«sanoat marketingi» kafedrasi


  Yangi  iqtisodiy  siyosat,  uning  mazmuni  va  ahamiyati.  Buxoro  va


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana14.04.2020
Hajmi0.62 Mb.
#99239
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi


2.  Yangi  iqtisodiy  siyosat,  uning  mazmuni  va  ahamiyati.  Buxoro  va 

Xorazm respublikalarining (1920-1924) iqtisodiy rivojlanish tajribasi. 

Xarbiy  kommunizm»  siyosati  barbod  bo‘lgach,  yangi  iqtisodiy  siyosatga 

(1921 yil) o‘tildi,bu  aslida kapitalistik munosabatlarga keng imkoniyat berish 

konsepsiyasidan iborat bo‘lib, iqtisodiyotga yangicha qarash, jiddiy va uzoqka 

mo‘ljallangan  konsepsiya  edi.  Uning  asl  mohiyati  shuki,  iqtisodiyotda  erkin 

tadbirkorlik  va  tanlash  imkoni  berildi,  milliylashtirilgan  korxonalar  (ayniqsa 

yengil  va  oziq  -ovqat,  xizmat  tarmoqlari)  denatsionalizatsiya  (davlat 

tasarrufidan  chiqarish  –privatizatsiya)  qilindi,  ya’ni  xususiy  qullarga  berildi, 

xususiy  savdoga  yo‘l  ochildi,  eng  muximi  mexnatkashlar  motivatsiyasini 

(ragbatlantirilishini) buguvchi oziq-ovqat razvertkasi urniga yagona oziq-ovqat 

soligi joriy etildi.  

  Davlat  eng  muxim  tarmoqlarnigina  o‘z  qulida  saklab  qoldi,  xo‘jalikning 

asosiy qismi ishlab chiqaruvchilar quliga utdi. Qishloqda tadbirkor dexqonlar-

quloqlar  faoliyati  kuchaydi,  ularda  tovarlik  ancha  katta  edi.  Ekin  maydonlari 

kengaydi,  ayniqsa  paxta  ekish  kuchaydi.  Sanoat  ishlab  chiqarishi  yo‘lga 

kuyildi, mayda ishlab chiqarish, kustar xunarmandchilik ham avj oldi. 

  Xorazm va Buxoro xalq respublikalari (1920-24 yillar)ning tashqil topishi 

va  iqtisodiy  rivojlanishida  bir  qancha  o‘ziga  xos  xususiyatlar  mavjud.  Bu 

xududlarning avvalo iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan pastrok edi. Bo‘lib 

utgan  inqilob  tufayli  xalq  respublikalari  urnatildi,  utkazilgan  isloxotlar  asosan 



     

77 


xalq demoqratik o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Olib borilgan siyosiy, ijtimoiy 

va  iqtisodiy  siyosat  oxir  oqibatda  sovet  boshqaruv  tizimining  joriy  qilinishiga 

olib kelgan bo‘lsa ham, bu o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan, ob’ektiv sharoitlarni 

xisobga olgan xolda, shoshilmay olib borildi. Inqilobiy usullar urniga isloxotlar 

utqazish usuli ustun edi. 

  Rossiyada  Sho‘rolar  xoqimiyati  urnatilishi  bilan  yangi  sotsialistik 

jamiyatni  ko‘rish  rejalari  belgilandi,  uning  iqtisodiy  poydevorini  yaratish 

ishlari boshlanib ketdi. 

  Buning uchun o‘z davrida uchta asosiy vazifani bajarish zarur deb topildi: 

1.Sanoatni  industrializatsiyalash.2.Qishloq  xo‘jaligini  qollektivizatsiyalash.3. 

Madaniy inqilob. Buning uchun mavjud iqtisodiy ukladlarni tugatish va yangi 

sotsialistik xo‘jalik ukladini yaratish kerak edi. Erkin bozor iqtisodiyoti urniga 

buyruqbozlik iqtisodiyotining yaratilishi zarur bo‘ldi, bunda umumxalq mulki 

yetakchi  o‘rinni  egallaydi,  barcha  ishlar  markazdan  boshqariladigan  kat’iy 

rejalar  asosida  olib  boriladi.  Bozorga  zid  ravishda  xususiy  mulk  (savdo), 

raqobat  tugatildi,  kat’iy  baxo  va  imperativ  rejalar  joriy  etildi,  yakka 

partiyaviylik urnatildi. 

3. Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab o‘tib) sotsialistik jamiyati 

ko‘rish nazariyasi va uning tarixiy taqdiri. 

   O‘z  taraqqiyotida  orqada  qolgan  sobiq  mustamlaka  xalqlarining 

kapitalizmga  qadar  tuzumdan  uni  chetlagan  xolda  yangi  tuzum  tomon 

borishlari uchun moddiy - texnik, sotsial-iqtisodiy va siyosiy sharoit yaratishga 

qaratilgan  inqilobiy  o‘zgarishlar  yo‘li,  nokapitalistik  rivojlanish  konsepsiyasi 

sifatida ilgari surildi. 

  Qoloq xalqlarning kapitalizmni chetlab sotsializmga o‘tishlari ikki asosiy 

xususiyatga ega:  

  1.Sotsializmni  ko‘rib  bo‘lgan  yoki  uni  ko‘rayotgan  xalqlarga  sotsializm 

uchun intilayotgan xalqlarga xar taraflama yordam berishlari kerak. 

  2.Qashshoq  xalqlarning  sotsializm  tomon  borishi  ko‘p  pogonali  bo‘ladi, 

ya’ni bu xalqlar turli boskichlardan utadi. 

  Bu  yerda  gap  markaziy  osiyodagi  davlatlarda  sotsializm  ko‘rish 

masalasidir.bu g‘oya Sho‘ro va jumladan, O‘rta Osiyo va Kozogiston olimlari 

tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. 

   O‘zbekistonda  asta  sekin  avvalo  qishloq  xo‘jaligini,  ayniqsa 

paxtachilikni  tiklash  bo‘yicha  talay  ishlar  amalga  oshirildi,  ekin  maydonlari 

ko‘paytirildi. Yangi sanoat, fabrika-zavodlar ham barpo qilina boshladi. 

  Amalda  nokapitalistik  (kapitalizmni  chetlab)  rivojlanish  yo‘li  o‘zini 

oqlamadi.  1985-1990  yillard  ro‘y  bergan  o‘zgarishlar  tufayli  deyarli  barcha 

sotsialistik  deb  atalgan  davlatlar  bozor  iqtisodiyoti  prinsiplariga,  yangi 

kapitalizmga kaytishga majbur bo‘ldilar. 



     

78 


Asosan  kapitalistik,  ya’ni  bozor  munosabatlarining  yordamida  tiklangan 

xalq xo‘jaligini rivojlantirish notabiiy  yo‘l bilan davom  ettirildi. Iqtisodiyotni 

kat’iy rejalar asosida rivojlantirish ma’qul deb topildi. Asosiy maksad nisbatan 

qolok, asosan, agrar mamlakatda ilgor industrlashgan iqtisodiyotni yaratish edi. 

Buning  uchun  1928  yilda  yillik  rejalar  asosida  ish  yuritildi.  Ilgor 

mamlakatlardan 50, xatto 100 yil orqada bo‘lgan xalq xo‘jaligini kiska (10 yil) 

vaqt  davomida  ilgorlar  qatoriga  yetqazish  yo‘li  to‘tildi.  Bunda  asosiy  e’tibor 

og‘ir  sanoatga  qaratildi.  Unga  eng  ko‘p    investitsiyalar  ajratildi,  oqibatda 

ko‘mir  qazish,  metal  eritish,  elektroenergiya  xosil  qilish  mashinasozlik  va 

boshqa tarmoqlarga ustuvor yo‘nalishi berildi, xalq iste’mol darajasi past qilib 

saqlandi.  Ishchi  kuchlarini  qishloq  xo‘jaligidan  sanoatga  jalb  etish  zarur  edi. 

Ishchilarning iste’molini va sanoatini xomashyo bilan  ta’minlash uchun agrar 

sohani o‘stirish talab etiladi. 

  Rejalashtirilgan  iqtisodiyotga  o‘tilishi  bilan  (1928-29  -  1932-33  yillar 

uchun)  birinchi besh yillik reja qabul qilindi. Bu ikki asosiy o‘zgarishga sabab 

bo‘ldi. 


  Birinchidan  investitsiyalar  va  xarbiy  xarajatlarning  ko‘payishi  tufayli 

iqtisodiyotda  shaxsiy  iste’mol  xissasi  o‘zgardi  (kamaydi).  1928  yil  shaxsiy 

iste’mol  yalpi  milliy  maxsulotning  65%  ini  tashqil  etgan.  Keyingi  50  yil 

davomida bu ko‘rsatkiyach 50% atrofida bo‘lgan, xolos. 

  Ikkinchidan,  qishloq  xo‘jaligi  qollektivlashtirildi.  Yer  to‘g‘risidagi 

dekret,  yer-suv  isloxoti  bo‘yicha  dexqonlarga  bo‘lib  berilgan  yerlar  majburan 

qolxoz  va  sovxozlarga  birlashtirildi,  aslini  olganda  dexqonlar  yerdan,  mol-

mulkidan va asosiy ishlab chiqarish vositalaridan maxrum qilindi.  



4.Iqtisodiyotda  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimining  g‘alabasi.  Bozor 

iqtisodiyotiga muqobil tizim va uning inqirozi. 

  Shu  yillarda  mamlakatda  ma’muriy  buyruqbozlik  tizimi  yuzaga  keldi, 

bozor  iqtisodiyotiga  muqobil  (alternativ)  iqtisodiyotga  o‘tildi.  Sotsialistik 

musobaka bayrogi ostida erkin raqobat tugatildi, xalq ommasining tashabbusi, 

mexnatga bo‘lgan ishtiyok (motivatsiya) bugildi, boqimandalik kayfiyati oshib 

bordi. Bu xolat ayniqsa II jaxon urushi yillarida avj oldi.  

  Urushdan  keyingi  yillarda  rejalashtirish  tizimi  davom  etdi,  bu  davrda 

investitsiyaga  25%  yalpi  milliy  maxsulot  sarflandi.  Xalq  xo‘jaligi, 

paxtachilikni  tiklash  ishlari  avj  oldi.  Bu  ishda  ekstensiv  yo‘l  asosiy  o‘rinni 

egalladi, yangi yerlar ochish, sugorish tarmoqlari ko‘rishga katta e’tibor berildi. 

Orol dengizi xuddi shu davrdan boshlab sayozlasha boshladi.  

  60-yillardan  iqtisodiyotning  o‘sish  sur’atlari  kamaydi.  Iqtisodiyotning 

o‘sish sur’atlari pasayishi sabablari avvalo rejali iqtisodiyotning imkoniyatlari 

cheklanganligi  bilan  izoxlanadi.  Demak,  bu  usul  ma’lum  davrgacha  samara 

bergan bo‘lsa, endi uning aks ta’siri namoyon bo‘la boshladi, yangi sharoitga 


     

79 


moslashuv  ro‘y  bermadi.  «Inkirozga  uchradi»  deyilgan  bozor  iqtisodiyoti  esa 

o‘zgargan  sharoitga  moslashdi,  ya’ni  bozor  iqtisodiyotining  yangi  sharoitga 

adaptatsiyasi yuz berdi va uning yangi rezervlari borligi aniklanadi. 

  Undan tashkari iqtisodiyot sur’atlarining pasayishiga olib kelgan sabablar 

kuyidagilar  bo‘ldi.  1.  Ishchi  kuchlari  sonining  o‘sish  sur’atlari  yiliga  0,5% 

pasaydi. 2. Axolining qishloq joylardan sanoatga o‘tishi yakunlandi, bu jaryon 

ishlab  chiqarish  unumdorligining  oshishiga  sababdir,  chunki  sanoatda  qishloq 

xo‘jaligiga  nisbatan  unumdorlik  baland.  3.  Qishloq  xo‘jaligi  unumdorligi 

usmay kuydi, chetdan oziq -ovqatni import qilishga extiyoj sezildi. 

Nokapitalistik,  sotsialistik  rivojlanish  yo‘li  tarixan  o‘zini  oqlamadi. 

Jaxonning  uchdan  bir  qismini  egallagan  sistemani  qulladi,  bozor  iqtisodiyoti 

yo‘lidan rivojlanish tarixiy zarurat bo‘lib qoldi. 



5.O‘zbekistonning  mustaqil  rivojlanish  yo‘liga  o‘tishi.  Bozor 

munosabatlariga  o‘tish  davrining  tarixiy  zaruriyati.  Boshqariladigan 

ijtimoiy bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlab olinishi va uning xususiyatlari. 

  1991  yilning  31  avgo‘stida  O‘zbekiston  respublikasining  mustaqilligi 

e’lon qilindi. Shu kundan boshlab respubliqaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 

boshqa sohalarida yangi o‘zgarishlar davri boshlandi. 

  O‘zbekistonning  tarixiy,  milliy,  an’anaviy,  demografik  va  boshqa 

xususiyatlarini  xisobga  olib,  respublikamizda  ijtimoiy  jixatdan  yo‘naltirilgan 

bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  mustaqil  jumxuriyatimiz  ichki  siyosatining  negizi 

deb  qabul  qilindi.  Bu    yo‘nalish  o‘z  davrida  nemis  iqtisodchilari  Vilgelm 

Rebke  (1899-1966),  Volter  Oyken  (1891-1950),  Lyudvig  Erxard  (1897-1977) 

lar tomonidan ilgari  surilgan edi.  

  Tulik erkin bozor munosabatlariga o‘tish ma’lum tarakkiyot davrini talab 

etadi,  bu  tarixan  anik  faktdir.  Bozor  munosabatlari  nisbatan  to‘la  amalga 

oshgan davlatlar tarixiga nazar tashlansa, bu davr bir necha asrlardan tortib bir 

necha  un  yillarni  tashqil  etadi.  Masalan,  klassik  bozor  munosabatlari  tarkib 

topgan  Buyuk  Britaniyani  oladigan  bo‘lsak,  unga  deyarli  200  yil,Fransiyaga 

150 yil, Germaniya va  AQShga 50-100 yil vaqt talab etildi. 

  Insoniyatning  tarixiy  rivojlanishi  davomida  iqtisodiyotda  bozor 

munosabatlarining kuyidagi shakllari farqlanadi: 

1.Yovvoyi bozor (dastlabki paytda); 

2.Ma’muriy  -    buyruqbozlik  bozori  (bir  vaqtlar  sobik  sssrda  va 

"sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda); 

3.Boshqariladigan  bozor(xozirgi    deyarli  barcha  rivojlangan  yetakchi 

mamlakatlarda). 

Erkin  bozor    iqtisodiyotiga  o‘tish  uchun  kuyidagi  zarur  shart-sharoitlar 

talab etiladi: 

A) tanlash va tadbirkorlik erkinligi



     

80 


B) baxolarning erkinligi (baxoni talab va taklif asosida bozor belgilaydi); 

V) erkin raqobat (monopologiyaga qarama -qarshi); 

G) mulklarning turli tumanligi va ularning xuquqiy jixatdan qonun oldida 

tengligi (davlat, xususiy, jamoa mulklari...); 

D)  davlatning  iqtisodiyotga  imkoni  boricha  kamroq  aralashuvi  va 

boshqalar. 

        Respublikamizning  bozor  munosabatlariga  o‘tish  konsepsiyasi 

O‘zbekiston respublikasi prezidenti, akademik i.a.Karimovning asarlari, risola 

va  nutklarida  izoxlab  berilgan.    O‘zbekistonning  tarixiy,    milliy,  an’anaviy, 

eqologik  va  boshqa  sohalardagi  tajribalariga  asoslanib,  Respublikada  ijtimoiy  

yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li makbo‘l deb topildi.  Bu o‘tish  

yo‘li  tadrijiy  (evolyusion),  ketma-ket, boskichma-boskich amalga oshiriladi. 

        O‘zbekistonning  bozor  munosabatlariga  tez    va    buxronsiz    o‘tishi 

uchun  qulay  sharoitlar  anchagina.  Bu  avvalo  siyosiy  mustaqillikning 

mavjudligidir;  xalqimizning  boy  tajribasi  va    mexnatkashligi,    intelektual 

boyligi  tufayli    xatto  ma’muriy-buyruqbozlik  davrida  ham  bozorlar  mavjud 

bo‘lgan va asosiy talab-extiyojni kondira olgan. Agar  ishlab chiqarishga ilgor 

texnologiya,    Fan  -  texnika  yutuklari  joriy  etilsa,    boy  moddiy  texnika 

resurslarimiz ishga solinsa,  xalqimiz va davlatimiz tezda  rivojlanib, nisbatan 

kiska  davr  ichida  ilgor  mamlakatlar  qatoriga  kushiladi.  Bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tishning  "O‘zbek  modeli"  konsepsiyasi  O‘zbekiston  respublikasi  prezidenti 

akademik I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. 

Uning besh tamoyili mavjud: 

1.Iqtisodiyotning  siyosatdan    ustuvorligi  va  bunda  iqtisodiyotning 

mafkuradan xoli bo‘lishi. 

2.Davlat bosh isloxotchi. 

3.Qonunning hamma narsadan ustun turishi. 

4.Kuchli ijtimoiy siyosat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor. 

5.Bozorga boskichma-boskich, tadrijiy (evolyusion) yo‘l bilan borish. 

            



 

 

 

Xulosa 

        Jamiyat  rivoji  tarixi  shuni  anik  ko‘rsatadiki,    bir  ijtimoiy    tizimdan 

boshqa    tizimga    kuchish    uchun  ma’lum  o‘tish  davri  ob’ektiv  zaruratdir.bu 

zarurat  eskirgan  xayot  ukladi  urniga  yaratiladigan    yangi    ukladni  vujudga 

keltirishdagi    siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  qiyinchiliklar  bilan  chambarchas 

bog‘liqdir.  O‘zbekiston sharoitida bu o‘tish davri bir necha boskichdan iborat 

bo‘ladi,  xozirgi  vaqtda  birinchi  boskichdan  (1991-94yillar)  ikkinchi 

boskich(1995-1999)    amalga  oshirildi  va  2000yildan  yangi  boskich-

erkinlashtirish davri boshlandi. 


     

81 


        O‘tish davrining davom etish vaqti va boskichlari soni o‘tish davrida 

qullaniladigan  qator  anik  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillar    va    uslublarga 

bog‘liqdir.    Uni  nisbatan  tezroq  va  tufonlarsiz  amalga  oshirish  bosh  vazifa 

xisoblanadi.    O‘zbekistonda  mdx  davlatlari  orasida  birinchilardan  bo‘lib 

mustaqillikning  10 yili davomida muxim yutuklarni qulga kiritdi. 

           



 

Nazorat va muloxaza savollari. 

1.O‘zbekistonda  "sotsialistik"  deb  atalgan  tuzum  davrida  ro‘y  bergan  

iqtisodiy  o‘zgarishlarning  oqibati  qanday  bo‘ldi?    Ma’muriy-buyruqbozlik  va 

rejali iqtisodiyotning yutuk va kamchiliklari nimalarga olib keladi? 

2.Rivojlanish  sur’atlarning  pasayishi,rejali  iqtisodiyot  inkrozi,    siyosiy- 

ijtimoiy va eqologik muammolarning sabablari nima? 

3.Mustaqil  O‘zbekiston  iqtisodiyotida  bozor  munosabatlariga  o‘tishning 

tarixiy zarurati nimalardan kelib chikadi? 

4.Boshqariladigan ijtimoiy bozor konsepsiyasining moxiyati qanday? 

5.Bozorga  o‘tishning  "shok  terapiyasi"  va    tadrijiy    usullari    bir-biridan 

nima bilan farq qiladi? 

ADABIYOT 

         ASOSIY ADABIYOT. 

1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.,O‘zbekiston,1998. 

2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 

3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001. 

 

        QO‘ShIMCHA ADABIYOT. 



1. Tuxliev N. O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyoti.t.,1998. 

2.Tuxliev  N.,  Taksanov  A.  Natsionalnaya  ekonomicheskaya  model 

O‘zbekistana. T., O‘qituvchi, 2000. 

 

U M U M I Y       A D A B I YO T. 

          ASOSIY ADABIYOT. 

1.Karimov I.A. Tarixiy utmishsiz kelajak yo‘q. T., 1998. 

2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. Ma’ruzalar matni.t.,TDIU,2000. 

3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. O‘quv qullanmat.,Fan,2001. 

4.Mayburd Ye.M.Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy misli. M.,1996. 

5.Yadgarov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy.m.,2000. 

6.Razzokov  A.A.      Iqtisodiyot      bo‘yicha      Nobel      mukofoti   

laureatlari.t.,TDIU,1998. 

 

 

 



     

82 


                  QO‘SHIMCHA  ADABIYOT. 

1.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., 1998. 

2.Kur’oni Karim .t.,CHulpon, 1992. 

3.Mor T.Utopiya.M.,1953. 

4.Kampanella T.Gorod Solnsa.M.,1954. 

5.Sotsialno-utopicheskie idei v sredney Azii.t.fan, 1983. 

6.Xayrullaev I.Farabi. T.fan,1975. 

7.Forobiy. Fozil odamlar shaxri.t.,1993. 

8.Ibn Xoldun. Lavxalar. Ijtimoiy fikr.1998,№1, 158-165-betlar. 

9.Yusuf Xos Xojib.Qutadg‘u bilig. T.,1991. 

10.Kaykavus U.Kobusnoma. T.,o‘qituvchi, 1986. 

10.Karimov I.A.O‘zbekiston buyuk kelajak sari.T.,1998. 

11.G‘ulomov  S.  Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyoti.  T.,  mexnat, 

2002. 


        Bu fanni o‘rganish davomida chiqayotgan  yangi  xujjat, kitob, vaqtli 

matbuot materiallariga ham aloxida e’tibor berish tavsiya etiladi. 



     

83 


     

84 


 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling