Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 14.42 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.42 Kb.
#1602095
Bog'liq
Yarashev


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik texnologiyalari fakulteti “ Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti “ Kafedrasi Korporativ boshqaruv yo’nalishi 141-20 guruh talabasi Yarashev Muslimning “Mamlakatdagi korporativ boshqaruv tizimi mikro va makrodarajada tahlili” mavzusida tayyorlagan kurs ishiga
TAQRIZ
O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo’llari va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Bugungi kunga kelib moliyaviy boshqaruv pul oqimlari konsepsiyasi, pul mablag’larining vaqt bo’yicha qiymati konsepsiyasi, risk va daromadlilik konsepsiyasi, bozor samaradorligi haqida gipoteza, portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlami baholash modeli, kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi, agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalarga asoslanadi.
Mazkur kurs ishida korxonalarda korporativ nizolar va ularning oldini olish chora tadbirlari to’g’risida amaliy tajribalardan misollar keltirish orqali keng ochib berilgan.
Umuman olganda kurs ishi tayyorlashda asosiy talablar yoritib berilgan.Albatta kurs ishi kamchiliklardan holi emas. Lekin mazkur kamchiliklar muallifning ilmiy mehnati qiymatini kamaytirmaydi.
Yarashev Muslimning “Mamlakatdagi korporativ boshqaruv tizimi mikro va makrodarajada tahlili” mavzusida tayyorlagan kurs ishi talab darajasida deb hisoblayman.
ToshDTU “Sanoat iqtisodiyoti va Samanov A.A.
menejmenti” kafedrasi dotsenti
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling