Sanoat maishiy chiqindilar tahlili
Download 72 Kb.
|
Sanoat chiqindilar qayta ishlashning asosiy texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Sanoat chiqindilar qayta ishlashning asosiy texnologiyalari Reja Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. Sanoat chiqindilarini tirik organizmlarga ta'siri. Sanoat chiqindilarini qayta ishlash. 4. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Fan va texnikaning jadal rivojlanishi hamda yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga keng joriy etilishi natijasida insonni tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri tobora tezlashib bormoqda. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashib, ushbu ta’sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Biosferaga antropogen shu darajaga borib yetdiki, yer yuzida ham tabiiy o’zgarishlar ro’y berib, ba’zi mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo’lib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir”,-- deb ta’kidlaganlari hammamizga katta mas’uliyat yuklaydi. (I.A.Karimov ” O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”). (1) O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” ,-- deb ko’rsatilgan. Mamlakatimizda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”, “Suv va suvdan foydalanish”, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”, “Yer osti boyliklari”, “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish”, “Yer kodeksi”, “Yer kadastri”, “Chiqindilar to’g’risida”gi qonunlar ekologik muammolarni hal etish va oldini olishga qaratilgan. Bu qonunlar ichida ayniqsa “Chiqindilar to’g’risida”gi qonun ahamiyatga molikdir. Chunki bu qonunga chiqindilar bilan bog’liq barcha operatsiyalar moddalarda keltirilgan. Jumladan, 24-moddada Chiqindilarni utilizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlb chiqish uchun imtiyozlar berilishi ta’kidlangan (2002y). Hozirgi vaqtda mamlakatimizda maishiy chiqindilari bilan bog’liq muammolar o’z yechimini to’liq topganicha yo’q. Masalan maishiy chiqindilarni shahardan olib chiqib ketish uchun maxsus jihozlangan transport vositalarining soni juda kam. Bundan tashqari, chiqindilarni eng sodda likvidatsiyalash usuli bo’lgan ko’mish uchun ham maxsus chiqindilar poligoni darajasida emas hamda qayta ishlash uchun modernizatsiyalashgan usullar keng joriy etilmagan. President I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida keltirilgan “Korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish” asosiy vazifalardan biri ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi. Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi. Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar. Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi. Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi. Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling