Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)
Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb- ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar. Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya. 80 Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. 81 XULOSA Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga keldik. 1. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi. Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasiga quyidagicha tasnifladik: Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi: • moddiy xarajatlar; • asosiy fondlar amortizasiyasi; • mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; • ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar; • boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda uning faoliyatini to’liq ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling