Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun eng samarali tarmoqlarga alohida eʼtibor qaratish lozim
Download 10.9 Kb.
|
ijtimoiy
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun eng samarali tarmoqlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida milliy iqtisodiyotda chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror oʻsishni taʼminlashning qator muhim yoʻnalishlari belgilab berildi. Ulardan biri sifatida yangi eksport bozorlariga chiqish Hukumatning eng asosiy vazifalaridan ekanligi qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan mahsulotlarning jahon bozorlaridagi ulushi sezilarli boʻlsada, uni yana-da oshirish imkoniyatlari mavjud. Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini rivojlantirish va uning mahsulot tarkibini diversifikatsiya qilish oʻzaro aloqador boʻlgan ikkita omil guruhi orqali belgilanadi. Bir tomondan bu, tabiiy resurslar sohasidagi qiyosiy ustunliklar bilan tavsiflangan statik omillar boʻlib, ularning taʼsiri natijasida keyinchalik yuqori texnologik hamda yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarga eʼtiborni kuchaytirishga imkon yaratiladi. Boshqa tomondan bu, innovatsiyalar va ilmiy-texnik yutuqlar bilan bogʻliq boʻlgan dinamik ravishda oʻzgarib turadigan raqobat ustunligi omillari hisoblanadi. Ularning birgalikda uzviy harakati natijasida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, eksportning barqaror oʻsishini va umuman, iqtisodiyot rivojida ragʻbatlantiruvchi taʼsirni taʼminlashga erishiladi. Xulosa oʻrnida aytganda, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash borasida soʻnggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar iqtisodiy oʻsishning barqaror poydevori sifatida xizmat qilmoqda. Jahon iqtisodiyotida pandemiyaning salbiy taʼsiri hali toʻliq bartaraf boʻlmaganligini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotning yaqin istiqbolda barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni yana-da faollashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: milliy iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish ishlarini yana-da faol davom ettirish; sanoatda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar turini kengaytirish va sifat jihatidan raqobatbardoshlik darajasini oshirish; inson kapitaliga investitsiyalar kiritishni faollashtirish orqali istiqbolda ilmiy sigʻimi yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish; iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarning eksport va import tuzilmasini, ularning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish hamda eksport tarkibini diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish; faol investitsiya siyosatini olib borish orqali muhim strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xorijiy kapitalni, avvalo, moddiy eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishga jalb qilish; milliy iqtisodiyot barqaror rivojining muhim omili sifatida yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholining bandlik darajasini koʻtarish hamda mazkur jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da ragʻbatlantirish.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi, Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va boshqa tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. Maqsad bitta – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini hududlashtirish siyosati, klaster tizimini joriy etish, zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini yaratish, sabzavot ekinlarini takroriy kuzgi ekish, tomorqa xoʻjaligi amaliyotini kengaytirish nafaqat hosildorlikni, balki qishloqda aholi turmush darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Bularning barchasi Prezidentimizning har tomonlama puxta oʻylangan va uzoqni koʻzlagan siyosati, keng koʻlamli islohotlari, yurtdoshlarimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining samarasidir. Prezidentimiz tomonidan joriy yil 15-sentyabr kuni imzolangan “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim qadam boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Negaki, unga muvofiq, Loyihani amalga oshirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan va yigʻimlardan ozod qilinadi. Shu bilan birga, Loyiha doirasida jalb etiladigan qoʻshimcha qarz mablagʻlari, xususan, qishloq xoʻjaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish uchun ajratilgan 39,8 million AQSH dollarining 30,3 million AQSH dollari klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga, 5 million AQSH dollari yoshlar va ayollar uchun, 4,5 million AQSH dollari esa Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun 3,1 million AQSH dollari, bunda oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarishga 2, qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish boʻyicha 4,1 million AQSH dollari sarflanadi. Yana bir muhim yangilik – mazkur hujjat bilan “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy koʻrsatkichlari, “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish prognoz jadvali, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ham tasdiqlandi. Prezidentimiz qaroriga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi endilikda Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini hamda natijadorligini taʼminlaydi. Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarzining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklanadi. Qarorda belgilab qoʻyilganidek, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining 35 325 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi toʻliqligicha Loyiha doirasida tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablagʻlarning qaytarilishi hisobidan hamda qolgan 10 875 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan amalga oshiriladi. Shuningdek, Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarida subsidiar qarzning foiz stavkasi “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan belgilanadi. Xulosa shuki, mazkur qarordan koʻzlangan maqsad bitta – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan Strategiyasi ijrosini taʼminlash va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish. Uning ijrosi esa mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirishga xizmat qiladi.
1. Oylik va maoshlar, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshib borilishi; 2. Aholi bandligini oshirishning samarali usullari; 3. Aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash; 4. Aholining yashash sharoitini yaxshilash; 5. Ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish; 6. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimi; 7. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish; 8. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Download 10.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling