Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki ХIL variantini qo’llaydilar


Katalitik riformingni sanoat qurilmalari


Download 0.97 Mb.
bet4/8
Sana14.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1001281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.katalitik riforming qurilmasi quvurli pechini hisoblash

Katalitik riformingni sanoat qurilmalari
Riformingning sanoat qurilmalarini qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat qiluvchi qatlamli bo’lish mumkin. Bularning orasida qurilmalarning oraliq turi mavjud bo’lib bunda qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmaga qo’shib katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (dualforming) bo’lgan yangi reaktorni yoki katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (oktanayzing) ni quriladi.
Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida VNIIN nefteхim instituti teхnologiyasi va Lengipronefteхimiya loyihasi bo’yicha qurilgan qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmalari hamda UOP va “Axens” kompaniyalarining lisenziyasi bo’yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan katalizatorli ХK,K qurilmalari loyihalashtirilayapti va qurilmoqda.
Axens” kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha asosan dualforming va oktanayzing qurilmalari kurilayati. Riformingni birinchi sanoat qurilmasi AQSH da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 yilda qurilgan.
Katalitik riforming o’tkazishni ikki usuli keng tarqalgan:

  1. qo’zg’almas katalizator qatlamida boruvchi riforming;

  2. uzluksiz qayta tiklanuvchi qo’zg’aluvchan katalizator qatlamida boruvchi riforming.

Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming jarayoni tavsifi
Qurilma quyidagi bloklardan tuzilgan: xom ashyoni gidrotozalash, tsirkulyatsiyalanuvchi gazni tozalash, katalitik riforming, gazlarni separatsiyalash va benzinni barqarorlashtirish.
Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming texnologik sxemasi quyidagi 16-rasmda keltirilgan.
Xom ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan sirkulyatsiyalangan vodorod saqlovchi gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16- pechning aloqida bo`limida qizdiriladi (4250C gacha) va 15- gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi alyumokobal'tmolibdenli katalizator ishtirokida oltingugurtli birikmalar buzilib, so`ngra vodorod sul'fid qolatida chiqariladi. Shuningdek bir vaqtda xom ashyo azotli va kislorodli birikmalardan tozalash jarayoni boradi.
Bug’-gazli aralashma 15-reaktordan pastki qismidan chiqarilib, 10qaynatkich va 14-sovutkichda sovitiladi va 350C harorat bilan 8-gazseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va sirkulyatsiyalanuvchi gazga ajratiladi. Gaz 2- absorber pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sul'fiddan tozalash uchun kiritiladi, so`ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha sirkulyatsiyalanuvchi gaz 1- kompressor yordamida 5,0 MPa bosimgacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi.
Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 9-issiqlik almashtirgichda sovitiladi va 7- buqlatuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi vodorod sul'fid, uglevodorod gazlari va suv buqi 6-sovutkichda sovitiladi va 4separatorga yuboriladi. Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yiqib olinadi va 7- buqlatuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sul'fid va uglevodorod gazlari monoetanolamin (MEA) yordamida tozalash uchun 3kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi buqlar 27- fraksiyalovchi absorberga yuboriladi.
Gidrogenizat 7- buqlatuvchi kolonna pastki qismidan chiqariladi va 10- qaynatkich va 9-issiqlik almashtirgichdan so`ng 13-nasos orqali platforming blokiga yuboriladi. Gaz mahsulotli aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, keyin 16-pechda va 500-5200C haroratda 19reaktorga kiritiladi. Aralashma 18 va 17- reaktorlardan ketma ketlikda o`tib, qar bir reaktordan so`ng 16-pechda qizdiriladi. Va niqoyat, oxirgi 17- reaktordan keyin gazmahsulotli aralashma 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutkichda 300C gacha sovitiladi va 22- yuqori bosimli separator (3,2-3,6 MPa) ga katalizatdan sirkulyatsiyalanuvchi gazni ajratish uchun kiritiladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5MPa bosim ostida 24-kompressor yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa - gidrotozalash tizimiga. Beqaror katalizat 22-separatordan 23-past bosimli separator (1,9 MPa) ga kiritiladi. Katalizatdan ajraluvchi uglevodorodli gaz separator yuqori qismidan chiqarilib, 27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalash-dagi uglevodorod gazlari bilan aralashtiriladi.

Shu absorberga 23- past bosimli separatordan suyuq faza 25-nasos orqali beriladi. Absorbent sifatida barqaror katalizat(benzin) xizmat qiladi. Absorber 27 da 1,4 MPa bosimda yuqori qismidagi harorat 400C pastki qismida 1650C da quruq gaz ajratiladi.
Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-issiqlik almashtirgich orqali 34kolonnaga beriladi va u yerda barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34 - jiqozlarning pastki qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiyalanib turadi. Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jiqozda sovitiladi va 33-yiqgichga kiritiladi, u yerdan 35-nasos orqali kolonnaga "sovuq quyilish" hosil qilish uchun qaytariladi, ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonna 34 ni pastki qismidagi barqaror benzin 31 va 30-issiqlik almashtirgichlarda sovitilgandan keyin 29-nasos orqali 27-fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Qurilma ish rejimi:
Harorat, 0C................................................................................................480-520
Bosim, MPa.......................................................................................................3-4
Xom ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat-1.................................................1,5-2,0
Sirkulyatsiyalanuvchi vodorodsaqlovchi gazning xom ashyoga
nisbatan karrasi……………………………………………………………..1500
Bosqichlar bo`yicha katalizator tarqatilishi..................................................1: 2 :4 Izomerlash jarayoni mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi. Harakatchan qatlamli katalitik riforming
CCR– riforming (Continuosis catalytic reforming) nomini olgan 17rasmda keltirilgan VOP kompaniyasining harakat qiladigan qatlami bo’lgan katalizatorli riforming qurilmasining teхnologik sхemasi keltirilgan. Ishchi bosimning хom ashyo o’zgarishi chuqurligining oshishi bilan bir vaqtda pasayishi holida bu teхnologik sхema eng tejamlidir. Birinchi qurilma AQSHda 1971 yilda ishga tushirilgan edi.
Aylanib turadigan vodorod saqlagan gaz bilan aralashtirilgan, issiqlik almashtirgich 13 va ko’p seksiyali pech 8 da isitilgan хom ashyo birin-ketin reaktor 1-3 larda va o’sha pechning qolgan ikkita seksiyasidan o’tadi. Uchta reaktor bir-birining ustida joylashgan va bir-biri bilan kichik diametrli naylarning sistemasi bilan bog’langan. Diametri 1,6 mm bo’lgan sharikli katalizator reaktordan reaktorga og’irlik kuchi ta`sirida erkin oqib o’tadi. Uchinchi reaktordan sharli klapanli katalizator zanjirlar sistemasidan o’tib regenerator 4 ga kelib tushadi u yerda katalizator yuzasidagi koks kuydiriladi.
Regenerator uchta teхnologik zonaga ajratilgan reaksion gazlarning radial oqimi bo’lgan apparatdan iborat. YUqori zonada kislorodning molli miqdori 1
% dan kam bo’lmaganda koksning kuydirilishini olib boradilar, o’rtadagi zonada kislorodning miqdori 10-20 % va хlororganiq moddalarni berib turganda katalizator metallarining dispergirlash uchun katalizatorning oksidlovchi хlorlanishi o’tkaziladi. Pastki zonada metallarni qaytarish uchun katalizatorni quruq havo oqimida qo’shimcha qizdiradilar. Zonalar bir-biridan gidravlik ajratilgan. Gaz mahsulotli aralashma yuqori va past bosimi separator 5,6 lardan, barqarorlashtir ustuni 7 dan o’tadi so’ngra riformat tovarli benzinni tayyorlash uchun yuboriladi. Ustun 7 ning ustidan gaz suyuqli aralashmani chiqarib havoli sovutish apparati 21 da sovutadilar so’ngra separator 17 da quruq va suyuqlantirgan gazga ajratadilar. Quruq gazni yonilg’i tarmog’iga chiqaradilar, suyuqlantirganini qisman ustun 14 ga qaytarib yuboradilar, balans miqdorini esa tovar parkiga yuboradilar.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling