«sanoat marketingi» kafedrasi


Nazorat va muloxaza uchun savollar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana14.04.2020
Hajmi0.62 Mb.
#99239
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi


Nazorat va muloxaza uchun savollar. 

1. Nomarksistik nazariyalar qanday nomlangan? 

2. Ma’muriy- buyruqbozlik usulining mohiyati nima? 

3.Xalq xo‘jaligini rivojlantirish "konsepsiyasi"ga nimalar kiradi? 

4. "Optimal reja" tushunchasini kim kiritgan va u qanday ma’noga ega? 

5.  Iqtisodiy  isloxotlar  muammosini  kachondan  muxokama  qilish 

boshlangan? 

6.Shurolar davri iqtisodiyotining mohiyati nimadan iborat? 



Adabiyot. 

Asosiy adabiyotlar 

1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.,O‘zbekiston,1998.  

2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 

3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001. 

Qo‘shimcha adabiyot 

1. Kostyuk V.N. Istoriya ekonomicheskix ucheniy.m., sentr, 1998. 

2.Yadgarov Ya.S.  Istoriya ekonomicheskix ucheniy.m.,1999. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


     

60 


8-Mavzu. Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining shakllanishi, rivoji va 

ularning makroiqtisodiy taxlili  

 

Reja 

 

1.Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari. 

2. Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishi. 

3.Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik, yangi Keynschilik. 

4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish.  

5.  Xulosa. 



                   Tayanch ibora va tushunchalar. 

Institutsionalizm  evolyusiyasi;  institutsionalizm  oqimlari:  ijtimoiy-

psixologik,  ijtimoiy-xuquqiy,  kon’yuktura  –statistik;  keynsning  iqtisodiy 

ta’limoti;  «Umumiy-bandlik  nazariyasi»;  «Kapitalning  eng  yukori 

samaradorligi";  foiz  normasi  va  likvidlik  afzalligi,  multipliqator; 

akselerator;  neoklassik  maktab  va  neoliberalizm;  fridmanning  monetar 

maktabi, neoinstitutsionalizm; gelbreytning konvergensiya nazariyasi. 

 

1.Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari. 

Bozor  munosabatlarining  amalda  namoyon  bo‘lishi,  turli  mamlakatlar, 

sohalar  va  tarmoqlarda  bir-biridan  farq  qilganligi  tarixdan  ma’lum. 

Shuningdek,  bozor  munosabatlari  to‘g‘risidagi  g‘oya  va  qarashlar  o‘z 

xususiyatlariga  ega  bo‘lgan.  Birok  X1X  asr  oxiri  va  XX  asr  boshiga  kelib, 

iqtisodiy  munosabatlar  rivojidagi  xususiyatlar  yangicha  yondashuv,  taxlil  va 

talqinlarni  takozo  eta  boshlagan.  Bu  esa,  tadqiqotlarning  yo‘nalishlarida 

namayon  bo‘ldi.  Nazariy  tadqiqotlar  amaliy  faoliyatni  chuqurrok  o‘z  ichiga 

kamrab  olishi  bilan  bir  qatorda,  amaliyotda  ham  nazariy  koidalarni  qullash 

uchun intilish kuchaydi,ya’ni nazariya va amaliyot birligi muximdir. 

X1X asr oxiri va XX asr boshlarida bunday sharoit, xozirgi davr iqtisodiy 

g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlangich nukta bo‘ldi. 

Iqtisodiy  bilimlar  tarixida  mazkur  g‘oyalarning  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi asosan uch xil yo‘nalishga ajratib o‘rganilmoqda: 

Bo‘lar:  1.  Ijtimoiy-institutsional;  2.  Keynschilik  va  yangi  keynschilik;  3. 

Neoklassik. 

2.  Institutsionalizm  iqtisodiy  yo‘nalishining  shakllanishi  va 

rivojlanishi

Ijtimoiy-institutsional  yo‘nalishning  boshlanishi  X1X  asrning  oxirlariga 

to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSh da keng tarkalgan. 

Yo‘nalishning nomi lotincha "InstItut" - so‘zidan olingan. 



     

61 


Yo‘nalish  vaqillarining  fikricha  institutlar  jamiyat  rivojlanishining 

xarakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. 

Ob’ektiv  iqtisodiy  qonunlar  tan  olinmaydi.  Xususiy  mulk,  soliq,  pul, 

kredit,  foyda  va  savdo  kabi  iqtisodiy  kategoriyalar  jamiyat  ruxining  paydo 

bo‘lishi shakli xisoblanadi. 

Bu  yo‘nalishdagilar  ma’lum  guruxlarning  odat,  an’analari,  yurish-turishi, 

uylash  usullari,  xuquqiy-axlokiy  va  boshqa  ko‘rinishlar  evolyusiyasini  tadqiq 

qiladilar. 

Institutsionalizm  evolyusiyasi  uch  davrga  bo‘linadi.  1.  Eski  negativ 

maktab  (20-30  yillar)  -  T.Veblen  (1857-1920),  J.R.Kommons  (1862-1945), 

U.Mitchell  (1874-1948),  J.Gobson  (1858-1940),  U.Gamilton  g‘oyalarida 

namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi. 

Masalan, 

Veblen  iqtisodiy  jarayonlarni 

ruxshunoslik,  biologiya  va 

antropologiya  bilan  boglaydi.  Kommons  -  ruxshunoslik  xuquqini  ,  Mitchell  - 

antropologiya va matematika xisob-kitoblarini ustun kuyadi. 

2.  Kechki  institutsionalizm  (1  jaxon  urushidan  keyin)  J.M.Klarkning 

"iqtisodiy  institutlar  va  insonlar  farovonligi"  asarlarida,  G.A.Berlining 

"Mulksiz  xoqimiyat"  va  "XX  asr  kapitalistik  inqilobi"  asarlarida,  G.Minzning 

aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni 

xaqidagi maqolalarida kayd etilgan.  

3.  Neoinstitutsionalizm  60-70  yillardagi  ijtimoy  institutsional  yo‘nalish. 

Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvetsiyalik iqtisodchi  G.Myurdal tomonidan 

ishlab  chiqarilgan.  J.K.Gelbreyt  va  R.Xeylbroner  tomonidan  rivojlantirilgan. 

Iqtisodiy  jarayonlar  rivoji  industriya  va  texnokratiya  rolining  o‘sishi  bilan 

bog‘liq    qaraladi.  Ijtimoy  xayotga  asoslanib,  iqtisodiy  jarayonlar  borishi 

tushuntiriladi. 

Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi. 

1.ijtimoiy-psixologik (T.Veblen). 

2.ijtimoiy-xuquqiy (Jon R.Kommons). 

3.emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). 

  Institutsional  g‘oyalar  evolyusiyasining  birinchi  davridagi  ijtimoiy-

iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin. 

1-yo‘nalish  Torsten-Veblen  (Asarlari:2  "Bekorchi  sinflar  nazariyasi 

"(1899),  "Fanning  xozirgi  sivilizatsiyadagi  urni  va  boshqa  ocherklar"  (1919), 

"Zamonaviy  o‘zgaruvchi  tizimlar  to‘g‘risidagi  ocherklar"  (1934))  kitoblarida 

keltiriladi.bo‘larda  davrning  tabiiy  tanlanish  ta’limoti  insoniyat  jamiyatida 

"Yashash  uchun  ko‘rash"  tamoyili  asosida  tadbiq  qilishga  asoslanadi. 

Markscha sinfiy ko‘rash va umuman sinflar mavjudligi inkor etiladi. Industrial 

-texnokratik  konsepsiyalar  ishlab  chiqiladi.  "Industriya"  (barcha  ishlab 

chiqaruvchilarni)  va  "Biznes"  (moliyachilar,  tashqilotchilar,  tadbirkorlar) 



     

62 


nazariyasida  ishlab  chiqarishning  moddiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  asoslari 

boglanmagan.bu  yo‘nalish  jamiyatni  islox  qilishda  intelligensiyaning  rolini 

birinchi o‘ringa kuyadi(menedjerlar). 

  2-yo‘nalish  Jon  R.Kommons  (asarlari:  «Kapitalizmning  xuquqiy 

asoslari»(1924),  «Institutsional  iqtisodiyot.  Uning  siyosiy  iqtisoddagi 

urni»(1934), “Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950)asarlarida bayon 

qilinadi).  

U  iqtisodiyotda  nazariya  va  yuridik  konsepsiyalar  to‘g‘risidagi 

koidalarning o‘zaro korishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari 

"Odil  bo‘lmagan  ragbat"  illatiga  olib  kelayotganligi  sababli,  almashuv 

munosabatlari odil bo‘lishini ta’minlash, raqobat xavfini yo‘qotishni davlatning 

yuridik  -  qonun  organlari  vositasida  xal  etish  mumkinligi  g‘oyasini  ilgari 

suradi. "Sotsial nizo" ta’limotida nizolarning antogonistik (kelishtirib bo‘lmas) 

emasligini,  ularning  jamiyat  evolyusiyasining  xarakatga  keltiruvchi  omil 

ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm o‘rtasidagi munosabat- kelishuv bo‘lib, 

bu kelishuv: nizo, o‘zaro ta’sir va yechimdan iborat bo‘ladi. 

U  jamiyatda  ijtimoiy  -  qarshiliklar  kuchayishi,ya’ni  konfliktlarni  yuridik 

kelishuvidan boshqa narsa emas deb xisoblaydi. Jamoatchilik fikri nazoratidagi 

iqtisodiyotni  demonopolizatsiya  qiladigan  xukumat  tuzumi  zarurligiga 

ishonadi. Mulkni o‘z shakliga (moddiy, nomoddiy), karz va karz majburiyatlari 

) va ko‘rinmas (kimmatli kogozlarga) ajratadi. Birinchi o‘ringa ishlab chiqarish 

emas muomala sohasi kuyilgan. 

  3-yo‘nalish  Uesli  Kler  Mitchell  (asari:  «Iqtisodiy  nazariya  tiplari 

to‘g‘risida leksiyalar»(1935) nomi bilan bog‘liq.U Veblenning shog‘irdi bo‘lib, 

ishlab  chiqarish  va  biznes  qarama-qarshiligi  to‘g‘risidagi  fikrni  meros  qilib 

olgan. 


  Odamlarning  jamiyatdagi  xulkini  tadqiqot  predmeti  deb  xisoblaydi. 

Ijtimoiy  psixologiya,  an’ana  va  urf-odatlar  iqtisodiy  xodisalarni  belgilovchi 

omillar  sifatida  qaraladi.  Mitchell  bo‘yicha,  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar,  son  va 

rakamlar o‘zgarishidagi qonuniyatlar xal qiluvchi o‘rinni egallaydi. 

U  siklik  xodisalar  tadqiqotchisidir.  Moliya-pul  muomalasi  va  kredit 

kategoriyalari  bilan  siklik  tebranishlarni  o‘zgartirish,  oldini  olish  va 

iqtisodiyotga ta’sir etish mumkin, deb xisoblagan. U katta yillar davomiyligini 

xisoblagan.  Kapitalizmning  inkirozsiz  rivojlanish  modeli  loyixasini  yaratgan. 

Sikllarni  kapitalizm  iqtisodiyotiga  xos  doimiy  xususiyat  deb  qaraydi.  Yuzaga 

keladigan  turli    qarama-qarshiliklarni  yechishda  davlat  roli  orqali  tartibga 

solish  eng  qulay  vosita  deb  xisoblanadi.  Uning    tadqiqiotlari  empirik  va 

institutsional usullar korishmasidan iborat. 

  Kechki  va  neoinstitutsionalizm  davri    J.  K.  Gelbreyt,  Pitirim  Sorokin 

(AQSh)  Raymond  Atoi  (Fransiya),  Yan  Tinbergen  (Niderlandiya)va  boshqa 



     

63 


olimlar  nomi  bilan  bog‘liq,  ular  fikricha,  jamiyatni  qayta  ko‘rish, 

transformatsiya 

masalalarini 

xal 


etishda 

texnik-iqtisodiy 

omillar 

mutloqlashtiriladi; 

jamiyatning 

industrial 

jamiyatdan 

postindustrial, 

superindustrial  yoki  neoindustrial  informatsion  jamiyat  sari  qarama-

qarshiliklarsiz  evolyusiyasi,  sotsialistik  va  kapitalistik  tizimni  yagona  tizimga 

keltiruvchi nazariyasi ilgari suriladi (konvergensiya nazariyalari). 

  J.K.Gelbreyt  asarlari  sotsialistik  va  kapitalistik  tizimda  ro‘y  berayotgan 

umumiy  o‘zgarishlar,  masalan,  rejalashtirishdan  foydalanish,  davlat  va 

korporatsiya o‘rtasidagi farqlarning yo‘qolib borishi, tashki muxitni o‘rganish, 

fan va ta’limda mexnat taksimoti o‘sishda asosiy omil ekanligini va boshqalar 

tan  olinadi.  "Kapitalizm  transformatsiyasi"  ro‘y  berishi  bashorat  qilingan 

(asarlari: "Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1927). 

 "Yangi  sivilizatsiya"  asari  vujudga  kelishi  to‘g‘risida  Toflerning 

"Uchinchi tulkin" kitobi bayon etilgan. 

Neoinstitutsionalizm  nazariyalarida  texnik  omillarni  mutloqlashtirishdan 

chekinilib,  asosiy  e’tibor  insonga  va  sotsial  muammolarga  qaratilgan.  "Mulk 

xuquqi"  (Ronald Klouz-AQSh)  va  jamiyat  tanlovi  (Jeyms  Byukenen  -  AQSh) 

shular  jumlasidandir.  Bu  yo‘nalish  bo‘yicha  XX1  asr  "Inson  asri"  deb  e’lon 

qilingan. 

Inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi, deb 

qaraladi.  Yangi  jamiyat  shaxsni  xar  tomonlama  rivojlantirish  uchun  yangicha 

siyosat yurgizishni takozo etadi. 

1.  Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.  

J.M.Keyns  (1884-1946)  "Kapitplizmni  tartibga  solish"ga  oid  g‘oya 

tadqiqotchilaridan biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga 

faol  aralashuvi  tarafdoridir.  U  qiymatning  mexnat  nazariyasini,  qo‘shimcha 

qiymatni  inkor  etadi.  Ularni  ishlab  chiqarish  omillari  konsepsiyasi  bilan 

almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh 

asari    “Bandlik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyasi»(1936)dir  (kiskacha  

“Umumiy nazariya» deb ataladi). 

 Keyns ta’limotining xususiyatlari: 

1.  Bozor  munosabatlarining  mavjud  tizimi  o‘z-o‘zini  avtomatik  tarzda 

tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi. 

2.  Iqtisodiyotning  o‘sishi  va  eng  yukori  ish  bilan  bandlikni  ta’minlash 

davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi («Aralash iqtisodiyot» otasi). 

3.  Iqtisodiy  xodisalar  taxlilini  makroiqtisodiy  jixatdan  (xususiy  milliy 

daromad va jamgarish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi. 

4.  Bandlik  nazariyasi  kuyidagilarga  asoslanadi:  bandlik  ortishi  tufayli, 

milliy  daromad,  ayni  paytda  istemol  ham  ortadi,  ammo  daromad  istemolga 

nisbatan  sekinrok  ortadi,  odatda  insonlarning  psixologik  «qonuni»dan  kelib 

chikib, ularda jamgarishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tugiladi va 


     

64 


yangi  korxona,ish  joylari  paydo  bo‘ladi,bu  esa  iqtisodiyotni  yanada 

rivojlantiradi.  Oqibatda  "Samarali  talab"  kamayadi.  Bu  ishlab  chiqarish 

xajmiga va bandlikka ta’sir etadi. 

5.  Foiz  pul  karzi  (kredit)uchun  beriladigan  qonuniy  xak  deb  xisoblanadi. 

Foizning  miqdori  "Likvidlik  afzalligi"  (likvidlik  -  pulga  tez  aylana  olish, 

kadrlilik)ga  to‘g‘ri  va  muomiladagi  pul  miqdoriga  teskari  proporsionaldir. 

Investitsiyalarning  umumiy  xajmi  bandlik  xajmini  belgilashda  xal  qiluvchi 

rolni  uynaydi.  Yangi  investitsiyalar  tufayli  bandlikning  usuvchi  qo‘shimcha 

bandlikni  vujudga  keltiradi.  Qo‘shimcha  bandlikning  o‘sish  koeffitsienti 

multipliqator  deb  ataladi.  U  bir  tomondan  investitsiya  o‘sishini,  ikkinchi 

tomondan    bandlik  va  daromadlarning  o‘sishi  o‘rtasidagi  nisbatni  ko‘rsatadi. 

Multipliqator  kuyilgan  investitsiya  qancha  foyda  berish  koeffitsientidir.  Usha 

davrdagi  AQSh  multiplikatori  2,5ga  teng  bo‘lgan,  ya’ni  1dollar  investitsiya 

2,5dollar foyda keltirgan. 

Keyns  g‘oyalarning  davomchilarini,  ya’ni  keynschilarni  uch  oqimga 

ajratish  mumkin.  1.  Ung  va  uta  reaksion  oqim,  agressiv  monopolistlarning 

manfaatini  ximoya  qilgan.  Qurollanish  iqtisodiyotini  fashistik  yo‘l  bilan 

tartibga solishni qo‘llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darxol tarjima qilindi va 

Germaniya  fashistlari  tomonidan  foydalanilgan.  Fransiyada  ham  tartibga 

solinadigan  kapitalizm  tarafdorlari  bo‘lib,  ular  o‘z  nazariyalarini  "Dirijizm" 

deb ataganlar. 

2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo 

kurollanishni inkor etadi. 

3. So‘l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to‘g‘ri taksimlash 

g‘oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi 

J.Robinson xonim kapital jamgarilishi (1956) kitobida bu g‘oya ifoda etilgan. 

Uningcha mexnat unumdorligining o‘sishi bilan ish xaqining oshuvi yaratilgan 

maxsulotlarni  realizatsiya  qilishga  yordam  beradi  va  texnika  tarakkiyoyati 

ragbatlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak. 

Keyns  g‘oyalarining  xozirgi  davrda  rivojlantirilishi  yangicha  keynschilik 

deb ataladi.  Yangi keynschilik  ikki oqimga bo‘linadi: 

1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris); 

2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). 

Birinchi  oqim  tarafdorlari  ortodaksol  keynschilik  deb  ham  ataladi.  Keyns 

koidalari  to‘laligicha  qabul  qilinib,  xansen  tomonidan  stagnatsiya  nazariyasi 

bilan tuldirildi. 

Xansen  kapitalizm  qiyinchiliklari  uning  ichki  qarama-qarshiliklaridan 

emas,  balki  "Tashki  impuls"larning  susayganligidan  deb  biladi.  Davlat 

xarajatlarini o‘stirish va kondirish uchun ish xaqidan olinadigan soliqlarni 25-

30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multipliqator prinsipini 



     

65 


akseleratsiya  prinsipi  bilan  tuldirdilar.  Akselator  investitsiya  o‘sishining 

daromad  o‘sishiga,  ya’ni  investitsiyadan  keyingi  va  undan  oldingi 

daromadlarning  farqlari  nisbati  bilan  aniklanadi.  Multipliqator  va  akselerator  

g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning o‘zluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. 

Uning  asosida  davlat  kapitali  kuyilmalari  yotadi.  Iqtisodiyot  o‘sishi  davrida 

davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inkrozlar davrida esa uni oshirish va 

shu yo‘l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi.  

Evropacha oqim Fransiyada shuxrat kozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, 

P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga 

solishni samarasiz deb xisobladi. 

Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ 

(direktiv  xarakterda  Sobik  SSSRdagi  kabi)  va  indikativ  (xozir  ko‘p  davlatlar 

qo‘llaydigan)    rejalashtirish  ajratiladi.  Keyns  uslubi  iqtisodiy  inkrozlarning 

(1948-49,  1953-54,  1960-61,  1967-68,  1969-71,1974-75,  1981-82)  oldini  ola 

bilmadi. 

Yangi keynschilik urniga postkeynschilik keldi, bo‘lar: ingliz iqtisodchilari 

J.  Robinson,  N.Koldor,  P.Sraffa,  Amerikalik  olimlar  A.Eyxner,  S.  Vayntraub. 

Ular kapitalistik  tizimning ichki turgunlik konsepsiyasini taklif qildilar.  

Ular  keyns  ta’limotini  dinamik,  xarakatchan  nazariya  deb  qaraydilar. 

"Yukori  naf",  ishlab  chiqarish  omillarining  eng  yukori  unumi  nazariyalarini 

tankid  qilish  xarakterlidir.  Ijtimoiy  institutlar  roli  ham  kiritilgan.  Bu  ta’limda 

o‘sish va taksimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va 

o‘sish  sur’atlari  milliy  daromadning  taksimotiga  bog‘liq,  daromad  va  uning 

o‘sishi  esa,  jamgarma,  umumiy  jamgarma  esa,  ish  xaqi  va  foydadan 

jamgarilgan jami summaga teng bo‘ladi. 

Postkeynschilar  kapitalistik  iqtisodiyotni  tartibga  solish  mexanizmini 

yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. 

4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish. 

Marjinalizm  iqtisodiy  ta’limotning  navbatdagi  boskichi  yangi  klassik 

yo‘nalish  bo‘lib,  uning  shakllanishi  ingliz  alfred  Marshall  nomi  bilan  bog‘liq 

(yukorida  berilgan),  shu  yo‘nalish  tarafdorlari  ichida  Amerikalik  J.B.Klark, 

Italiyalik  V.Pareto  g‘oyalarini  ko‘rsatish  mumkin.  Bu  olimlarda  ekonometrik 

usullar yetakchidir. Yukorida dastlabki ikki olim xaqida fikr bildirgan bo‘lsak, 

bu  yerda  Vilfredo  Pareto(1848-1923)ning  iqtisodiy  g‘oyalarini  taxlil  etamiz. 

Uning  asosiy  asoslari:  «Siyosiy  iqtisod  kursi»  (1898),  «Siyosiy  iqtisod 

ta’limoti»  (1906)  va  «Umumiy  sotsialogiya  bo‘yicha  traktat»  (1916).U 

L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning 

asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «Foydalilik» («naf») ni 

miqdoriy ulchashniig yangi usulini taklif etdi, u «Ijtimoiy maksimal foydalilik» 

yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning 



     

66 


turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki 

jilla  bo‘lmasa  yomonlashmasligi  mumkinligini  xisoblash  imkonini  beradi.  Bu 

konsepsiya  foyda  (foydalilik)  ni  maksimum  qilish  uchun  optimal  qaror  qabul 

qilish yo‘lini yaratadi. 

 Neoliberal  yo‘nalish  tarafdori  M.Fridmenning  monetar  konsepsiyasida 

«Ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy 

o‘sishga olib kelishi taxlil etildi. Keynschilik urniga (1970) kelgan bu yo‘nalish 

Buyuk  Britaniya  (Tebcher),  AQSh  (Reygan),  Chili  va  boshqa  mamlakatlar 

rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Xozirgi davrda jaxonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy 

fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. 

Keyingi davrlarda  «Neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning 

muallifi P.Ssamuelson(1915) jaxonga «Ekonomika» darsligi bilan mashxur. Bu 

kitob  1948y.  Yozildi  va  15  martda  qayta  nashr  etilgan.  Bu  asar  uchun  unga 

1970y.  Nobel  mukofoti  laureati  unvoni  berilgan.  Bu  asarda  asosiy  e’tibor 

ommaviy  ishsizlik  va  inflyasiyani  yengish  masalalariga  qaratilgan.  Bu 

qarashlarda  xozirgi  yangi  keynschilik  va  neoliberal  g‘oyalarning  bir-biriga 

ta’siri  (sintezi)  ni  ko‘rish  mumkin.  Umuman,  xozirgi  davrda  barcha  iqtisodiy 

g‘oyalar  o‘rtasida  (toboro  yaqinlashuv  va  bir-biriga  ta’siri)  aralash  g‘oyalar 

kuzatilmoqda.     

Xulosa. 

XX asrda vujudga kelgan va avvalgilaridan ko‘ra ko‘p sohalarda farq 

qiladigan iqtisodiy bilimlar xozirgi zamon nazariyalari xisoblanadi. Ularning 

muxim xususiyatlari shuki, xayot tajribasi asosida muxim yangi xulosalar va 

yangi takliflar yuzaga keldi. Masalan, o‘z davrida faqat sof xoldagi tadqiqotlar 

xaqidagina gap borgan bo‘lsa (erkin bozorda davlat roli deyarli yo‘q, 

buyruqbozlik iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istemol bo‘yicha qarorlar davlat 

tomonidan qabul qilinadi), endilikda odatda "Aralash iqtisodiyot" to‘g‘risida 

gap boradi va bozor munosabatlari saqlangan xolda davlat ham xo‘jalikka turli 

yo‘llar va sabablarga ko‘ra aralashadi. Endigi nazariy xulosalar xayotga tobora 

yaqinlashib bormoqda. 

Xozirgi  zamon  iqtisodiy  bilimlarida  uch  asosiy  yo‘nalish  (yangi  klassik, 

keynschilik  va  institutsional)  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Institutsionalizmda 

sub’ektiv  omillar,  jamiyat  tashqilotlari,  oila,  xuquq,  psixologiya  va  davlat 

tashqilotlari  roli  xal  qiluvchi  qilib  ko‘rsatiladi.  Keyns  ta’limotida  davlat  roli 

kuchayadi,aralash iqtisodiyot tan olinadi, investitsiya roli to‘g‘ri xal etiladi. 

Neoklassik  yo‘nalish  avvlgidek  iqtisodiyotga  davlatning  aralashuvini 

cheklash  tarafdori,  ammo  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozorni  (Oyken,  Relke, 

Ryustov)  qo‘llaydi.  M.Fridmen  iqtisodiyotda  pulning  roliga  yetakchi  o‘rin 

beradi (Monetar siyosat). 



 

     

67 


Nazorat va muloxaza uchun savollar. 

1.  Xozirgi  zamon  iqtisodiy  bilimlarining  nechta  asosiy  yo‘nalishlari 

mavjud? 

2.  Institutsionalizm  asosiy  g‘oyalari  nimalardan  iborat  va  uning  qanday 

oqimlari bor? 

3. Keynschilikning boshqa bilimlardan farqi nima? J.M.Keynsning asosiy 

asari kachon yozilgan? 

4. Multipliqator va akselerator tushunchalari nimani anglatadi? 

5.  Aralash  iqtisodiyot  tushunchasi  nima  va  u  kim  tomonidan  birinchi  bor 

qullanilgan? 

6. Keynschilar fikri bo‘yicha davlat iqtisodiyotda qanday rolni uynaydi? 

7.Neoklassik yo‘nalishning asosiy mohiyati nimalarda ifodalanadi

   


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling