Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


«Dehqonlar kambag'al bo‘Isa, qirollik kambag'al bo'ladi, qirollik kambag'al bo'Isa qirol kambag'al bo'ladi»


Download 0.56 Mb.
bet26/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

«Dehqonlar kambag'al bo‘Isa, qirollik kambag'al bo'ladi, qirollik kambag'al bo'Isa qirol kambag'al bo'ladi», deb hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki, savdogar va hunarmandlar qishloq xo‘jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o'zgartirish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U yerdagi tovaming o‘sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o‘z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda ko‘paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlaming sanoatning «unumsizligi» to‘g‘risidagi g‘oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko‘rsatib beradi.
F.Kene merkantilistlaming “boylik savdoda yaratiladi” degan tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlaming ayirboshlanishi ekvivalentli bo'ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o'sishi sodir bo‘lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‘q boy 1 iк hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning boyishi pul kapitalining o'sishiga emas, balki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Sinflar nazariyasi. F.Kene o‘zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‘rsatadi: unumti sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf - bu sinfda qishloq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to‘ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish biian band bo‘!gan kishilar. Ular faqat o‘zlarini ta’minlaydilar, o‘z iste’moliga qancha mahsulot kerak bo‘lsa, shuncha mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o‘zining ham, jamiyatning ham boyligini ko‘paytirmaydi, shu ma’noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki, ular o‘z paytida yerlami o‘zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar tomonidan olinadigan daromad bu ulaming oldin qilgan xarajatlari uchun in’om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday boMinishi noto‘g‘ri. A.Smit fiziokratlaming bu boradagi qarashiga javoban kinoyali ravishda shunday deydi: “Agar ulaming mantig'iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand ko‘radigan har qanday nikohni unumsiz, deb tan olish kerak bo‘ladi”.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling