi shart sharoitlar va omillarni oldini 

olish va yo'qotish) farqlanadi. 

Tibbiyotda amalga oshiriladigan asosiy birlamchi profilaktik 

tadbirlarga yuqumli kasalliklarni oldini olish vositasi hisoblangan 

sanitariya va  epidemiologik tadbirlar, profilaktik imunlash va 

emlash tadbirlari kiradi. Birlamchi profilaktikada turmush tarzini 

belgilovchi konsepsiya yetakchi ahamiyat kasb etadi.  



Ushbu konsepsiyadan kelib chiqqn holda barcha surunkali 

kechuvchi  noepidemik kasalliklarni (yurak qon-tomir, 

onkologik, endokrin, asab ruxiy va boshqa) oldini olish 

bo'yicha  tadbirlar ishlab chiqish mumkin. Chunki yuqorida 

qayd etilgan kasalliklarning ko'pchiligi kelib chiqishi jihatidan 

nogigiyenik xatti-xarakatlar (chekish spirtli ichimliklar istemol 

qilish, kam xarakatlik,  naratsional ovqatlanish, stress xolatlar 

va boshqalar) turmush tarzining boshqa salbiy tomonlariga 

bog'liq. 

Birlamchi va ikkilamchi profilaktika tegishli ravishda aholi 

salomatligini saqlashni ijtimoiy-profilaktik yo'nalishi bo'lgan 

ikki qirrasiga ijtimoiy iqtisodiy va tibbiy tadbirlarga mos 

keladi. 


Ijtimoiy profilaktik yo'nalish deganda, jismonan baquvvat va ruxan tetik 

xar tomonlama kamol topgan sog'lom  avlodni tarbiyalashga, aholi 

sog'lig'ini muxofazalashga qaratilgan eng qulay sharoitni yaratishga 

birinchi  navbatda kasalliklarni kelib chiqish va taraqqiy etish sabablarini 

oldini olish va yo'qotish maqsadida o'tkaziladigan kompleks ijtimoiy-

iqtisodiy va tibbiy tadbirlar  yig'indisi tushuniladi. Ushbu tadbirlarni ilmiy 

asosda tashkil qilishda epidemiologiya va gigiyena fanlarini roli katta. 

Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari sanitariya-gigiyenik va 

epidemiyaga  qarshi chora tadbirlarni olib boradi va ushbu tadbirlarni  

o'tkazish bo'yicha davlat sanitariya nazoratini o'tkazadi. 



Sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosiy vazifalari va 

prinsiplari  

Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari o'z oldiga quyidagi 

vazifalarni qo'yadi: 

 

- Xalq xo'jaligiga tadbiq etilayotgan barcha yangiliklarga o'z 



vaqtida gigiyenik jixatdan baho berish; 

- Xar-xil ob'yektlardan tashqi muxitga chiqarilayotgan zaxarli 

moddalar, chiqindilarni va  omillarni nazorat qilish usullarini 

ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish; 

- Aholining mehnat turmush sharoitini yaxshilash bo'yicha ishlab 

chiqilgan tavsiyalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni 

ustidan nazorat o'rnatish. 


Sanitariya epidemiologiya xizmatini tashkil etishning asosiy 

prinsiplari quyidagilardan iborat: 

1. Sanitariya-epidemiologiya xizmati davlat xarakteriga ega.   

2. Sanitariya – profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ilmiy va 

aniq reja asosida olib borish prinsipi. 

3.  Shaxar va qishloq joylarida tashkil etilayotgan sanitariya profilaktik 

va epidemiyaga  qarshi chora-tadbirlarni birlik prinsipi 

4. Sanitariya profilaktik va epidemiyaga karshi faoliyatning boshqaruv 

birligi prinsipi 

5. Ogoxlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratining birlik prinsipi. 

6. Barcha tibbiyot muassasalarini sanitariya profilaktik va epidemiyaga 

qarshi tadbirlarni utkazishda ishtirok etish prinsipi. 

7. Sog'lom turmush tarzi ko'nikmalari xosil qilishda oilaviy 

sog'lomlashtirish ishlarini olib borishda aholining ishtiroki. 



Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

Deportamentining asosiy funksiyasi va vazifalari. 

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

deportamenti O'zbekiston Respublikasida 

D.S.E.N.M tashkil etish va aholi salomatligini  

hamda uning yashayotgan muxitini nazorat 

kilish, sanitariya –epidemiologiya muassasalari 

ustidan umumiy rahbarlik qilish kabi 

funksiyalarni bajaradi. 



Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

Deportamentining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

1. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, profilli ilmiy tadqiqot, tibbiyot 

institutlari, tibbiyot bilim yurtlari ustidan ilmiy raxbarlik qismi. 

2. Respublikada sog'lom sanitariya epidemiologik muxtni yaratishga qaratilgan 

qisqa va uzoq muddatli milliy va  Davlat dasturini ishlab chiqish hamda ularni 

bajarilishini nazorat qilish.  

3. Sanitariya va epidemiologiya sohasini ustivor yo'nalishlarini aniqlash va ular 

asosida oliy o'quv yurtlarini ilmiy yo'nalishlari bo'yicha ijtimoiy talabni 

shakillantirish. 

4. Respublikada sanitariya –gigiyenik va epidemiologik monitoring tizimini ishlab 

chiqishni tashkil etish. 

5. Yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va immunlash tizimini strategik va 

taktik rejasini ishlab chiqish. 

6. Yuqumli va yuqumli emas kasalliklar profilaktikasi. 

7. D.S.E.N.M. ning rahbarlari ustidan hamda sanitariya- epidemiologiya masalalari 

bo'yicha ayrim shaxslar va aholining xatlari shikoyatlarini ko'rib chiqish, ularni 

qabul qilish. 

8. Chet el inventitsiyasini va  texnologiyasini sanitariya-epidemiologiya sohasiga 

jalb etish bo'yicha xalqaro aloqalarda va  tender komissiyasida ishtirok etish. 



Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Depertamenti 

mansabdor shaxslarning xuquqlari o'z vaqolatlari 

doirasida «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash», «Davlat 

sanitariya nazorati to'g'risida» gi qonunlari va boshqa 

O'zbekiston Respublikasining qonunchilik xujjatlarida 

belgilangan. 

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 

Deportamentini mansabdor shaxslarning huquqlari o'z 

vakolatlari doirasida «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash», 

«Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»gi qonunlari va 

boshqa  O'zbekiston Respublikasining qonunchilik  

xujjatlarida belgilangan. 



Davlat sanitariya –epidemiolgiya nazorati 

Deportamentini bir vaqtning o'zida O'zbekiston 

Respublikasi bosh Davlat sanitariya vrachining muovini 

Departamenti boshlig'i boshqaradi. 

Deportament boshlig'ini minstr muovini Bosh Davlat 

sanitariya vrachi bilan kelishilgan xolda O'zbekiston 

Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri  tayinlaydi va 

vazifasidan ozod etadi. 

Deportament boshlig'ini, minstr muovini Bosh Davlat 

sanitariya vrachi bilan kelishilgan xolda O'zbekiston 

Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri tayinlaydi va  

vazifasidan ozod etadi. 



Deportament boshlig'ining  huquqlariga 

quyidagilar kiradi. 

1. Vazirliklar, mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar korxonalar, 

muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslardan 

sanitariya  epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligini 

ta'minlash bo'yicha tegishli ma'lumotlar va xujjatlarni talab qilish. 

2. Sanitariya-epidemiologiya nazoratining xar xil yo'nalishlari bo'yicha 

sanitariya  me'yorlari va  qoidalari, instruktiv metodik va boshqa  

xujjatlarni tayyorlashda tasdiqlashda ishtirok etish. 

3. O'z vakolati doirasida davlat nodavlat va boshqa tashkilotlar bilan 

olib borgan yozishmalarini Davlat sanitariya-epidemiologiya 

nazorati Departamentiga taqdim etish. 

4. O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyatiga 

Departament xizmatchilarini yoki tibbiyot muassasalari rahbarlarini 

taqdirlash yoki jazolash bo'yicha tavsiyalar berish. 

5. Tegishli xukumat qarorlari va Prezident formalarida belgilangan 

xuquqlardan foydalanish 


Ma'ruzaning ta'minoti:  

  jadvallar: sanitariya-epidemiologiya xizmat 

ko'rsatishning asosiy prinsiplari, sanitariya 

epidemiologiya nazorati departamentini 

asosiy vazifalari. 


Talabalarning  mustaqil ishlari:  

  sanitariya epidemiologiya xizmatini 

ekologiyada va profilaktikada tutgan o'rni. 


Nazorat savollari  

1. Profilaktikaning asosiy yo'nalishlari nimalardan iborat. 

2. O'zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya 

xizmatini tashkil etishning asosiy prinsiplariga  nimalar kiradi. 

3. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati deportamenti 

kishiga bo'ysinadi 

4. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati  Departamenti qaysi 

bo'limlardan tashkil topgan. 

5. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentining 

asosiy vazifalari nimalardan iborat. 



6. Departament boshlig'ining xuquqlariga nimalar kiradi. 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling