Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Mustaqil ishining ayrim mavzulari bo‘yicha tavsiya etilayotgan namunaviy rejalar


Download 1.1 Mb.
bet78/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Mustaqil ishining ayrim mavzulari bo‘yicha tavsiya etilayotgan namunaviy rejalar:
Mavzu: Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari Kirish.
1. Raqobatning nazariy asoslari
2.Raqobat tushunchasi va uning mohiyati
3.Raqobatbardoshlikning ko‘rsatkichlar tizimi
4..Korxona raqobatlilik darajasining hozirgi holati
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Ilovalar
Mustaqil ishni rasmiylashtirish.
Mustaqil ishni tayyorlashda umumiy qoidalardan tashqari xisob-kitoblar va statistik jadvallarni to‘g‘ri va asosli ishlanganligiga xam e’tiborni qaratish lozim.
Har bir xisob-kitobda tushuntirishlar asoslangan xolda berilishi lozim. Jadval, diagramma yoki chizmalarning manbalari va nomi ko‘rsatilishi bilan birga, jadvaldan so‘ng albatta jadvaldagi ma’lumotlarga salbiy yoki ijobiy izoh berish lozim bo‘ladi.
Umumiy qabul qilingan belgilardan tashqari boshqa suo‘larni qisqartirib yozilishiga stitistik xatolarga yo‘l qo‘yilmasligi va Mustaqil ish mavzusini yozilishi adabiy tilda bo‘lishiga ham ahamiyat berishi kerak. Mustaqil ishni matni aniq, erkin o‘qiladigan xusnihatda standart yozuv qog‘ozining bir tomonida yoziladi, qog‘ozning chap qismidan 3 sm., yuqori qismidan 2 sm., o‘ng tomondan 1,5 sm., past qismidan 2 sm. joy qoldiriladi.
Mustaqil ish qo‘lyozmada qog‘ozning bir tomonida bajarilishi shart. Mustaqil ish quyidagicha rasmiylashtiriladi:

  • dastlab titul varag‘i, mundarija, kirish, 1, 2 va 3 boblar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, keyin oxirida ilovalar beriladi;

  • Mustaqil ish raxbarining taqrizi muqovaning ichki qismidagi konvertga solinadi; ▪ titul varag‘i kompyuterda yoziladi;

  • mundarija alohida sahifada ko‘rsatilishi, unda boblar, paragraflar kaysi sahifadan qaysi sahifagachaligi xam qayd etiladi, boblar va paragraflar ketma-ketligi bilan beriladi;

  • diagrammalar, chizma va jadvallardan ximoya paytida foydalanish mumkin, faqat chizma va jadvallardan katta formatga ko‘chiriladi;

Mustaqil ishni varaqlari titul varag‘idan boshlab xisoblanadi. Ammo titul varag‘i va mundarijaga raqam qo‘yilmay, kirishdan boshlab 3 raqami bilan boshlanadi.
Mustaqil ish ochiq himoya qilingandan so‘ng Hay’atning yopiq kengashida himoya natijasi muhokama qilinib 100 balli sistemada baholanadi. Bunda Mustaqil ishning to‘g‘ri rasmiylashtirilgani, rejada belgilangan maqsad va vazifalarga qay darajada erishilgani, mavzuni to‘liq ochib berilganligi, Mustaqil ish natijalarining nazariyuslubiy va amaliy ahamiyati, himoya jarayonida qilingan ma’ruzaning sifati, ma’ruza jarayonida tarqatma materiallar, ko‘rgazmali vositalar va taqdimot slaydlaridan qay darajada foydalanilgani, talabaning berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergani kabi bir qator mezonlarga ahamiyat beriladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling