Sanoat korxonalarining moddiy va energiya sarfini qisqartirish yo’nalishlari


Download 1.95 Mb.
bet2/5
Sana19.01.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1101880
1   2   3   4   5
Bog'liq
Saburov Ixlas

Ayni paytda respublikada 49 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, shu jumladan 10,2 mingta korxona 2021 yil yanvar– dekabr oylarida tashkil etilgan bo’lib, ulardan: Toshkent shahriga 2,6 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 1144 ta korxona, Toshkent viloyatiga 1057 ta korxona, Samarqand viloyatiga - 895 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 800 tadan ortiq korxona, Buxoro viloyatiga 500 taga yaqin korxona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga 400 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga 200 tadan ortiq korxona to’g’ri keladi.Ular o`z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi.

  • Ayni paytda respublikada 49 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, shu jumladan 10,2 mingta korxona 2021 yil yanvar– dekabr oylarida tashkil etilgan bo’lib, ulardan: Toshkent shahriga 2,6 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 1144 ta korxona, Toshkent viloyatiga 1057 ta korxona, Samarqand viloyatiga - 895 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 800 tadan ortiq korxona, Buxoro viloyatiga 500 taga yaqin korxona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga 400 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga 200 tadan ortiq korxona to’g’ri keladi.Ular o`z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi.

Sanoat ishlab chiqarish faoliyatida minglab insonlar band bo‘ladi, katta hajmda material, yoqilg‘i resurslari, energiya tashuvchilar, shuningdek ishlab chiqarish texnikasi — mashinalar, texnologik va quvvat uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish maydonlari va boshqalardan foydalaniladi. O‘z o‘rnida ishlab chiqarish samaradorligi bu vositalardan qanday foydalanilishiga bog‘1iq.
Moddiy resurslarni me’yorlash xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanish va tejash bo‘yicha ishlarning muhim yo‘na1ishidir. Xom ashyo va materiallar xarajatini me’yorlash ularni ishlab chiqarish iste’molini rejaviy chorasini belgilash hisoblanadi, bunda iste’mol miqdori va sarflanishidan qat’iy nazar barcha turdagi xom ashyo va materiallarni me’yorlashtirish 1ozim
Moddiy resurslar sarfini takomillashtirish ularni tejashning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Faqatgina xom ashyo va materiallardan foydalanishning ilmiy asoslangan me’yor va normativlarini joriy qilish bilan yildan yilga o‘sib boruvchi ularga bo‘lgan talabni qondirish mumkin.

Xarajatlarning ilg‘or me’yorlarini ishlab chiqish metodikasi me’yorning tarkibi va tuzilmasini, me’yorni hosil qiluvchi elementlarning shakllanishi va ularni har birining miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni aniq bilishni talab etadi. Me’yorni hosil qiluvchi elementlarning yig‘indisi me’yor tarkibi, 100% deb qabul qilinadigan me’yorning umumiy qiymatidagi ularning nisbati me’yor tuzilmasi deb ataladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling