Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari


Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish


Download 64.55 Kb.
bet5/13
Sana18.03.2023
Hajmi64.55 Kb.
#1282801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sardor industiral mustaqil ish

2. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish.

Xususan, 2015-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014-yilga nisbatan 8 foizni, 2016-yil yakuni 2015-yilga nisbatan 7,8 foizni, 2017-yil 5,3 va 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 5,1 foizni tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 407514,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2017-yil bilan taqqoslaganda 5,1 foizga o‘sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017-yildagi narxlarga nisbatan 128,1 foizni tashkil etdi.


2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda mineral xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 649 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirish belgilanmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda iqtisodiyotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bandining ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda bir qancha innovatsion texnika va texnologiyalar joriy qilinmoqda.
Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan, turli yuridik maqomga ega bo‘lgan ko‘plab korxonalarda boshqaruvning yangi, innovatsion shakllarini qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida AQSHning “McKinsey” konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “McKinsey 7S” modelini qo‘llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi[4]. Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va Robert Vatermanlar hisoblanib, ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan va mazkur tamoyil asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilingan hamda korxona tasarrufida omilkor biznes jarayonlarini yaratishga va optimallashtirish uchun foydalanadigan strategik menejment va marketing bo‘yicha ko‘plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan. “McKinsey 7S” modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. Ushbu model asosida tashkilot mikro iqtisodiyotining ettita asosiy elementi tahlil qilinadi va quyidagi xulosani berishga imkon beradi, ya’ni, korxona tasarrufidagi biznes jarayonlar qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik samarali tarzda yo‘naltirilgan.



Download 64.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling