Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnoma tuzish reja: Sanoat namunalari. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari


Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi


Download 7.05 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi7.05 Kb.
#1326971
1   2
Bog'liq
Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnoma tuzish-fayllar.org

Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi
Sanoat namunasiga O’zbekiston Respublikasining patenti berish uchun talabnoma quyidagilardan iborat bo’lishi kerak.
-Patent yoki dastlabki patent berish to’g’risida belgilangan shaklda tuzilgan ariza, u sanoat namunasi muallifi (mualliflari), patent kim (kimlar)ning nomiga berilishi so’rayotgan bo’lsa, o’sha shaxs (shaxslar) va talabnoma beruvchi to’g’risidagi talab etiladigan ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
-Buyum, maket yoki rasmni aks ettiruvchi fotosuratlar to’plami, ular buyumning huquqiy muhofaza hajmini belgilab beruvchi muhim belgilar majmuini aniqlash imkonini beradigan tashqi ko’rinishi to’g’risidagi mufassal tasavvur hosil qiladi.
-Buyum tashqi ko’rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfekstion kartasi, agar ular sanoat namunasi mohiyatini ochib berish uchun zarur bo’lsa.
-Sanoat namumasining tavsifi, u fotosuratlarda aks ettirilgan buyumning tashqi ko’rinishini so’zlar vositasida ochib berishi va uning muhim belgilari majmuini o’z ichiga olishi kerak.
Talabnomaga berilgan miqdorda boj to’laganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi zarur.
Qonun talablariga muvofiq har bir talabnoma bitta sanoat namunasiga tegishli bo’lishi va bu namunaning variantlarini o’z ichiga olishi mumkin (sanoat namunasining birligi talablari). Bunda bitta sanoat namunasi deyilganda yagona bir buyumning badiiy-konstruktorlik echimi, vazifalari umumiy bo’lgan buyumlar majmui (masalan, mebel garnituri, serviz va boshqalar) tushuniladi.
Yagona bir buyum deyilganda birorta butun buyum (masalan, avtomobil), hamda uning bir qismini tashkil etuvchi buyum (masalan, bamper, fara va boshqalar) tushuniladi.
1. Buyum, maket, rasm fotosuratlari to’plami.
Buyumning tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi fotosuratlar talabnoma berilgan sanoat namunasi to’g’risidagi tasviriy axborotni o’z ichiga olgan asosiy hujjatdir.
Sanoat namunasining tavsifi.
Sanoat namunasining tavsifi quyidagicha tuzilishi kerak:

  • Sanoat namunasining nomi.

  • Vazifasi va qo’llanish sohasi.

  • Sanoat namunasining alaloglari.

  • sanoat namunasini tasvirlovchi fotosuratlar va boshqa taqdim etiladigan materiallar ro’yxati.

  • Sanoat namunasining mohiyati.

  • sanoat namunasini ko’p marta qayta ishlab chiqarish imkoniyati.

  • Sanoat namunasining muhim belgilari (alomatlari) ro’yxati.

Qonunga muvofiq quyidagi belgilar tovar belgisi sifatida ro’yxatga olinishi mumkin:



  • So’zlar yoki harflar birikmasidan iborat bo’lgan so’z bilan ifodalanadigan belgilar;

  • Tasviriy belgilar–liniyalar kompozistiyasi, istalgan shakldagi figuralarning tekislikdagi soyasi shaklidagi;

  • Hajmiy belgilar – uch o’lchamli fazodagi figuralar (liniyalar) yoki ularning kompozistiyasi shaklidagi;

  • aralash–tasviriy, so’zli, hajmiy harakterdagi elementlarning kombinastiyasidan iborat va hokazo.

Tovar belgisi istalgan rangda yoki ranglar birligida ro’yxatga olinishi mumkin.


Shu bilan birga qonun bilan u yoki bu belgilarni tovar belgilari sifatida ro’yxatga olish imkonini bermaydigan muayyan cheklashlar belgilangan. Qonun tovar belgisini ro’yxatga olishni rad etish uchun mutlaq va boshqa asoslarni belgilab beradi.
Masalan, faqat quyidagi belgilardan iborat tovar belgisi ro’yxatga olish uchun taqdim etilgan hollar ro’yxatga olishni rad etish uchun mutlaq asos hisoblanadi:
Farq qiluvchi xususiyatlari bo’lmagan. Bunday belgilarga xususan quyidagilar kirish mumkin:

  • o’ziga xos grafik ijroga ega bo’lmagan ayrim harf, raqamlardan iborat bo’lmagan belgilar, biror-bir mazmunni ifodalamaydigan harflar birikmasi, kompozistiya hosil qilmaydigan chiziqlar va oddiy geometrik shakllar va boshqalar;

  • tovarlarni belgilash uchun tovar belgisi sifatida ro’yxatga olishga talabnoma berilgan tovarlarning haqiqiy va sxematik tasvirlari

  • shaklni faqat ishlatish maqsadlaridan kelib chiqqan uch o’lchamli ob’ektlar;

  • odatda tovarlarning oddiy umum qabul qilingan nomlari, tashkilotlar, korxonalar, tarmoqlarining qabul qilingan qisqartma nomlari va abbreviaturalari.


http://fayllar.org
Download 7.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling