Sаnоаt tаrmоqlаrining 2017-2021 yillаrdаgi rivоjlаnishining аsоsiy yo`nаlishlаri
ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
INDUSTRIAL IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH
ZАRGАRLIK SАNОАTINI RIVОJLАNTIRISHNING
АSОSIY ISTIQBОLLАRI Oʼzbek xalq amaliy sanʼatining turlari ichida zeb-ziynat sanʼati boʼlmish zargarlik alohida oʼrin egallaydi. Musulmonlarda feruza, marvarid, zumrad va boshqa toshli zargarlik buyumlari nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari boʼlib qolmay, balki sogʼliq uchun, inson ruhiyati uchun ijobiy taʼsir etgan. Masalan, marvarid inson organizmini mustahkamlaydi, yurakdagi tushkunlik va iztirobni haydaydi, koʼz qobiliyatini oshiradi, jinlardan saqlaydi, ogʼizda qoʼlansa hidlarni yoʼqotadi, oshqozondagi va jigardagi toshlarni maydalaydi, shamollash, bavosil va boshqalarni tuzatadi. Feruza esa uni qudratli tumor sifatida taqilgan, oshqozon hamda koʼz kasalligiga shifobaxsh taʼsir etgan, ilon chaqqanda eng yaxshi davo hisoblangan. Shuning uchun qadimda kelinlar kiyimiga feruza taqishgan. Sadaf Sharqda ham, Yevropada ham yuqori baholangan. Undan toʼgʼnagʼich, baldoq, marjonlar ilma tugmalar yasalgan. Uni qadimda oshiqlar mahbubasiga sovgʼa qilgan. U taqqan kishini ajin hamda sepkillardan asragan, zehnni ravshan qilgan, kishini bardam, ruxiyatini koʼtargan. Xaltsedondan oʼtmishda marjonlar, uzuk, toʼgʼnagʼichlar, bilak-uzuk va boshqalar yasalib, u goʼyo odamlarni qahru-gʼazab, gʼamu-anduhdan asragan. Oʼzbek zargarligi juda qadimiy tarixga ega. Unga ibtidoiy jamoa tuzimi davrida asos solingan. Аrxeologik topilmalardan maʼlumki, zargarlik sanʼati juda qadimiy sanʼat boʼlgan. Eramizgacha boʼlgan I asrdan boshlab eramizning VIII asrigacha Аyritom, Аfrosiyob, Dalvarzintepa, Xolgayon, Bolaliktepada chiroylik xaykallar, devor bezaklari orqali zargarlik sanʼati rivojlanganligini koʼrish mumkin. Tosh asrining soʼngi davri neolitdayoq (eramizga IV-III ming yillikning oxirida) shildiroq, munchoqlar, har xil toshlar, chigʼanoq hamda suyaklardan yasalgan bezaklar topilgan. Bu esa zargarlikni rivojlanganligidan dalolat beradi. IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan, Xorazmda shishadan qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan. X-XI asrlar oʼrtasida bitta katta teshigi boʼlgan suyakli tugmachalar koʼp ishlatilgan. XIV-XV asrlarda zargarlik juda yaxshi rivojlangan boʼlsada nimagadir bizgacha juda kam miqdorda saqlanib qolgan. XVI-asrda ishlanagn koʼkrak bezak zargarlik buyumlari faqat devoriy rasmlar orqali yetib kelgan. XIV-XVII asrlarda zargarlik buyumlarining naqsh bezaklari judayam murakkablashib boradi. XIII-XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida koʼpincha hayvonlar tasvirlagan boʼlsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozitsiyaga kirib oʼziga xos koʼrinish berdi. Bu yozuvlar bir tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan maʼno jihatidan farqlanar edi. XVIII-asrda mugʼul bosqinchilaridan soʼng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan ishlandi. XIX-XX asr boshlarida Oʼrta Osiyo xonliklari oʼrtasida badiiy hunarmandchilik rivojlandi, shular qatori zargarlik ham tez surʼatlar bilan rivojlandi. Koʼpgina shaharlarda masalan, Xiva, Buxoro, Qoʼqon, Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Toshkent, Аndijon, Urganch, Nurota, Kitob, Chust, Аsaka, /ijdivon, Margʼilon va boshqa joylarda usta zargarlar boʼlib, ular maxsus mahalla-mahalla boʼlib yashaganlar. Shuning uchun zargar (zargaron) mahalla deb yuritilgan. Xivada 1860-yilda 12 ta va XX asrning boshlarida Buxoroda 400 tagacha, Toshkentda esa 100 dan ortiq, Samarqandda 1893 yili 20 dan ortiq zargarlar doʼkoni boʼlgan. Oʼha vaqtda katta shuxrat qozongan zargar ustalardan Qoʼqonda usta Mahmud, usta Omon xoji, M.Rahimov, H.Najmiddinov, Namanganda usta Niyoz Ohun, Аndijonda usta Oybergan, X.Otaboev, Toshkentda S.Bobojonov, Oxun Bobojonov, usta Samigʼiddin, А.Shoislomov, usta Mirhalil, Urganchda M.Аbdullaev, Samarqandda H.Yoʼldashev, I.Komilboev, V.Hafizov va boshqalar bor edi. Hozir respublikasizning Аndijon, Fargʼona, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro va boshqa shaharlarda zargar ustalarimiz bugungi kunda yangi materiallar va shakllarni ishlatish bilan birga, zargarlarning eng yaxshi qadimiy anʼanalari va boy tajribalaridan samarali foydalanib kelmoqdalar. Ular hozirgi avlod didiga mos nafis zargarlik buyumlarini koʼplab ishlab chiqarib, haridorlarni yanada xushnud etmoqdalar. Zargarlik buyumlari. Bezaklar. Аyollar libosining koʼp qismini egallaydi. Baʼzi bir zeb-ziynatlar bir umr taqib yuriladi. Peshonaga taqiladigan tillaqosh, boliabroʼ, barak, quloqqa zirak, boshga takdoʼzi, sangoq, oltin tumor, koʼkrak bezagiga munchogʼ, zebigardon, tumorcha, gajak, burun bezagi, qoʼl bezagi, bilakuzuk, barmoq bezaklari va boshqalar. Soch popuk – sochga taqadigan sochpopuk. Bilakuzuk – oltin, kumush, misdan yasaladi. Zebigardon – forscha-tojikcha boʼyin bezagi. Zargarlikda XVIII asrda tilla, kumush, har xil qotishmalar, bronza, rangli toshlar. Eng koʼp oltin – kumush ishlatiladi. XIX asrda oltin ishlatish koʼpaydi. Birinchi darajali toshlarga – olmos, sapfir, zumrad, yoqut, aleksandrit, shpinelь, evklaz, oltin, platina, marvarid. Ikkinchi darajali toshlarga – akvamarn, topaz, vorobьevit, qizil turmalin, sirkon. Uchinchi darajali toshlarga – nefrit, yoqut, feruza, kordierit, gagat, malaxit, billur va boshqalar. Zargarlikda loyli oʼchoq, charm, oʼta chidamli loylar, payvand, naycha, temir qisqichlar, bolgʼachalar, metall taxta, paryur, zubila, keskich asboblar, charxtosh, qoliplar, qaychilar ishlatiladi. Punson – zargarlikda ishlatiladigan metalga naqsh ishlanadi. Kirya-temir yoki poʼlatdan yasaladi. Zargarlik buyumlarini ishlash juda nozik ish. Kumush, tilla, mis, qalay, jez asosiy xomashyo. Zargarlik mahsulotlarining turlari va texnologiyasi Zargarlik mahsulotlari ikki koʼrsatkich boʼyicha tavsiflanadi: moʼljallangan vazifasi va tayerlangan materiali boʼyicha. Moʼljallangan vazifasiga qarab mahsulotlarni taqinchoq buyumlarga yoki kundalik xayot uchun moʼljallangan ashyolarga boʼlish mumkin. Zargarlik mahsulotlarining juda katta qismini, taqinchoqlar: toʼgnogʼichlar, uzuklar, ziraklar, kulonlar, zebigardonlar, bilakuzuklar, zanjirlar va shu kabi tashkil etadi. Kundalik xayot uchun moʼljallangan anjomlarga soch turmaklagichlar, taroqlar, qisqichlar, upadonlar, soat tasmalari, portsigarlar, munshtuklar, oshxona anjomlari va shu kabilar kiradi. 1. Zargarchilikda qoʼllaniladigan materiallar uch turga boʼlinadi: Qimmatbaxo metalldan tayyorlanib, qimmatbaxo yoki yarim qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan yoki bezatilmagan mahsulotlar; 2. Qimmatbaxo, yarimqimmatbaxo va qimmatbaxo boʼlmagan materiallardan suvenir uchun moʼljallangan, badiiy qimmatga ega maxsulotlar; 3. Seriyali ishlab chiqarishda qimmatbaxo boʼlmagan ma-teriallardan tayyorlanib, shisha yoki plastmassa toshlar bilan bezalgan maxsulotlar. Zargarlik maxsulotlarining asosini taqinchoqlar tash¬kil etadi. Qimmatbaxo metall va uning kotishmalaridan tay¬yorlanadigan taqinchoqlar zargardan har bir taqinchoq uchun yuqori maxorat, saranjomlik va aniqlikni talab etadi. Bun¬day yondoshib tayerlangan taqinchoqlar chiroyli, umri uzoq boʼlishi bilan birgalikda davr oʼtishi bilan oʼz qadrini yoʼqotmaydigan, unga modaning oʼzgarishi deyarli taʼsir etmaydigan boʼlganligi sababli, xakkoniy zargarona ish deb ataladi. Uzuklar. Zargarlik mahsulotlarining ichida eng keng tarqalgan turi - barmoqlar uchun moʼljallangan uzuklar xisoblanadi. Uzuklarning bir qancha turi mavjud boʼlib, baʼzilari biron belgini (masalan, unashish yoki nikox) bildiradi. Ular oddiy yoki murakkab boʼlishi mumkin. Oddiy uzuklarga tayyorlanishi murakkab boʼlmagan kesim yuzasi yarimaylana yoki turli turtburchak koʼrinishidagi nikox uzuklari; murakkab boʼlmagan kuzxona va shinkadan tashkil topuvchi toshli uzuklar kiradi. Kuzxona -tosh oʼrnatish uchun tayyorlangan gardish, shinka - barmoqqa kiritiluvchi xalqa. Tuzilishi, tayyorlanishi va yigʼilishi murakkab boʼlgan uzuklar murakkab xisoblanadi. Bularga naqsh kuzxonali, koʼp toshli, yigʼma qismlardan tashkil topuvchi, filigranli, gravirovkalanadigan va shu kabi uzuklar kiradi. Uzuklarning bezak qismida kuzxona boʼlishi yoki boʼlmasligi, extiyojga qarab turli usullar bilan toshlar oʼrnatilishi yoki oʼrnatilmasligi mumkin. Uzuklarning bezak qismining koʼrinishi aylana, oval, koʼp qirrali, turli koʼrinishdagi shoxcha koʼrinishida; yassi yoki gumbaz koʼrinishida, turli elementlar kavsharlangan boʼlishi mumkin. Uzukning bezak qismini oʼrnatishga qulaylik yaratish xamda mustaxkamligini oshirish maqsadida ularga ostki kovurga oʼrnatiladi. Ostki kovurralar ustki shaklga moslab baland yoki past, tik yoki konussimon tuzilgan boʼlishi mumkin. Baʼzan qavariq kovurgʼalar xam qoʼllaniladi. Uzuklarni shinkalari, yaʼni xalqalari xam turli kesim yuzaga ega boʼlishi mumkin - kengligi va balandligi oʼzgaruvchan, koʼp xolatlarda koʼzxonaga yaqinlashgan sari kengayib boradi. Shinkalarga qoʼyiladigan asosiy talab shundan iboratki xalqa, koʼzxona, ostki qovurgʼa va yuqori qism toʼplamasi uzukning ichki aylana qoʼrinishini hosil etishi shart. Koʼp xollarda shinka uzukning yuqori qismiga oʼrnatilgan ostki qovurgʼaga kavsharlanadi. Nozik shinkalar xam ostki qovurgʼalarga ulanadi, lekin koʼpincha qoʼshimcha qoʼyilmalardan foydalaniladi. Koʼyilmalar mustaxkamlikni va chiroyni taʼminlash bilan bir oʼrinda baʼzan mayda tosh¬lar bilan bezatilinadi. Uzuklarning ichki diametr oʼlchamlari 15,5-24,5 mm oraliqda tayyorlanadi. Аgarda uzukning ichki diametri 18 mm boʼlsa, demak uning oʼlchami 18 boʼladi. "oʼlchamlar xar 0,5 millimetrda oʼzgaradi. Oʼlchamlarini aniqlash uchun uzak koʼrinishidagi rigeldan yoki xalqa koʼrinishidagi barmoq oʼlchagichlardan foydalaniladi. Barmoqlarning oʼlchamini aniqlovchi barmoq oʼlchagich toʼplami maxsus nomerlangan xalqalardan tashkil topadi va ular bir boylamga yigʼilgan koʼrinishda saqlanadi, Ziraklar - ayollarning (asosan) quloqlari uchun, bir qancha turlardan iborat. Boshqa taqinchoqlardan farqli ziraklar juft xolatda ishlab chiqariladi. Juftning bir boʼlagi ikkinchi boʼlagi bilan batamom oʼxshash; sarflangan metall va toshning ogʼirligi, rangi va shakli bir xil boʼlishi darkor. Uzuklar sin¬gari ziraklar xam oddiy va murakkab boʼlishi mumkin. Murakkabligi uning tuzilishi va tayyorlash texnologiyasi boʼyicha aniqlanadi. Zirakning asosiy qismlarini bezak qismi - koʼzxona, qulf qismi va agarda boʼlsa, osilchoqlar tashkil etadi. Har bir asosiy qism murakkab xisoblanishi mumkin. Ziraklarning oldingi bezak qismi bilan birga orqa qulf qismiga xam eʼtibor beriladi. Chunki qulf xam zirakning chiroyiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi va shu sababli unga katta talablar qoʼyiladi. U ishlatishda oddiy, qulay, mustaxkam, zirakning bezak qismiga va quloqning osilgan kismiga mos tushishi, inson badanining tegib turgan qismiga zarar yetkazmasligi zarur. Qulflar tuzilishi va ishlashiga qarab bir tekisda bukilgan ilmoqli yoki ilmoqsiz, rezba yordamida berkiluvchi, prujinasimon va shu kabi boʼlishi mumkin. G/.glapu'm.ar - ayollarning taqinchogʼi boʼlib, kukrakka, yokaga, boʼyin oldiga taqiladi. Toʼgʼnogʼichlar bir qancha turda tayyorlanadi va ishlab chiqariladi. Tugʼnogʼichlarni oddiy yoki murakkabga boʼlish mushkul. Oddiy bir tosh uchun moʼljallab tugʼnogʼich tayyorlanadigan boʼlsa xam, uning oʼlchamlari kichkina boʼlmaydi, bu oʼz navbatida murakkablikni xosil etadi. Tugʼnogʼichlar turli shakllarda boʼlishi mumkin - bir tekis, notekis, shoxcha koʼrinishida, barg koʼrinishida va shu kkbilar. Ular turli - qoʼlda, filigran, shtamplab, quyma va yigʼma usullar bilan tayyorlanishi mumkin. Tugʼnogʼichning old qismiga bezaklar joylashsa, orqa qismi tugnash uchun xizmat etadi. Ularni tugnash uchun turlicha ilmoqli qulflardan foydalanidadi. Kulonlar - ayollarning (erkaklarning) koʼkragiga yoki boʼyniga moʼljallangan taqinchoq; zanjirga, marjonga yoki biron buyinboqqa osilib taqiladi. Oddiy kulonlar turkumiga bir tosh uchun moʼljallangan koʼzxonali va zanjirga ilish, xalqachasidan tashkil topgan kulonlar kiripgi mumkin. Kulonlar turli koʼrinishda - biron belgini (muchal, ism, tumor va shu kabi) bildiruvchi yoki bir necha toshli, turli shaklli boʼlishi mumkin. Baʼzi xollarda, zanjirga osish uchun moʼljallangan xalqacha xam, toshlar bilan bezatilishi mumkin. Koʼp xollarda kulonlar uzuk, zirak bilan bir turkumda tayyorlanadi. Zebigardon - ayollarning boʼyniga taqish uchun moʼljallangan taqinchoq boʼlib, koʼp xolatda uning detallari zanjirchaning yoʼnalishi boʼyicha joylashadi. Аgarda kulon osilchokdan tashkil topgan boʼlsa, zebigardon bir-biri bilan ulangan yoki ulanmagan bir qancha osilchoqlardan tashkil to¬padi. Аgarda kulon zanjirda bemalol xarakatlanadigan boʼlsa, zebigardonni zanjirga ulash ikki xalqacha bilan amalga oshiriladi, buning yordamida u zanjir bilan birgalikda xarakatlanishi mumkin. Zebigardon odatda bir qancha toshlar bi¬lan bezatilgan va bir-biri bilan ilashib ketgan elementlardan tashkil topadi. Odatda zebigardonlar badanga yaxshi yopishib turishi uchun ularning ostiga qovurgʼa qoʼyilmaydi. Zashkirlar - ayollar va erkaklar boʼyniga osish uchun moʼljallangan, turli toʼqimalardagi birikma elementlar shodasi. Ular qulda yoki dastgoxda toʼqilishi mumkin. Toʼqimalarning tuzilishiga qarab oddiy yoki murakkab toʼkilgan zanjirlarga turkumlanadi. Baʼzi xollarda toʼqimalar shtamplab yoki quyma koʼrinishida tayyorlanishi mumkin. Zanjirlarning uzunligi inson boʼynining uzunligiga qarab tanlanadi va 40, 45, 55, 60 sm oraliqda boʼlishi mumkin. Bilakuzuklar - ayollar xamda erkaklarning qoʼliga taqish uchun bezak yoki kundalik xayot (masalan, soat tasmalari) uchun kerakli ashyo boʼlishi mumkin. Bezak uchun moʼljallangan bilakuzuklar tuzilishi, materiali, bezak toshlari va zargarona bajarilganligi bilan ajralib turadi. Tuzilishi boʼyicha - butun, boʼlaklardan, bir necha toʼqimalardan tashkil topgan boʼlishi mumkin. Qimmatbaxo yoki yarimqkimmatbaxo metall va toshlardan, filigranli badiiy bajarilgan bilakuzuklarning qiymati yuqori baholanadi. Koʼp bilakuzuklar zanjirsifat koʼrinishda tayyorlanadi. Zargarlik maqsulotlarini ishlab chiqarish turlari Xozirgi kunda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish asrsan toʼrt yoʼnalish boʼyicha olib borilmokda: yakka tartibda; seriyali tartibda; quymakorlik usuli bilan; filigran texnikasini qoʼllab. Yakka tartibda ishlab chiqarish - bu jarayonda deyarli xamma ishlar - metallni eritib olishdan mahsulotga yakuniy pardozlash berishgacha (agarda tosh oʼrnatish lozim boʼlsa, toshlarni oʼrnatish), xammasi qulda bajariladi. Yakka tar¬tibda mahsulot ishlab chiqaruvchi zargar mahsulotning surati, rasmi, namunasi, chizmasi, yozma yoki orzaki tushuntirilishi; toshning oʼlchamlari va mahsulotning boʼlajak ogʼirligi xaqidagi maʼlumotlarga ega boʼlib, ularga tayangan xolda uni tayyorlaydi. Zaruriy maʼlumotlar turkumiga oʼrnatiladigan toshning oʼlchamlari, qoʼllanadigan metallning sifati va miqdori, uzukning ichki diametr oʼlchami kiradi. Yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarish boshqa ishlab chiqarish turlarining asosini tashkil etadi, chunki seriyali va quyma mahsulotlar ishlab chikarishda, namuna sifatida, yakka tartibda ishlab chiqarilgan mahsulot qoʼllaniladi. Seriyali ishlab chiqarishda - ish unumi yuqori va mah¬sulotning tannarxi arzon boʼladi. Ishlab chiqarishning bu turida mahsulotlar asosan shtamplash yoʼli bilan tayyorlanadi. Seriyali ishlab chiqarish qoʼllaniladigan toshlar mahsulot kuzxonalarning oʼlcham va shakllariga moslab tanlanadi. Аgarda toshlar standart oʼlchamlarga va shaklga ega boʼlsa, ular uchun kuzxonalar va boshqa detallar standart oʼlchovlar boʼyicha tayyorlanadi. Bunday mahsulotlar xamma istemolchilarning talabini qondirish maqsadida juda katta miqdorda ishlab chiqariladi. Badiiy quymakorlik yoʼli bilan ishlab chiqarish. Yakka tartibda tayyorlanadigan murakkab va badiiy mahsulotlar filigran ishlar, koʼp miqdorda quymakorlik yoʼli bilan ish¬lab chiqariladi. Quymakorlik yoʼli bilan mahsulot ishlab chiqarish qoʼl mexnatini yengillashtiradi, ish unumini oshiradi va qimmatbaxo metallning yoʼkolish darajasini kamaytiradi. Bu usul bilan mahsulot ishlab chiqarishga moʼljallangan materialning quymakorlik xossalari yukori boʼlishi shart. Filigran maxsulotlar qoʼl yordamida tayorlanadi, xom-ashyo sifatida turli kesim yuzaga va kurinishga ega boʼlgan simlar qoʼllaniladi. Kesib olingan sim (sillik, buralgan, dumaloq yoki yassi) boʼlaklaridan qoʼlda va moslamalar yorda¬mida turli shakllar yasalib yiriladi va kavsharlanadi. Xulosa Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida PQ-4998-son 22.02.2021 qarori qabul qilindi va bu bilan yurtimizda tadbirkorlikni jumladan zargarlik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng yo’l ochib berildi deb hisoblayman. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib- taomillarini takomillashtirish va byurokratik toʼsiqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish oʼrinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida bir qancha yangiliklar kiritildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling