Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
MA’MURIY (ADMINISTRATIV) IDORA XONALARI VA UMUMIY TASHKILOTLAR
Download 0.93 Mb.
|
Kurs loyiha payasnitel
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAVFSIZLIK TEXNIKASI
MA’MURIY (ADMINISTRATIV) IDORA XONALARI VA UMUMIY TASHKILOTLAR
Ma’muriy idora xonalarining maydoni 12-18 m2 bo‘lib, xonalar soni 4-5 ta olinadi. Madaniy-ommaviy xizmat xonalari quyidagicha olinadi: Majlislar zali- agar smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 100 tagacha bo‘lsa, har bir o‘rin uchun 1,2 m2 ; 100 tadan ko‘p bo‘lsa, har bir o‘rin uchun 0,9 m2 olinadi. Ma’muriy- idora, kasaba uyushmasi xonalari -12m2 dan bo‘lib, xonalar soni 3 tagacha olinishi mumkin. Ma’muriy - idora xonalari va umumiy tashkilot xonalari tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanadi. MMB HISOBI Umumiy ishchilar soni 100 kishi shundan 10% i ayyollar, 90 ta erkaklar tashkil etadi. 10 ta ayyollarni, ikki smena deb olamiz. Bir smenadagi ishchilarning 70% kishi. MMB binosida har bir ayol ishchi uchun 1 tadan gardirof 7 ta, dushlar 2 ta, bet-qo‘l yuvadigan xonalar 2 ta, xojathonalar 2 ta, oshxona tibbiyot xonasi, ma’muriy idoralar xonalari yana 8 ta erkaklar xojatxonasi, 8 ta erkaklar dushi, 8 ta bet qo‘l yuvish xonasi, majlislar zali, va qolgan maydonlar zinalar, karidorlar umumiy maydonning 15% ini tashkil qiladi. Umumiy maydon ---492--- XAVFSIZLIK TEXNIKASI Qurilish montaj ishlarini olib borish SNIP III-4-80 «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» norma va qoidalariga asosan olib borilishi zarur. - montaj ishlari bajarilayotgan zonada boshqa ishlar olib borilishi kat’iyan man qilinadi va begona shaxslarni kirishi taqiqlanadi, - yuk ko‘taruvchi, ilib ko‘taruvchi moslamalari texnik nazoratidan o‘tgan bo‘lishi va sinash birikmasi bo‘lishi shart. Ilish uchun maxsus ilgich bo‘lmagan tuzilmalarni ko‘tarib montaj qilish taqiqlanadi. - tuzilma o‘rnatish joyiga kran yordamida uzatib berilayotganda tebratishdan saqlash uchun arqonda ushlab beriladi. - montaj ishlari yuqorida boshqariladigan ishlarda maxsus ruxsati yuk ishchilar qo‘yilmaydi. - tanaffus paytida yoki ishdan so‘ng kran strelasiga tuzilmani ilib qoldirish man qilinadi. XULOSA Men “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining topshirig‘iga asosan “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanidan kurs loyihasi sifatida Andijon viloyati Uysozlik kombinatini binosini loyixalash vazifa qilib berilgan. Mazkur kurs loyiha ishini bajarish jarayonida o‘qish davrida olgan nazariy bilimlarimni boyitib yanada mustahkamladim. Olgan bilimlarimga tayangan holda konkret mavzudagi loyihani quruvchi-muhandis sifatida amalga oshirishni o‘rgandim. O‘zbekiston Respublikasining o‘zgaruvchan iqlim sharoitini hisobga olish, deyarli barcha hududlari zilzilali tumanlarda joylashganligi uchun binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun men ham o‘z loyihamda binoning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy konstruktiv chora-tadbirlarni hisobga olishga va kontinental iqlim sharoitiga mos bo‘lishiga harakat qildim. Hozirgi davrda kishilarning talab va ehtiyojlari oshib bormoqda. Yangidan- yangi ko‘rinishdagi, uslubdagi zamonaviy sanoat binolarini loyihalash va qurishda imkoni boricha unda maksimal qulayliklarni yaratish talab etiladi. Shunga asosan loyihada yog‘ochni qayta ishlovchi, zamonaviy ko‘rinishdagi zavodni loyihaladim. Loyihalanayotgan binoda ikkita prolyot usti yopiq va bir-biriga bog‘langan ko‘rinishda loyihalangan bo‘lib, binoning yoritilish va shamollatish tizimini yaxshilash maqsadida bino uzunligi bo‘yicha fonarlar loyihalangan. Qolaversa binoning old va orqa tomonlarida lentasimon derazalar hamda xodimlar va transport vositalari harakati uchun ikkitadan darvozalar joylashtirilgan. Yana bir prolyot esa tayyor mahsulotlarni ortish maqsadida loyihalangan. Shuningdek bosh rejaga asosan zavod hududida ishchi xodimlar uchun ma’muriy-maishiy bino, dam olishlari uchun besedkalar, transport vositalari uchun garaj va boshqa binolarning qurilishi ko‘zda tutilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling