Sanoat korxonalari rentabelligi va uni hisoblash yo`llari reja: Savdo korxonalarida rentabellik mazmuni va mohiyati. Rentabellik darajasini tahlili


-jadval. Rentabellik darajasining bajarilishini tahlil qilish


Download 70.5 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1486998
1   2   3
Bog'liq
SANOAT KORXONALARI RENTABELLIGI VA UNI HISOBLASH YO`LLARI

2-jadval. Rentabellik darajasining bajarilishini tahlil qilish



Ko‘rsatkichlar

Utgan yili

Hiso? reja

)OT YILI
haqi-qatda

Farqi

Илғор корхона

Шаҳар бўйича ўртачаси

1 . Foyda, ming so‘m

4400

4415

4227

-188

5720

5334

2. Tovar aylanishi, ming so‘m

126653

132400

121824

-10576

155260

167700

3. Muomala harajatlari, ming so‘m

3980

3975

3993

+ 18

3550

3720

4. Asosiy va aylanma mablag‘-larning o‘rtacha qoldigi, ming so‘m

41200

41316

42897

1581

41480

45400

5. Tovar aylanishga nisbatan hisoblangan rentabellik darajasi, %

3,474

3,334

3,469

+0,135

3,684

3,180

6. Asosiy va aylanma mablag-larga nisbatan hisoblapgan rentabellik darajasi, %

10,67

10,68

9,85

-0,83

13,78

11,74

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yilda tovar aylanishiga nis-


4400 x 100 batan hisoblangan rentabellik darajasi 3,474% (4415 x 100/131800) ni, hisobot yilida reja bo‘yicha 3,334% (4415 x 100/100)ni, haqiqatda esa 3,469% (4415x100/100) tashkil etgan. Shunday qilib, xo‘jalik rentabsllik darajasi o‘tgan yilga nisbatan 0,005% (3,469-3,474) rejaga nisbatan esa 0,135% (3,469-3,334) oshgan.
Xo‘jalik rentabelligi yoki asosiy va aylanma mablag‘larga nisbatan hisoblangan rentabelligi o‘tgan yili 10,67% (4400 x 100/41200) bo‘lib, reja bo‘yicha 10,68% (4415 x 100/41316) ko‘rsatilgan; hisobotda esa 9,85% (4227 x100/42897) bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga hamda rejaga nisbatan bir muncha past bo‘lgan. Asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash, samaradorlik darajasini oshirish va korxona rentabelligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan korxonadagi rentabellik shahar korxonalarining o‘rtacha rentabelligidan yuqori bo‘lgan. Biroq bu korxona rentabellik darajasi shunga o‘xshash ilg‘or savdo korxonaning ko‘rsatkichlariga nisbatan orqada qolgan. Ilg‘or korxonada rentabellik darajasi 3,68% ni tashkil etgan. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan xo‘jalikda rentabellik darajasini oshirish uchun katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham tahlilning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
• rentabellik darajasiga ta’sir etgan asosiy omillarni aniqlash va o‘rganish;
• rsntabellikni oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan foydalanishga oid tadbirlarni ishlab chiqish.
Rentabellikni tahlil qilishning eng muhim tomoni ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishdir. Tahlil jarayonida ayrim omillarning ta’sir etishini o‘rganish davomida har bir omilning: tovar aylanishi, foyda va asosiy aylanma mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i o‘zgarishning ta’sir etish darajasini alohida aniqlash lozim. Tovar aylanishi bo‘yicha rentabellik darajasi rejaga nisbatan 0,135% oshgan. Bunga tovar aylanishining hisobot yilida rejaga nisbatan 10576 ming so‘mga kamayishi sabab bo‘lgan. Hisobot yilida tovar aylanishga shartli hisoblangan rentabellik darajasi 3,624% (4415,7 x 100 / 121824) ni tashkil etdi. Bu esa rentabellik darajasining 0,28% (3,624-3,334) ga ko‘payishiga olib keldi, lekin yalpi foyda miqdorining rejaga nisbatan 188,0 ming so‘mga kamayishi rentabellik darajasining 0,155% (3,469-3,624) pasayishiga olib keldi. Hisoblarning to‘g‘riligini tekshirish +0,29-0,155=+0,135%.
Asosiy va aylanma mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan rentabellik darajasi hisobot yilida rejaga nisbatan 0,83% (9,85-10,68) kam bajarilgan (3-jadval).

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling