Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Наъмуна
2.
Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishda turli xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi 93 . O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2006 yil 5 yanvar, PF–3706-sonli), ―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) Farmonlari xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko`plab chora-tadbirlar qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF– 3937-sonli ―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to`g`risidagi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo`lga qo`yildi. 2008 yilda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi. Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya‘ni, birinchi bosqichda – tarmoq ko`rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda – xalqaro tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o`tkazilmoqda. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining tashkil etilgandan buyon faoliyati umumiy natijalarini quyidagi jadval orqali ko`rishimiz mumkin (8.2-jadval). O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi Farmonida bu haqida to`g`ridan to`g`ri shunday deyilgan: ―Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o`sishini ta‘minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o`rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila byudjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo`lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi‖ 94 . kichik-bizns-imkoniyatlaridan-foydalanish-yonalishlari O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2006 yil 5 yanvаrdаgi ―Yirik sаnоаt kоrхоnаlаri bilаn kаsаnаchilikni rivоjlаntirish аsоsidаgi ishlаb chiqаrish vа хizmаtlаr o‘rtаsidаgi kооpеrаsiyani kеngаytirish rаg‘bаrlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidаgi Fаrmоni. Хаlq so‘zi. 2006 yil 5 yanvаr Xulosa Xulosa qilib aytamankin Sanoat kooperatsiyasi asosida amalga oshirilayot-gan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va material-larni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korhonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'l-gan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi. 2017 yilning yanvar- dekabr oylarida tayyor mahsu-lotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqar-ishni mahalliylashtirish dasturi doirasida 799 ta loyiha bo‘iycha 9,9 trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 512,4 mln.dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot-lar eksport qilindi va 3018 ta yangi ish o'rni yaratildi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling