Sanoat binolari
Download 0.81 Mb.
|
TUSHINTIRISH YOZUVI
5. Konstruktiv qism
Loyihalanayotgan binoning asosiy konstruktiv elementlari quyidagilardan tashkil topgan: a) Poydevorlar Loyihalanayotgan binoda poydevorlar yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan. Binoning cho‘kish choki loyihalangan 9-ko‘ndalang o‘qida, bo‘ylama va ko‘ndalang prolyotlar tutashuvchi A,B,D,E,F bo‘ylama hamda 1-15 ko‘ndalang o‘qlarida poydevorlar yaxlit tarzda loyihalangan. A,B,D,E bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlarning 400x800 mm kesimga ega bo‘lgan chekka va o‘rta qator ustunlari uchun ikki qavatli to‘shamaga ega bo‘lgan FB 5-1 markali poydevor konstruksiyasi tanlab olingan. 18-19 o‘qlarda joylashgan ko‘ndalang prolyotning 400x1000 mm ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan ustunlari uchun ikki qavatli to‘shamaga ega bo‘lgan FG 9-2 markali poydevor konstruksiyasi tanlab olingan. Qo‘llanilgan poydevor konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari mustaqil ish chizma qismining “Temir beton konstruksiyalar ro‘yxati” da keltirilgan. b) Ustunlar Loyihalanayotgan binoda ustunlar yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan. O‘zaro parallel holda loyihalangan kengligi 18 metr va balandligi 8,4 metr bo‘lgan prolyotlarning chekka qatorlari uchun, bo‘ylama yo‘nalishda ustunlarning qadami 6 metr ekanligini hisobga olgan holda KP I-1 markali ko‘ndalang kesimi 400x800 mm bo‘lgan ustun konstruksiyasi tanlab olingan. Loyihalanadigan prolyotlarning o‘rta qator ustunlari uchun KP I-3 markali ko‘ndalang kesimi 400x1000 mm bo‘lgan ustun konstruksiyasi tanlab olingan. Loyihalanadigan binoning ko‘ndalang tomon devorlarini mahkamlash uchun A,B,D,E va F bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlarning 1-o‘qlari bo‘yicha KF26- II, 14 va 15 ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha joylashgan ko‘ndalang prolyotning A va E o‘qlari bo‘yicha KF 36- II markali faxverk ustun konstruksiyasi tanlab olingan. Qo‘llanilgan ustun konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari mustaqil ish chizma qismining “Temir beton konstruksiyalar ro‘yxati” da keltirilgan. v) Devorlar Loyihalanayotgan binoda o‘rab turuvchi devor konstruksiyalari yig‘ma temirbeton Binoning yon devorlari uchun issiqlik saqlamovchi qalinligi 70 mm, balandligi 1,8 ; 1,2 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan qovurg‘ali PSJ markali hamda balandligi 0,6 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan parapet panellari tanlab olingan. L oyihalanayotgan binoning ko‘ndalang devor yechimlarini amalga oshirishda darvozalar joylashtirilgan 6 metr balandlikkacha bo‘lgan masofada devorlar uchun qalinligi 400 mm bo‘lgan mayda g‘isht-tosh konstruksiyalardan, yuqori qismida esa issiqlik saqlamovchi qalinligi 70 mm, balandligi 1,8 ; 1,2 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan qovurg‘ali PSJ markali hamda balandligi 0,6 metr, uzunligi 6 metr bo‘lgan parapet panellaridan foydalanilgan. Barcha devor panellari va g‘isht-tosh konstruksiyali devorlar ustunlar va faxverk ustunlariga sharnirli tarzda mahkamlangan. Loyihalangan bino uchun yon va ko‘ndalang devorlar panellarini terishda maxsus panellarni terish usulidan foydalanilgan. Tanlab olingan temir beton devor panellari konstruksiyalarining barcha o‘lchamlar bo‘yicha parametrlari mustaqil ish chizma qismining “TEMIR BETON KONSTRUKSIYALAR RO‘YXATI” qismida keltirilgan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling