Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
GAZ SANOATI
Sanoatning bu tarmog’i asosan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Tabiiy gaz hozir jahonda 60 dan ortiq davlatlarda qazib olinadi. Ammo yiliga 50 mlrd m3 gaz qazib oladigan davlatlar faqat Rossiya, AQSH, Niderlandiya va Kanada hisoblanadi. Gaz sanoatining asosiy hususiyati shundan iboratki, u qazib olingan davlatda ishlatiladi, ya’ni kam eksport qilinadi. Gaz sanoati gazni qazib olish, qayta ishlash va uni iste’molchiga yetkazish tarmoqlaridan iborat. Gaz yoqilg’ining eng arzon turi. Gaz sanoatda ham, aholining ro’zg’orida ham ishlatiladi. Gaz tutun chiqarmaydigan yoqilg’i, u batamom yonib tugaydi va atmosferani iflos qiladigan chiqindilar ajratib chiqarmaydi. Gaz qazib olish tan narxi ko’mir tan narxidan 10—12 marta 44 pastdir. Ayni vaqtda, gaz arzon kimyo xom ashyosi hisoblanadi. Gaz iste’molchilarga quvurlar orqali yoki suyultirilgan holda jo’natiladi. TORF SANOATI Torf qazib olish, uni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berishdan iborat. Torf o’simliklarni chala parchalanishi natijasida botqoqlarda kislorod miqdori kam bo’lgan sharoitda hosil bo’ladigan tog’ jinsi. Tabiiy holda juda katta namlikka ega (88—94 foiz). Torf konlari asosan tekisliklarda ko’proq tarqalgan. Torf yoqilg’i maqsadlarida, qishloq xo’jaligida, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Kelajakda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish ko’zda tutilmoqda. Jahondagi torf konlari zaxiralarining 2/3 qismi Rossiyaga to’g’ri keladi (138 mlrd tonna quruq torf) va asosan igna bargli o’rmonlar xududida tarqalgan. Torf konlari zaxirasining qolgan 1/3 qismi Skandinaviya davlatlariga, Polsha, Germaniya, Irlandiya, Kanada, Indoneziya, Estoniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarga to’gri keladi. Torfning issiqlik berish koeffisienti 3000—4000 kaloriya. Agar torfni koksga aylantirilsa, yoki undan briketlar tayyorlansa, yoqilg’ining sifati oshadi. Uni gazga aylantirish ham mumkin. Torfdan olinadigan gaz sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, oynasozlik va boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Bir tonna torfdan olingan gaz 220 kg neftga tengdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling