Sanoat iktisodiyoti va menejment


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.02.2020
Hajmi0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Nazorat uchun savollar: 

1.  O’zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotida  tashqi  savdoning  tutgan  o’rni 

va ahamiyatini gapirib bering. 

2.  O’zbekiston 

Respublikasi 

tashqi 


savjosining 

2004 


yildagi 

ko’rsatkichlarini gapirib bering. 

3.  Tashqi savdo strukturasida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda? 

4.  Respublikamiz 

qaysi 

xalqaro 


tashkilotlar 

bilan 


aloqalarini 

rivojlantiromoqda? 

5.  Tashqi savdoni erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz? 

6.  O’zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo’lish istiqbollari qanday? 

7.  Keyingi  yillarda  tashqi  savdo  sohasida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlarni 

ko’rsatib bering. 



8.  Respublikamizning  eksportga  yo’naltirilgan  iqtisodiy  rivojlanish 

modelini tanlashi tashqi savdo rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 



5 - mavzu. ÕALQARO KAPITAL MIGRATSIYASI 

5.1.  Kapital  olib  chikish  va uning sabablari 

5.2.  Kapital olib chikishning  asosiy  shakllari,  uning  çamonaviy uziga 

xos tomonlari. 

5.3.  Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalar(TMK) 

5.4.  Erkin iqtisodiy xududlar 

 

17 



5.1.  Kapital  olib  chikish  xalkaro  iktisodiy munosabatlarning ilgor 

shakli sifatida. 

Kapitalni  xorijga  chikarish,  uning  davlatlar  orasida  faol  migratsiyasi 

zamonaviy  jaxon  xujaligi  va  xalkaro  iktisodiy  munosabatlarning  eng  muxim 

ajratib turuvchi tomoniga aylandi. 

Kapital  olib  chikish  uzida  ma’lum  davlat  milliy  oborotidan  bir  kism 

kapitalni  olib  uni  boshka  davlat  ishlab  chikarish  jarayoni  va  oborotiga  tovar  yoki 

pul formasida joylashtirishni namoyon kiladi. Oldingi kapital olib chikish   jaxon 

xujaligi  pereferiyasiga  kapitalni  eksport  kiladigan  kam  sonli  sanoati  rivojlangan 

davlatlarga  xos  edi.  Jaxon  xujaligining  rivojlanishi   bu   jarayon   doirasini   

sezilarli  kengaytirdi:  kapital  chikarish  xar  kanday  muvaffakiyatli,  dinamik 

rivojlanayotgan iktisodiyotning funktsiyasi bulib kolmokda. Kapitalni ilgor sanoati 

rivojlangan  davlatlar  xam,urtacha  rivojlangan  davlatlar  xam,  riojlanayotgan 

davlatlar, ayniksa “yangi industrial davlatlar xam chikarmokdalar.        

Kapital  olib  chikishning  asosiy  sababi  uning  ma’lum  davlatda  iisbatan"    

ortikchaligidadir.  

Xalkaro  kapital  migratsiyasi-kapitallarning  egasini  foyda  keltiruvchi, 

davlatlar  orasidagi  karama-karshi  xarakatdir.  Xar  bir  davlat  bir  vaktning  uzida 

kapitalning importyori va eksportyoridir: kesishgan investitsiyalar sodir bulmokda. 

Katta  foyda  uchun  kapital  olib  chikishning  eng  muxim  sabablari 

kuyidagilardir: 

kapital 

olib 


chikilayotgan 

davlatda 

uning 

ortikcha 



tuplanganligi;jaxon xujaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining moe 

kelmasligi; maxalliy bozorni monopolizatsiya kilish imkoniyati mavjudligi;kapital 

eksport kilinadigan davlatda arzonrok xom-ashyo va ishchi kuchining mavjudligi.  

5.2. Kapital olib chikishning asosiy shakllari, uning çamonaviy uziga 

xos tomonlari 

 

Kapital olib chikish kuyidagi asosiy øakllarda amalga oshiriladi: 

-sanoat, savdo va boshka korxonalarga tugridan-tugri investitsiyalar; 

-portfel  investitsiyalar  (xorijiy  obligatsiyalar,  aktsiya,  kimmatbaxo 

kogozlarga); 

-ssuda kapitalining sanoat va savdo korporatsiyalari, bank va boshka moliya 

tashkilotlariga urta va uzok muddatli kreditlari yoki zayomlar; 

-iktisodiy  yordam:  tekinga  va  imtiyozli  kreditlar  shaklida  (foizsiz,  kam 

foizli). 

Jaxon  iktisodiyotida  kapital  kuchishi  va  xorijiy  investitsiyalar  urtasida  anik 

fark belgilangan. Kapital kuchishi kuyidagilarni uz ichiga oladi: xorijiy xamkorlar 

bilan  operatsiyalar  buyicha  tulovlar,  zayomlar  berish  (5  yildan  ortik  bulmagan 

muldatda), fakat kapital joylashtirish maksadida xorijiy kompaniyalarning aktsiya, 

obligatsiya va kimmatbaxo kogozlarini sotib olish, kimmatbaxo kogozlar portfelini 

diversifikatsiya kilish va x.k. 

 

 

 

18 



5.3. Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalar(TMK) 

 

BMT  ekspertlarining  fikricha  Transmilliy  korporatsiyalar  (TMK) “jahon 

iktisodining  dvigatellaridir”.  BMTning  transnatsional  korporatsiyalar  xakidagi 

dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 90-yillarning urtalariga kelib 

jahonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular uz davlatlaridan tashkarida 250 mingga 

yakin  shu’ba  korxonalarini  nazorat  kilardilar.  Ularning  soni  oxirgi  yigirma  yil 

mobaynida 5 barobar kupaydi (1970 yilda 7mingta bunday firma ruyxatga olingan 

edi). 


100ta  eng  yirik  xalqaro  kompaniyalarning  40%  mulki  (shu  jumladan 

moliyaviy 

mulki) 

boshka 


davlatlar 

xududida 

joylashgan. 

Transmilliy 

korporatsiyalarning asosiy kismi AKSH, YI davlatlari va YAponiyada joylashgan. 

TMK  jahon  sanoat  ishlab  chikarishining  40%igacha,  xalqaro  savdoning  yarmini 

nazorat  kiladilar.  TMK  korxonalarida  ishlab  chikarilgan  maxsulotlarning  mikdori 

yiliga  1  trln.  doll.dan  oshib  ketadi.  Ularda  73  mln.dan  ortik  kishi  ishlaydi,  ya’ni 

jahonda band axolining o’ndan bir kismi. 

Xush, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga kanaka kompaniyalar kiradi? 

An’anaviy  ravishda  xalqaro  korporatsiyalar  faoliyatini  urganadigan  BMT  uzok 

vakt mobaynida ularga yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida  6 

davlatda filiali bulgan firmalarni kushardi. Keyingi yillarda boshka bir kursatkich: 

rezident-davlatdan tashkarida sotilgan maxsulotlar mikdori kiritildi. Bu kursatkich 

buyicha  jahonda  SHveytsariyaning  “Nestle”  firmasi  (98%)  ilgorlardan  biri 

sanaladi. 

BMT  metodologiyasiga  kura  xalqaro  korporatsiyani  uning  aktivlari 

strukturasiga  karab  xam  aniklash  mumkin.  Transmilliy  korporatsiyalar  ichida  eng 

kup  xorijiy  aktivga  (moliya  sektori-transmilliy  banklardan  tashkari)  Angliya-

Gollandiya  kontserni  “Royal-Datch  SHell”,  keyin  AKSHning  4  firmasi: “Ford”, 

“Jeneral motors”, “Ekson” va “IBM” egadirlar. 

Rossiyalik  iktisodchilar,  odatda,  kuyidagi  ta’rifni  beradilar:  transmilliy 

korporatsiyalar  -  bu  xorijiy  aktivga  ega  bulgan  milliy  monopoliyalar,  ularning 

ishlab chikarish va savdo-sotik faoliyatlari bir davlat chegarasidan chikib ketadi. 

Korporatsiya  deb  AKSHda  xissadorlik  jamiyatini  aytishadi.  Zamonaviy 

transmilliy 

korporatsiyalarning 

kupchiligi 

Amerika 

kompaniyalarining 

ekspansiyasi tufayli vujudga kelganligi tufayli bu termin kirib keldi. 

Transmilliy  korporatsiyalar  kapitalining  xarakati,  odatda,  korporatsiya 

joylashgan davlatda bulayotgan jarayonlardan mustakil ravishda ruy beradi. 

Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yukori malakali personal 

talab  kiluvchi  yukori  texnologiyali,  ilmtalab  soxalarga  kirib  borishadi.  Bunda 

ushbu  soxalarni  transmilliy  korporatsiyalar  tomonidan  monopoliya  kilish 

tendentsiyasi sezilmokda. 

500ta  eng  kuchli  transmilliy  korporatsiyalardan  85tasi  barcha  xorijdagi 

investitsiyalarning  70%ini  nazorat  kiladilar.  Bu  500  gigant  elektronika  va 

ximiyaning  80%,  farmatsevtikaning  95%,  mashinasozlikning  76%  maxsulotini 

sotadilar. 

 

 

19 



5.4.  Erkin iqtisodiy xududlar 

 

XX  asr  ikkinchi  yarmida  “erkin  (maxsus)  iqtisodiy  xududlar”  jahon 

xo’jaligining sezilarli xolatiga aylandi. 

Erkin  iqtisodiy  xududlar  dunyoning  kuplab  davlatlarida  keng  yoyildi. 90-

yillarning  urtalarida  dunyoda  turli  xildagi  4  mingdan  ortik  EIX  mavjud  edi. 

Xalqaro  korporatsiyalar  uz  faoliyatlari  uchun  imtiyozli  sharoitlarni  kidirib, 

EIXlarni  kup  foyda  olish  mumkin  bulgan  joy  sifatida  kurishadi.  Yirik  xalqaro 

korporatsiyalar erkin iqtisodiy xududlarda uz ishlab chikarishlarini tashkil kilishni 

ekspansiyalarining muxim yunalishi deb xisoblaydilar. 

Erkin  iqtisodiy  xududlar  mamlakatning  boshka  kismlarida  ishlatilmaydigan 

imtiyoz  va  ragbatlarning  o’ziga  xos  tizimi  kullaniladigan  milliy  iqtisodiy 

xududning  bir  kismidir. Odatda  EIX  jugrofiy  jixatdan  u  yoki  bu  darajada  aloxida 

xududdir. 

Erkin  iqtisodiy  xududlar  ularni  tashkil  kiluvchilar  tomonidan  ochik 

iqtisodiyot  tamoyillarini  amalga  oshirishdagi  muxim  bosqich  sifatida  kuriladi. 

Ularning  faoliyat  kursatishi  tashki  iqtisodiy  faoliyatni  faollashtirish  va 

erkinlashtirish  bilan  boglanadi.  Erkin  iqtisodiy  xududlarning  iqtisodiyotining  

tashki  dunyoga  ochikligi  katta  darajada  buladi.  Bojxona,  solik  va  investitsion 

rejimi esa tashki va ichki investitsiyalar uchun kulaydir. 

Amalda  erkin  iqtisodiy  xududlar  jahon  kapital  xo’jaligi  mikyosida 

migratsiya kilib yurgan kapital uchun kopkon xisoblanadi. 

Erkin  iqtisodiy  xududlarning  eng  oddiy  ko’rinishlaridan  biri  erkin  bojxona 

(bojsiz)  xududlari  (EBX)  xisoblanadi.  Bu  xududlar  erkin  savdo  xududlari  kabi 

birinchi  avlod  xududlariga  kiradi.  Ular  XVII-XVIII  asrlardan  buyon  mavjud.  Bu 

xududlarda tranzit yoki kassignatsion omborlar, eksportga muljallangan tovarlarni 

kadoklash  va  kam  mikdorda  kayta  ishlash  buladi.  Bunday  xududlarni  kupincha 

bond omborlari yoki erkin bojxona xududlari deb ataladi. Erkin bojxona xududlari 

tovar olib kirish va olib chikishda bojdan ozod kilinadi. Ular kuplab mamlakatlarda 

mavjud. 

Erkin  savdo  xududlari  (ESX)  xam  dunyoda  keng  tarkalgan.  Erkin  savdo 

xududlari AKSHda eng kup rivoj topgan. Ularni tashkil kilish 1934 yildagi maxsus 

konunda  nazarda  tutilgan.  Uning  maksadi  savdoni  ragbatlantirish,  savdo 

operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat. 

Eng  kup  texnika  kiritish  xududlari  AKSH,  YAponiya,  Xitoyda  faoliyat 

kursatmokda.  AKSHda  ularni  texnoparklar,  YAponiyada-texnopolislar,  Xitoyda-

yangi va ilgor texnologiyalar xududi deb ataladi. 

Jahonda eng mashxur va AKSHda eng yirik “Silikon Velli” nomli texnopark 

jahon xisoblash texnikasi vositalari va komp’yuterlar ishlab chikarishining 20%ini 

beradi.  Umuman  AKSHda  80dan  ortik  bunday  xududlar  mavjud.  YAponiyada 

maxsus  xukumat  dasturlari  doirasida  ilgor  ilmiy  tashkilotlar  asosida  yigirmaga 

yakin  texnopolislar  tashkil  kilingan.  XXRda  xam  bunday  xududlar  odatda 

davlatning ilm va texnikani rivojlantirish rejalarini amalga oshirish paytida tashkil 

kilinadi. 90-yillarning  urtalarida  Xitoyda  50dan  ortik  yangi  va  ilgor 

texnologiyalarni rivojlantirish xududlari ishlagan. 

 

20 


Turli  moliya-iqtisodiy,  sugurta  va  boshka  xizmatlar  kursatuvchi  firma  va 

tashkilotlar  uchun  talbirkorlik  faoliyatining  imtiyozli  sharoitlari  yaratiladigan 

xududlar servis xududlar deb ataladi. 

Servis  xududlar  katoriga  offshor  xududlar  (OX)  va  solik  gavanlari  (SG) 

kiradi.  OX  va  SG  tadbirkorlarni  kulay  valyuta-moliya,  fiskal  sharoitlar,  bank  va 

tijorat sirlarining yaxshi saklanishi, davlat boshkaruvining kamligi bilan o’ziga jalb 

kiladi.  

Offshor  xududda  ruyxatga  olingan  va  solik  va  boshka  imtiyozlar  olishga 

nomzod  bulgan  kompaniyalarga  kuyiladigan  asosiy  talab  -  offshor  markaz 

joylashgan  davlatning  rezidenti  bulmaslik  va  bu  davlat  xududida  daromad 

olmaslikdir.  Solik  gavanlarining  offshor  xududlardan  farki  shundaki,  u yerda 

barcha firmalar  (xorijiy  firmalar  xam,  maxalliy  firmalar  xam)  faoliyatning barcha 

turlari  yoki  ba’zi  turlari  bilan  shugullanishda  imtiyozlarga  ega  buladilar.  Xozirgi 

paytda  jahonda  300  dan  ortik  offshor  markazlar  mavjud.  Ulardan  70tasi  solik 

gavanlari xisoblanadi. 

Offshor 


kompaniyalar 

faoliyat 

kursatayotgan 

davlatlar 

katoriga 

Lixtenshteyn,  Panama,  Normandiya  orollari,  Men  orollari  (Britaniya),  Antil 

orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, SHveytsariya va boshkalar kiradi. 

Oxirgi  un  yillikda  bularga  Malta,  Mavrikiya,  Garbiy  Samoa,  Isroil,  Malayziya 

(Labuan oroli) va boshka davlatlar kushildi. 

Tayanch  iboralar:  kapital  migratsiyasi,  portfel  investitsiyalar,  to’g’ri 

investitsiyalar,  TMK,  offshor  hududlar, “dyuti  fri”,  yangi  texnologiyalar  kiritish 

hududlari. 

 

                    Nazorat uchun savollar:  

1.  Kapital migratsiyasining asosiy sabablari? 

2.  Kapital migratsiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar? 

3.  Keyingi  yillarda  xalqaro  kapital  bozorlarida  qanday  o’zgarishlar  ro’y 

bermoqda? 

4.  Transmilliy korporatsiyalar deb qanday kompaniyalarga aytiladi? 

5.  TMK jahon bozoriga kirib borishining usullari? 

6.  EIHning qanday shakllarini bilasiz? 

7.  Erkin sado hududlari qaerlarda tashkil qilinishi mumkin? 

8.  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  EIH  tashkil  etish  istiqbollariga 

qanday qaraysiz? 

 

6-mavzu: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINING 

RIVOJLANISHIDA

 CHET EL INVESTITSIYALARINING 

ROLI. 

6.1. O’zbekiston Respublikasining investitsion muhiti 

6.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining axamiyati  

6.3.  O’zbekiston  Respublikasida  chet  el  investitsiyalarining 

o’rni 

 

21 



 

6.1. O’zbekiston Respublikasining investitsion muhiti 

 

Xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  bo’yicha  davlat  siyosati  respublika 

iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarida to’zilmaviy o’zgarishlarning kuchli quroli bo’lib 

hisoblanadi. 

“Iqtisodiyotimizda  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  va  uni 

modernizatsiya  qilish,  eksport  rivoji,  import  o’rnini  bosadigan  mahsulotlar  ishlab 

chiqarishni ta’minlashning muhim sharti bo’lgan xorijiy investitsiyalar, avvalobor, 

xususiy  sarmoyalarni  jalb  etish,  buning  uchun  tegishli  investitsion  muhit  va 

investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega”

2

 - 



degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov 

O’zbekiston  Respublikasida  mustaqillik  yillarida  qulay  investitsion  muhit 

yaratilgan,  xorijiy  investorlar  uchun  keng  xuquqiy  kafolatlar  va  imtiyozlar  tizimi 

ishlab  chiqilgan.  Bundan  tashqari  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar 

faoliyatini  rag’batlantirish  bo’yicha  yaxlit  chora-tadbirlar  tizimi  ishlab  chiqilgan 

bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

-umumiy  choralar,  shu  jumladan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat 

investitsion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; 

-xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag’batlantirish; 

-texnik  qayta  jihozlash  va  xalq  iste’mol  mollari  ishlab  chiqarilishini 

rag’batlantirish. 

Qulay  investitsion  muhit  qator  qabul  qilingan  xuquqiy  hujjatlarga  – 

O’zbekiston  Respublikasining  “Xorijiy  investorlar  xuquqlarini  himoyalash 

kafolatlari  va  choralari  to’g’risida”, “CHet  el  investitsiyalari  to’g’risida” 

Qonunlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “CHet  el  investitsiyalari 

ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirishlar va imtiyozlar 

to’g’risida”, “CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini 

rag’batlantirish  bo’yicha  qo’shimcha  choralar  to’g’risida”gi  Farmonlari  va 

boshqalarga asoslanadi. SHuni ta’kidlash zarurki, “Xorijiy investorlarga kafolatlar 

to’g’risida”gi  qonun  shuningdek  chet  el  investitsiyalarini  ular  kiritilgan  vaqtdan 

boshlab 

10 


yil 

mobaynida 

qonunchilikda 

investitsiyalash 

sharoitlarini 

yomonlashtiruvchi o’zgartirishlardan himoyalashni nazarda tutadi. 

Xorijiy  investor  O’zbekiston  Respublikasida  quyidagi  yo’llar  bilan 

investitsion faoliyatni amalga oshirishi mumkin: 

-  O’zbekiston  rezidentlari  –  xuquqiy  va  jismoniy  shaxslar  bilan  birgalikda 

tashkil  etilgan  kompaniyalar,  banklar,  trastlar,  kartellar,  birlashmalar  va  boshqa 

korxonalarda ulush bilan ishtirok etish; 

-  100% chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tuzish; 

2

 

Каримов И.А. Узбекистонда демократик узгаришларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамияти 



асосларини шакллантиришнинг асосий йуналишлари. Иккинчи чакирик Узбекистон Республикаси Олий 

Мажлисининг 9-снссиясидаги маъруза, 2002 йил 29 август 

 

22 


                                           

-  portfel  investitsiyalari  –  O’zbekiston  kompaniyalari  yoki  hukumatlari 

chiqargan  aktsiyalar,  obligatsiyalar,  aktsiya  va  boshqa  qimmatbaho  qog’ozlar 

sertifikatlarini xarid qilish yo’li bilan; 

-  er  va yer  osti  qazilmalaridan  foydalanishga  tegishli  (kontsessiya) 

huquqlarini  o’z  ichiga  oluvchi yer  va  ko’chmas  mulkni  to’la  yoki  qisman  sotib 

olish. 


Agar  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  korxonalar  o’z  ishlab  chiqarishida 

kamida  70%  mahalliy  uskuna  va  materiallardan  foydalansa,  quyidagi  pasayib 

boruvchi daromad solig’i stavkasi koeffitsientlari qo’llaniladi: 

70%dan kam – 0,70; 

70%-80% - 0,80; 

80%-90% - 0,75; 

90%dan yuqori – 0,70. 

Zamin  boyliklarini  ishlab  chiqarish  va  qidirish  ishlarini  amalga  oshiruvchi 

chet el kompaniyalari uchun eng qulay sharoitlar rejimi beriladi. 

 

 



6.2. Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining axamiyati 

 

CHet  el  investitsiyalari  kapital  eksport  qiluvchi  mamlakatlarning  importyor 

mamlakatlarning  iqtisodiy  sub’ektlari  hamda  qo’shma  korxonalarning  real  va 

moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag’lardir. 

CHet  eldan  investitsiyalash  kapital  oqimining  bir  iqtisodiyotdan  boshqasiga 

chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va 

investitsiyalar  chet  ellik  kapital  egasiga  qaytishiga  qadar  nisbatan  uzoq  vaqt 

davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib 

ketish, qochish yani mamlakatlararo ko’chib yurish xos. 

Xuquqiy  nuqtai nazardan  ular o’zlarining milliy  huquqiy  sharoitlarini qabul 

qiluvchi 

mamlakatning 

huquqiy 

sharoitlariga 

almashtiradilar. 

CHet 


el 

investitsiyalari  mohiyat  jixatidan  o’z  milliy  investitsiya  muxitini  o’zga  muhitga 

almashtiradi.  Xavfsizlik,  daromatdorlik,  kapitallashuvdan  tashqari  chet  el 

investitsiyalarining  o’ziga  xos  muhim  belgisi  aniq  maqsadlarni  ko’zlashi 

hisoblanadi. 

SHu  sababli,  o’zaro  manfaatlarning  mos  tushishi,  ishonchli  munosabatlar, 

kirib  borish  sharoitlarini  hisobga  olish  investitsiyalarning  bir  mamlakatdan 

boshqasiga ko’chishining asosi hisoblanadi. 

CHet  el  investitsiyalari  ichki  investitsiyalardan  farqli  ravishda  mamlakat, 

valyuta, milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha tavakkalchilikka to’qnashish 

ehtimoliga ega bo’ladi. Demak, chet el investitsiyalari risklari doirasi ancha keng. 

6.3. O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining o’rni 

Respublikada 

ko’p 

ukladli 


iqtisodiyotni  shakllantirish 

sharoitlarda 

investitsiya  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solishda  asosiy  vazifalar 

quyidagilardan  iborat:  ijtimoiy  va  hususiy  manfaatlarni;  ayrim  mamlakatlar, 

korporatsiyalar, xalqaro  moliya  institutlari,  yakka  investorlar manfaatlarini  to’g’ri 

 

23 



aniqlash;  ularning  o’zaro  maqbul  nisbatlarini  to’g’ri  aniqlash;  ularni  hayotda 

ro’yobga chiqarishning teng huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilash. 

CHet ellik investorlar investitsiyalar kiritish to’g’risida qaror qabul qilar ekan, 

birinchi navbatda o’zlarining manfaatlari va maqsadlaridan kelib chiqadi. 

O’zbekistonda  chet  el  investitsiyalari  davlat  tomonidan  va  qonun  bilan 

himoya qilinadi. Investitsiyalashning huquqiy iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab 

chiqilgan investitsiya faoliyati sohasida respublika tomonidan imzolangan halqaro 

shartnomalar  tamoyillariga  muvofiq  chet  el  investitsiyalarini  amalga  oshirishning 

bazaviy shartlari belgilangan. 

Qulay  investitsion  iqlim  mamlakat  tarmoqlarida  to’zilmaviy  o’zgarishlarni 

tez  amalga  oshishiga,  xorijiy  investitsiyalar  hajmi  oshishiga  yordam  bermoqda. 

O’zbekiston investitsion siyosatining asosiy qurollaridan biri – Davlat investitsiya 

dasturidir.  U  investitsiyalar  manfaatlari  va  intilishlarini  muvofiqlashtirish  va 

optimallash,  shuningdek  ular  uchun  imtiyozli  rejim  joriy  etilgan  sohalarni 

aniqlashga qaratilgan. 

Tayanch  iboralar:  O’zbekiston  Respublikasi  investitsion  siyosati, 

investitsiya  oqimlari,  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar,  qo’shma 

korxonalar, O’zbekiston Respublikasida investitsion muhit 

                           Nazorat uchun savollar: 

1.  O’zbekiston 

Respublikasida 

xorijiy 


investorlar 

uchun 


qanday 

imkoniyatlar yaratilgan?  

2.  O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan 

o’rni qanday? 

3.  Xorijiy  investitsiyalar  asosan  iqtisodiyotning  qaysi  tarmoqlariga  jalb 

qilinmoqda? 

4.  O’zbekiston  Respublikasida  tashkil  etilgan  qaysi  qo’shma  korxonalarni 

bilasiz? 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling