Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari
Download 38.68 Kb.
|
Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi sanoatida asosiy fondlarning texnologik tarkibi 7 (yil oxiriga foizda)
- Asosiy fondlarning tarmoq tarkibi 8 (foiz hisobida)
- Tarmoqlar 2010 2011 2012
Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo’linadi. Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o’zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbobuskunalar, texnologik liniyalar, o’lchov va to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning tuzilmasi masalasiga ham e’tibor berish zarur. Asosiy fondlarning tarkibi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatiga bo’lgan nisbatga aytiladi. Masalan, 100 mln. so’m bo’lsa, ulardan binolar 25 foiz, inshootlar 15 foiz, uzatuvchi qurilmalar 10 foiz, ishchi mashinalar va jihozlar 30%, qolganlari esa 20 foiz bo’lishi mumkin (10-jadval). Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:6 1.Tasviriy tuzilma. Texnologik tuzilma. Tarmoq tuzilmasi. Hududiy tuzilma. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi. Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o’zgarishidan sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo’ladi. 11-jadval O’zbekiston Respublikasi sanoatida asosiy fondlarning texnologik tarkibi7 (yil oxiriga foizda)
Asosiy fondlarning tarkibiga konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va modernizatsiyalashga sarflangan kapital mablag’larning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko’p bo’lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o’rni ko’proq bo’ladi. Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko’rsatadi (11-jadval). Tarmoq tuzilishi sanoat tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi (12-jadval). 12- jadval Asosiy fondlarning tarmoq tarkibi8 (foiz hisobida)
Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi. Takror ishlab chiqarish tarkibi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o’rnini ifodalaydi. 2. Asosiy fondlarni baholashAmaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo’llaniladi: 1) dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho; 2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho; 3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho; 4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari (Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o’z ichiga oladi. Ob = Sb + Xt + Xm Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich korxona (firma) balansida hisobga olinadi. Ammo asosiy fondlarning dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste’mol qiymatga ega bo’lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko’rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo’yish orqali aniqlanadi. Xulosa «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak: «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» - bu, jonli mehnat jarayoni bilan korxonalarda ishlab chiqarish elementlari (mashina-mexanizmlar, asbobuskunalar hamda boshqa mehnat qurilmalari)dan foydalanish jarayonini samarali va oqilona tashkil etishdir». Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliyaviy imkoniyatlardan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, reja topshiriqlarini eng yaxshi ko’rsatkichlar bilan boshqarishdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish ilm-fan sifatida tushunilganda uning vazifasi ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarishda va uning tarmoqlarida jamiyatning iqtisodiy qonunlarini qo’llash yo’llarini hamda shu qonunlargaasoslangan holda davlatning xo’jalik siyosatini hayotga tadbiq etish usullarini o’rganishdan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish korxonalarda ishlab chiqarishning eng ma’qul usullarini, zarur asbob-uskunalarini tanlash, turli korxonalarda ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashni ta’minlash, korxonalarda ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda korxonalarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhobosqichsi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish, demakdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va uni yuksak darajaga ko’tarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirish tufayli korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni boshqariladi va tartibga solib turiladi. ADABIYOTLAR RO’YXATI: Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги 07.02.2017 йилдаги ПФ-4947-сон Фармони Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 2017. 488-б. Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлисга мурожаатномиси. // Халқ сўзи. 2017 йил 23 декабрь. Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – 220 бет. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1 жилд. – Т.: «Давлат илмий нашриёти», 2000. – 288 бет Тўхлиев Н. Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёти .– Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1998. – 240 бет. Гаибназарова З.Т. Инновацион инвестициялаштириш самарадорлигини ошириш.- Т.: ТошДТУ, 2013.-124 б. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. 144 бет. Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. 144 бет. 1 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.132. 2 Ўзбекистон саноати. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Статистик тўплам. Тошкент 2016. Б.45. 3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2016 й.даги “Саноат тармоқлари корхоналарининг жисмоний ишдан чиққан ва маънавий эскирган машина-ускуналарини жадал янгилаш, шунингдек, ишлаб чиқариш харажатларини камайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2692-сон Қарори 4 O’sha yerda 5 Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.62-64. 6 Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.134. 7 Muallif tomonidan quyidagilar asosida tuzilgan: Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.62. 8 Muallif tomonidan quyidagilar asosida tuzilgan: Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2014. Б.44.; Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.46. Download 38.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling