Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA 0‘TISH DAVRI KONSEPSIYASI


Download 0.56 Mb.
bet63/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK TIZIMIDAN BOZOR MUNOSABATLARIGA 0‘TISH DAVRI KONSEPSIYASI
Milliy iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
Insoniyat XXI asrga kelib ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o‘z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:

  1. Bir yoqlama rivojlangan, mo‘rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.

  2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimlikka asoslangan iqtisodiy tizim.

  3. Mahalliy xomashyolami qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo‘tlovchi qismlar, shuningdek, yoqilg‘i ta’minotida markazga qaramlik.

  4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go‘sht-so‘t mahsulotlari)va boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.

  5. Paxta xomashyosi mahsulotlarining suvtekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida o‘ta xaridorgir bo'lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlami ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydaning 0‘zbekiston xazinasiga tushmasligi.

  6. Iqtisodiy o'sish sur’atlari samaradorligi ko‘rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.

  7. Xorijiy mamlakatiar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganiigi.

  8. Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi.

  9. 0‘zbekiston aholisi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o‘rin!ardan biriga tushib qolganligi.

  10. Ekclogik muammolaming keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho‘rlanishining ortishi, cho‘1 zonalarining kengavishi.

Yuqorida keltirilgan xulosalami isbotlovchi dalillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1991-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo‘g‘i 3,5% i pirovard isre’mol uchun respublikada qayta ishlangan.
1990-yilda respublikada mavjud korxonalaming 38% sobiq ittifoq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo‘g‘i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarruflda bo'lgan.
1988-yilda 4349.3 min. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
«1930-yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi tirikchilik o‘tkazish uchun zarur bo'lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi».
Ma’lum sabablarga ko'ra respublika hozirgi xalq xo‘jaligi va aholi juda aattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlaming 65% gacha bo‘fgan qismini tashqaridan keltirishga majbur edi. YoqiIg‘i, stanoklar, asbob-uskunalar, yog‘och-taxta va yog‘och materiallari to‘g‘risida gapirmasak ham bo‘ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Bozorga o'tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling