Sanoat tarmoqlarining 2017-2021 yillardagi rivojlanishining asosiy yo`nalishlari


Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri


Download 25.7 Kb.
bet5/6
Sana22.02.2023
Hajmi25.7 Kb.
#1222696
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
индустриал иқтисод

Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri

Korxona aylanma fondlari va aylanma mablag`lar tushunchalarini, ularning mohiyatini, ahamiyatini va tarkibini ko’rib o’tamiz. SHunga e’tibor berish kerakki, aylanma fondlar va aylanma mablag`lar aynan bir narsa emas. Aylanma fondlar bu ishlab chiqarish jarayonining eng zarur unsuri, mahsulot tannarxining asosiy qismi. Mahsulot birligiga ketadigan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va energiya xarajatlari kam bo’lsa, mehnat qancha kam sarflansa ishlab chiqariladigan mahsulot ham shuncha arzon bo’ladi.


Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish aylanma fondlariga ishlab chiqarish mablag`lari va fondlari o’z qiymatini mahsulotga to’liq o`tkazib yuboradigan mehnat jarayonining moddiy resurslari kiradi. Mehnat jarayonida aylanma mablag`larning moddiy unsurlari o`z natural shaklini va fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgartiradi. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’mol qiymatini yaratish mobaynida o’z qiymatini yo’qotadi. Yangi iste’mol qiymati esa yangi yaratilgan mahsulot ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Aylanma mablag`larga korxonadagi ishlab chiqarish zahiralarini omborxonalarda yoki ishlab chiqarish jarayonining o’zida tashkil etish, ta’minotchilar bilan, byudjet bilan va ish haqi to’lash bo’yicha hisoblashishlar uchun zarur bo’lgan pul mablag`lari kiradi.
Aylanma mablag`larning tarkibi va strukturasi bir-biridan farqlanadi.
Aylanma mablag`larning tarkibi deganda aylanma mablag`larni tashkil etuvchi elementlar yig’indisi tushuniladi. Aylanma mablag`larning ishlab chiqarish aylanma fondlariga va muomala fondlariga bo’linishi ulardan foydalanish xususiyatlarini va ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohalariga taqsimlanishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarishda band bo’lgan aylanma mablag`lar miqdori mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish sikllarining davomiyligi, texnika rivojlanishi darajasi, texnologiyani takomillashtirish va mehnat ni tashkil etish asosida aniqlanadi.
Korxonaning mulki bo’lib, aylanma fondlar va pul shaklidagi muomala fondlari yig’indisi bo’lgan aylanma aktivlar (aylanma mablag`lar) hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat buyumlari, moddiy resurslar ham zarur bo’lib hisoblanadi. Mehnat buyumlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotining qiymatini va iste’mol qiymatini yaratishga qatnashadi. Ishlab chiqarish aylanma fondlarining moddiy unsurlari (mehnat buyumlari) aylanishi mehnat jarayoni va asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan chambarchas bog’liqdir.



Download 25.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling