Sanoat korxonalarining elektr taьminoti sxemalari, tashqi va ichki sxemalar
Download 274.49 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tayanch soʻz va iboralar
13-MA’RUZA Sanoat korxonalarining elektr taьminoti sxemalari, tashqi va ichki sxemalar I. M a ‘ r u z a r ye j a s i 1. Quvvat boʻyicha sanoat korxonalarining tavsiflanishi 2. Tashqi va ichki sxemalar II. Tayanch soʻz va iboralar: Kompleks elektr ta’minoti, optimallash yuqoriroq kuchlanishni iste’molchilik yaqinlashtirish, rangli metall va elektroenergiyani yuqotishlari iqtisodi, yuklamalar markazi, kuch va yoritish yuklamalari, doira, radius, masshtab, kuchlanishlar boʻyicha qurish. Ta’minlash markazi, katta quvvatli iste’molchilar, oraliq tarqatish punkti, kabellar, 6-10 kV kuchlanish, koʻp sonli iste’molchilar, ta’minlash ishonchliligi, oʻtib ketuvchi kabel magistrallari, katta quvvatli va javobgarligi katta iste’molchilar, mayda va oʻrta quvvatli iste’molchilar, tokoprovodlar, kapital va ekspluatatsion sarflar. Podstantsiyalarning va tarqatish punktlarining bosh rejada joylashuvi va ularni tok oʻtkazgichlar, kabellar va xavo liniyalari bilan oʻzaro ulanishi elektr yuklamalariga va EI larning ishonchlilik boʻyicha toifalariga bog’liq. Yuklamalar markazi va aloxida tsexlarning bosh rejada joylashuvi, podstantsiyalarning soni va quvvati, katta quvvatli EI lar mavjudligi xam sxemaga ta’sir qiladi. Korxona tarmoqlari sxemasini tanlash ancha murakkab masala boʻlib, bir nechta variantlarda yechimga ega. Bu variantlardan texnik-iqtisodiy xisob-lar asosida eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgani tanlab olinadi. Bu variantlar tuzishning asosiy sharti - ulardagi sxemalar bir xil ishonchlilikka ega boʻlishi kerak. Amalda elektr energiyasini tarqatishning 2 ta sxemasi-radial va magistral sxemalar ishlatiladi. Koʻpincha ikkila sxema bir-birini toʻldirib, bir vaqtda ishlatiladi. Buni aralash sxemasi deyiladi. Radial tarqatish sxemasida BPP dan yoki BTP dan ta’minlovchi 6-10 kV li liniyalar xar bir EI ga, tarqatish punktiga yoki TP ga aloxida oʻtkaziladi (19.1-rasm). 19.1-rasm. 6-10 kV li liniyalarni ta’minlash sxemasi Radial sxema manbadan turli yoʻnalishlarda joylashgan katta-katta toʻplangan yuklamalar boʻlganda ishlatiladi. Tez oʻzgaruvchan yuklamalar boʻlganda radial sxema ishlatilsa, ularning boshqa EI lar ishiga ta’siri kamayadi. 19.2-rasm. Oraliq TQ (RP) larni oʻz ichiga olgan radial tarqatish sxemasi. Radial sxemaning afzalliklaridan - agar 1 ta liniya shikastlansa yoki ta’mirlashga oʻchirilsa, faqat bitta EI uziladi. Radial sxema koʻpincha 2 pog’onali boʻladi: 1-pog’onaga BPP dan RP largacha va 2- pog’onaga RP dan YuK dvigatellarigacha va TP transformatorlarigacha boʻlgan qismlar kiradi (12.6 - rasm). Magistral sxemada 1 ta yoki 2 ta parallel liniyadan bir nechta iste’molchi ta’minlanadi. Magistral sxemalar yakka, juft (qoʻsh) liniyalardan iborat boʻladilar. a) Yakka magistralli sxema eng arzon boʻlib, toʻxtovsiz ishlaydigan texnologik liniyalardagi EI larni ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu magistral bir tomondan ta’minlanishi kerak (19.3 - rasm). 19.3 – rasm. Yakka magistral liniyadan ta’minlash sxemasi. b) Qoʻsh magistrallar ishlatilgan sxemalar muxim axamiyatli va texnologik jixatdan oʻzaro uncha bog’lanmagan EI larni ta’minlash uchun qoʻllaniladi. Bu sxema yirik bir korxonaning bir nechta BPP sini xavo liniyalari bilan, BPP dan tarqatish qurilmalarini tok oʻtkazgichlar yordamida, BPP dan yoki TQ dan bir nechta TP ni kabellar bilan ta’minlashda ishlatiladi (19.3-rasm). 19.4-rasm. Oʻtib ketuvchi ikkitalik magistrallar ishlatilgan magistral sxema. Tok oʻtkazgichlar ishlatilgan magistral sxemalar (19.4-rasm) da 6-35 kV li tarqatish qurilmalari tok oʻtkazgichlardan ta’minlanadi. Bu xolda BPP ning 6-10 kV li TQ sidagi og’ir uzgichlar oʻrnatilgan yacheykalar iqtisod qilinadi. 19.4-rasm. Tarqatish qurilmalarini tok oʻtkazgichlar bilan ta’minlashning magistral sxemasi. 19.5-rasm. Ichki elektr ta’minotining aralash tarqatish sxemasi. v). Aralash (radial-magistral) sxemalar quvvati va yuklama grafiklari turlicha boʻlgan, ET dagi ishonchlilik toifasi xar xil EI lar boʻlgan yirik korxonalar uchun ishlatiladi (19.5- rasm). Bunda yirik va mas’uliyatli iste’molchilar radial sxema boʻyicha ulanadi. Oʻrtacha va kichik quvvatli iste’molchilar guruxlarga toʻplanib, magistral sxema boʻyicha ulanadi. Oʻzaro rezervlash printsipi sxema tanlashga katta ta’sir koʻrsatadi. 1-toifaga kiruvchi EI lar 2 ta mustaqil manbadan ta’minlanishi kerak. Ikkinchi manba sifatida elektrostantsiya va podstantsiyaning yig’ma shinalarigina emas, balki past kuchlanishli “koʻprik“ lar (“peremqchka“) xam ishlatili-shi mumkin. 1-toifaning aloxida guruxiga kiritiluvchi juda muxim EI lar uchun 3 ta bir-biridan mustaqil manbadan elektr ta’minoti boʻlishi kerak. Bu manbalardan iste’molchilargacha kabel liniyalari turli trassalar boʻyicha oʻtkazilishi yoki 2 ta 1 zanjirli xavo liniyalari qoʻllanilishi kerak. Download 274.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling