Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
II.BOB.MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINING ASOSIY OMILLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Download 165.54 Kb.
|
1-19 Farxodova N. korxona kurs ishi
II.BOB.MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINING ASOSIY OMILLARI VA UNING MAMLAKAT TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sifatida biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek mamlakatning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati, ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo’lgan talab hajmi, davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va boshqa shu kabilar qatnashadi. Mamlakat miqyosida raqobatbardoshlikni aniqlashda asosiy e’tibor yaratilgan makroiqtisodiy muhitga, ya’ni inflyatsiyaning belgilangan me’yori, soliq og’irligi, kredit resurslarini olish imkoniyati, milliy valyuta kursining dinamikasini bilish va uning eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos kelishi, davlat institutlarining sifati, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, inson kapitali va ta’lim tizimining sifati, tadbirkorlik muhiti, tovar, moliya va mexnat bozorlarining rivojlanishiga qaratiladi. Qulay makroiqtisodiy muhit bilan mahsulotni raqobatbardoshligi o’rtasida barqaror o’zaro bog’liqlikning mavjudligi zamonaviy iqtisodiy nazariyani asosiy qoidalariga mos keladi va ko’p sonli amaliy tadqiqotlar tomonidan isbotlangan. Masalan, inflyatsiyaning yuqori darajasi iqtisodiyotni investitsiyalashning mavjud manbalarini so’ndiradi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sur’atlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan holda cheklaydi, ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini ko’paytiradi va baho raqobatbardoshligini pasaytiradi. Tovarlarning raqobatbardoshligiga yuqori byudjet defitsiti va soliq yuki, valyuta kursining beqarorligi, ishlab chiqarishning yuqori material sig’imkorligi va iqtisodiy o’sishning kapital sig’imkorligi darajasi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ko’rsatkichlarni tahlil qilish orqali biz mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga baho berish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish darajasini tahlil qilishdan boshlaymiz. Mamlakat raqobatbardoshligining muhim ko’rsatkichlaridan biri – barqaror iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy balanslashuvning ta’minlanishidir. Bizning mamlakatimizni global inqirozning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoya qilgan makroiqtisodiy muvozanatlashuvining asosiy omillari qatoriga 2005 yildan boshlab kuzatilayotgan byudjet profitsitining ta’minlanishi, oltin-valyuta rasmiy zaxiralarining yuqoriligi va davlatning tashqi qarzlarining past darajasi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridagi ehtiyotkorona aloqalar kabilarni kiritishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, mamlakat milliy iqtisodiyotining holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan biri bu yalpi ichki mahsulotdir. 2013 yil O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga o’sib, 119,0 trln. so’mni tashkil etdi. Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tizimli va islohotlarning izchil amalga oshirilishi hisobiga erishildi. Xususan. – tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash jarayonlarining izchil amalga oshirilganligi; – ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish; – bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi; – ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi. Shuning uchun mamlakat sanoatning raqobatbardoshligini va barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. - texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda hom ashyo, material va energiya resurslari sarf me’yorini 10-15 foizga tushirish hisobiga tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirildi; - ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini va sanoat bo’yicha yiliga mexnat unumdorligini 6-7 foizga oshirish, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarni qisqartirish, xodimlar sonini optimallashtirish ishlari amalga oshirildi; - sanoat tarmog’ida faoliyat ko’rsatayotgan yirik korxonalardagi ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan ishlab chiqarish vositalarini yangilash jadallashtirildi, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiyalash hamda korxonalarda jahon andozasi talablari darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish ishlari boshlab yuborildi; - ishlab chiqarishni samarali diversifikatsiyalashuvi va an’anaviy tarmoqlar eksportini ta’minlovchi xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni chuqurlashtirish yo’nalishlariga innovatsiyani qo’llash ishlari boshlandi; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokida fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, yuqori texnologik loyihalar doirasida innovatsiyalarni moliyalashtirish Fondini yaratilishiga asos solindi; - yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish va yuqori texnologik mahsulot eksportini qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali xalqaro innovatsion xamkorlikka jalb qilish mexanizmlari yaratildi; - mahalliy mahsulotlar sotish bozorlarini o’rganish va ularning mos bozor segmentlaridagi o’rnini aniqlash yo’nalishida marketing tadqiqotlari amalga oshirilmoqda; - bozor “signallari”ni doimiy mavjud masshtabi va turli xil tovar va xizmatlarga istiqboldagi talabi, ularning texnik, iqtisodiy va ekspluatatsion darajasiga talablar monitoringini (ichki va tashqi) tashkil etildi; - texnologiyalar transferti sohasida xalqaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini yaratildi; - yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun bojxona qonunchiligini va ma’murchiligini takomillashtirilmoqda; - korxonalar moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish: sanoat tarmoqlari korxonalari tarkibining moliyaviy menedjer va boshqaruvchilari tayyorlash darajalari oshirildi. Iqtisodiyot raqobatbardoshligi barcha bo’g’inlari makrodarajada bir-biri bilan bog’liq. Ulardan birining rivojlanmaganligi boshqalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, innovatsion salohiyatni yuqori texnologiyalarni foydalanishga moslashtiruvchi yaxshi rivojlanmagan oliy ta’lim tizimisiz va hamda ishlanma va tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi samarali amal qiluvchi moliya tizimisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Adolatli raqobat shart-sharoitlarining mavjud emasligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo’lgan barqaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga rag’batlarni ta’minlamaydi. O’zbekiston sanoatining rivojlanish xususiyati sanoat tarmoqlarining qayta ishlash sohalarida fond qaytimi va mehnat unumdorligining jadal o’sish tendentsiyasiga erishganligi hisoblanadi. Mehnat unumdorligining o’rtacha yillik o’sishi sanoat bo’yicha so’nggi yillarda 9 foizni tashkil qildi. Mashinasozlik, engil, oziq-ovqat tarmoqlarida o’sish darajasi ancha yuqori bo’lgan (o’rtacha 15,4 foiz), yoqilg’i-moylash tarmoqlarida 3,4 foizni tashkil qildi. Qayta ishlanish darajasi yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan tarmoqlarda fond qaytimi jadal o’sish darajasida ijobiy tendentsiya kuzatilgan. Bu tarmoqlarda fond qaytimi o’rtacha 1,8 marta, shu jumladan, mashina qurilishida 2,0 marta, engil sanoatda 1,5 marta, oziq-ovqatda 1,7 marta ortgan.Bunga eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko’rsatuvchilari mahsulotlariga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag’batlantirish, iqtisodiyotning real sektori sohasida resurs bazasini kengaytirish va investitsion faollikning o’sishini ta’minlash, elektr energiyasi sohasini modernizatsiya qilish, energiya sig’imini qisqartirish va energiyani tejash tizimini joriy etish, kichik biznes rivojlanishini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligi va yangi ish o’rinlarini tashkil etishga ko’maklashish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar sabab bo’ldi. Shu bilan birga, yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib borishi hamda 2013-yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatini 121 foizga, qurilish materiallari sanoatini 113,6 foizga, engil sanoatni 113 foizga va oziq-ovqat sanoatini 109 foizga o’sgani yaqqol ta’sir ko’rsatdi. Download 165.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling