Sanoatda raqobatbardoshlik


Download 30.36 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi30.36 Kb.
#1375561
Bog'liq
Sanoatda raqobatbardoshlik


SANOATDA RAQOBATBARDOSHLIK
“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisoboti natijalari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO, Avstriya) tomonidan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” navbatdagi hisoboti e’lon qilindi.
Hisobotda O‘zbekiston 154 ta mamlakatlar orasida 0,017 ball bilan 89-o‘rinni egallagan va so‘nggi hisobotga ko‘ra reytingda 5 pog‘onaga ko‘tarilib, bu indeks metodologiyasiga muvofiq, sanoat rivojlanishining o‘rta kvintiliga ega mamlakatlar toifasiga o‘tish imkoniyatini yaratadi.
“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisobotida 2020-yilgi statistik ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, jahon sanoati rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan COVID-19 pandemiyasi davrida o‘rtacha indeks 0,062 tashkil etdi yoki avvalgi qiymatdan -0,006 ga pasaydi.
Oldingi hisobotga nisbatan reytingga 2 ta davlat qoʻshildi (Markaziy Afrika Respublikasi va Nikaragua).
Indeks metodologiyasiga asosan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisobot natijalari 2020-yildagi statistik ma’lumotlarga asosan shakllantirilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, indeksning oxirgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 8 ta indikatorning 6 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, shu bilan birga 2 ta indikatorda pasaygan.
O‘zbekiston Respublikasining Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi tarkibiy ko‘rsatkichlarning 2021 va 2022-yillardagi taqqoslama jadvali

Izoh: * - qiymatlar 2015-yilgi AQSH dollari kursi narxlarda ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi 3 yillik sanoat mahsuloti hajmida 2018-yildagi 235,3 trln so‘mdan 2020-yilda 368,7 trln so‘mni tashkil etib, 1,5 barobarga oshgan. Ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush (82,0%) ishlab chiqarish korxonalariga to‘g‘ri keladi hamda ishlab chiqarish hajmi 305,9 trln so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarish 3 yillik hajmi
Shuningdek, MDH davlatlari orasida O‘zbekiston Rossiya, Belarus, Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinni egallagan.
Dunyo reytingining eng yuqori 5 ta pog‘onasida Germaniya (0,416), Xitoy (0,369), Irlandiya (0,347), Yaponiya (0,325) va Koreya Respublikasi (0,324) o‘rin egallagan.
Prezidentimiz Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida hududlarni rivojlantirishda ularning oʻziga xos xususiyatidan va aholi koʻnikmalaridan kelib chiqib ish tutish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda ichki imkoniyatlarni ishga solish, qayta ishlash darajasini va mahsulotlar turini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil etish asosida mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Tahlillar bu borada imkoniyatlar kengligini, ularni ishga solishda saʼyi harakatlarni jadallashtirish lozimligini koʻrsatmoqda.
Viloyatda mahalliy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlarni oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga shu nuqtayi nazardan yondashilganda qanday manzara hosil boʻladi?
—Eng avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini koʻpaytirishga boʻlgan eʼtibor kundan kunga ortib boryapti, — deydi Fargʻona viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi Akmaljon Poʻlatov. — Natijada mahalliylashgan sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshishi barobarida yuzlab yangi ish oʻrinlari vujudga kelyapti. Oʻtgan yili viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida 116 ta loyiha amalga oshirilib, 969,7 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan. Buning hisobiga 89,8 million AQSH dollari miqdoridagi valyuta tejalishiga erishilgan.
Prezidentimizning 2022-yil 25-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, joriy yilda 142 ta loyiha ishga tushirilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bir trillion soʻmga yetkaziladi. Jumladan, transport va uning ehtiyot qismlari, kimyo sanoatida, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, metall, charm-poyabzal, mashinasozlik va mebelsozlik yoʻnalishlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish nazarda tutilgan.
“ELEKTRON KOOPERATSIYA” PORTALI QANDAY MANFAAT KELTIRADI?
Maʼlumotlarga qaraganda, Fargʻona viloyatida joriy yilning dastlabki uch oyida faoliyat koʻrsatayotgan 7478 ta hududiy korxonalardan 6080 tasi “Elektron kooperatsiya” portalidan roʻyxatdan oʻtgan. Shundan 5879 ta korxonaning 3011 tur va 10547 xildagi mahsuloti portalga kiritilib, ularning qamrov darajasi 96,7 foizga yetgan.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: xoʻsh korxona oʻz mahsulotini portalga joyladi, undan qanday manfaat koʻradi?
— Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur savdo maydoni nafaqat mahalliy korxonalarga taʼminot zanjiri boʻyicha aloqalarni muvaffaqiyatli oʻrnatishda yordam beradi, balki mahalliy mahsulotlarning xilma-xilligini koʻpayishiga ham xizmat qiladi, — deydi Akmaljon Poʻlatov. — Dastur faoliyati shunday yoʻlga qoʻyilganki, ishlab chiqaruvchining mahsuloti sertifikatlashtirilmagan boʻlsa, elektron portal uni qabul qilmaydi. Tuzilgan shartnoma muddati buzilsa, kelishuv boʻyicha belgilangan ustama haq toʻlanadi. Platformada roʻyxatdan oʻtish, mahsulotlarni joylashtirish va savdolarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Buyurtmani oʻz vaqtida bajarishdan birinchi galda ishlab chiqaruvchilarning oʻzi manfaatdor. Isteʼmolchi mahsulotini qabul qilib olganligi haqida xabar elektron maʼlumot portaliga kelib tushgan zahoti uning “banki”dagi shartnomaviy summa hisobvaraqaga oʻtadi. Toʻlov kafolotiga kelganda, buyurtmachining tuzilgan shartnoma boʻyicha kelishilgan summa portalga tushmaguncha, elektron tizim mahsulotni yetkazib berishga yoʻl bermaydi.
Portal orqali mahalliy mahsulotlarning tasniflari, sifat koʻrsatkichlari, bozordagi hajmi, shuningdek, import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan tovarlar xususida onlaynda axborotga ega boʻlish ham tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ayni kezda mahsulotni ortiqcha xarajatlarsiz, oʻz narxida va oʻz vaqtida xarid qilish mumkin. Portalga biron bir detal yoki xomashyoning nomini kiritishingiz bilan ishlab chiqaruvchilarning oʻnlab takliflari paydo boʻladi. Bu tadbirkorlarga talab va taklif asosidagi elektron xizmatni taʼminlaydi va shu asnoda korrupsiyaning ham oyogʻiga bolta uradi.
Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda “Elektron kooperatsiya” portali orqali tuzilgan sharnomalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Fargʻona viloyatidagi ahvol shu jihatdan tahlil etilganda, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan mahsulot yetkazib berish boʻyicha umumiy qiymati 409,4 milliard soʻmlik 2926 ta shartnoma rasmiylashtirilganligi maʼlum boʻldi. Bu borada ijro etilgan shartnomalar miqdori 374,7 milliard soʻmni tashkil etgan. Shu bois qolgan shartnomalarni ham oʻz vaqtida bajarishning aniq choralari koʻrilyapti.
ISTIQBOLLI LOYIHALAR, YANGI MAHSULOTLAR
“Fargʻonaazot” atsiyadorlik jamiyatida 30 turdagi mineral oʻgʻit, kimyoviy eritmalar, ammiak, nitrat kislotasi, suyuq va gazsimon kislorod, azot, shuningdek 10 dan ortiq boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Joriy etilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar mavjud imkoniyatlar koʻlamini yanada kengaytiradi.
Ayni kunda korxona negizida “Melamin ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu, oʻz navbatida, sanoat klasterini tashkil etishga zamin hozirlaydi va 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi. U avtomobilsozlik, qurilish, toʻqimachilik singari sohalari uchun juda zarur xomashyo hisoblanadi. Laminatlangan DSP va MDF, qatlamli qogʻoz plastiklar, press-kompozitsiya va idish tovoq-mahsulotlar, lak-buyoq eritmalar hamda melamin-formaldegid qatron kabi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar turlarini kengayishiga yoʻl ochadi.
Jamiyatda “Kord va texnik matolarni hamda poliyefir shtapel tolasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini tadbiq etish boʻyicha ham ish olib borilmoqda. Korxona foydalanishga topshirilgach, avtomobil shinalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan, import qilinayotgan kord va konveyr lentalari uchun texnik matolar, respublikamizda kundan kunga rivojlanayotgan yengil sanoat tarmogʻi uchun poliyefir shtapel tolalari tayyorlana boshlanadi. Bu jarayonlar 350 dan ortiq mutaxassis-xodim tomonidan bajarilishi zarur. Bu — shuncha yangi ish oʻrni degani.
— 2025-yilgacha moʻljallangan istiqbolli dasturlar doirasida mavjud ammiak, karbamid va ammiakli selitra ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish hamda azot kislotasi sexini kengaytirish loyihasi amalga oshiriladi,—deydi “Fargʻonaazot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Umidillo Millabayev. — Buning natijasida ammiak, karbamid, amiakli selitra, azot kislotasi singari mahsulotlarni tayyorlash hajmi yanada ortadi.
Korxonada keyingi paytda yangi turagi fosfomochevina minarl oʻgʻitini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Soda sexining xalq isteʼmol mollari boʻlinmasida “Temir III xilorid” mahsulotining tajriba namunasi yaratildi. Mahalliy xomashyodan foydalangan xolda ammiakli selitra ishlab chiqarishda soʻnggi ishlov berishda «NovoFIow-3047 ” anti-yopishqoq oʻrnini bosuvchi bu mahsulot ammiakli selitra ishlab chiqarish jarayonida qoʻllaniladi.
Jamiyat qoshida ilmiy-innovatsiyalar markaz faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bu yerda kimyo sanoati faoliyati rivojiga hissa qoʻshish, tarmoqlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tahliliy va ilmiy-tadqiqod laboratoriyalari, fundamental tadqiqodlar, marketing boʻlimlari va tajriba -eksperiment maydonchalari tashkil etilgan. Bu kimyo sanoatini rivojlantirish, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish imkoniyatini bermoqda.
XARIDORGIR MAHSULOTLAR VA IMTIYOZLAR
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish markaziga aylangan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu yerda umumiy qiymati 315,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 97 ta investitsiya loyihasi joylashtirilgan. Yil oxiriga qadar yana 35 ta istiqbolli loyiha ishga tushirilishi moʻljallangan..
—Shu kunga qadar foydalanishga topshirilgan 62 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy qiymati 553,3 milliard soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, — deydi “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori Farrux Rahmonov. — Buning aksar qismi ichki va tashqi bozor uchun haridorgir boʻlgan qurilish, mashiy tenika, charm poyabzal, avomobil butlovchi qismlari, toʻqimachilik, oziq-ovqat va nooziq ovqat singari oʻndan ortiq mahsulotlar hissasiga toʻgʻri keladi. Qariyb yigirma million dollarlik mahsulotlar eksportga yoʻnaltirilgani ularning raqobatdoshligini koʻrsatadi.
Maʼlumki, maxsus iqtisodiy hududda ish olib borayotgan loyiha ishtirokchilari foyda, yer, mulk va suv soliqlari boʻyicha imtiyozlarga ega. Shuningdek, ularga mahsulot ishlab chiqarish va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni import qilganda qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi berilgan. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun barpo etish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha texnologik uskunalarning oʻxshashi mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydiganini keltirish xamda mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi.
Ayni paytda hududdagi korxonalarning 25 turdagi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalari hududiy mahalliylashtirish dasturidan oʻrin olgan. Xususan, shu yoʻnalishda ish olib borayotgan “Crand Art class” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mahalliy xomashyolardan tayyorlanayotgan mahsulotlarga talab yuqori. Malakali mutaxassislar bozor talab va taliflaridan kelib chiqib, sifatli va bejirim buyumlar tayyorlashga eʼtibor qaratmoqda.
— Mahalliylashtirsh dasturi doirasida 25 million AQSH dollari qiymatidagi 5 ta loyiha boʻyicha ish olib boryapmiz, — deydi korxona rahbari Sodiqjon Soliyev. — Suʼniy teri, notoʻqima mahsulotlar, poyabzal uchun tagliklar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik.
MARKAZIY OSIYODA YAGONA
Margʻilon shahrida ishga tushirlgan “Uzwoolentex” Oʻzbekiton–Xitoy qoʻshma korxonasi tashkil etilgani yurtimiz toʻqimachilik tarmogʻida yangi bosqichni boshlab berdi.
Korxonada jun kalava ip asosida yiliga 2 million pogon metr jun aralashmali mato ishlab chiqarilmoqda. Bu matolar asosan harbiylar, aeroport, mehmonxona va boshqa xizmatlar xodimlari uchun kiyimlar tayyorlashda qoʻl keladi.
—Xalqaro sifat standarti asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz ichki bozor ehtiyojini toʻliq qoplaydi, — deydi korxona bosh menedjeri Shavkat Sobirov. — Bundan tashqari, yaqin qoʻshn davlatlarga ham eksport qilyapmiz. Shu paytga qadar Markaziy Osiyodagi turdosh korxonalarning aksariyat jun aralashmali matoni Xitoydan xarid qilgan. Innvatsion texnologiyalar va uni boshqarayotgan malakali kadrlar tomoniidan yangi turadagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatn yuzaga keltiriddi, yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratildi.
“Uzwoolentex” korxonasi jun aralashmali matoni toʻqishda foydalanadigan kalava ipni korxonaning oʻzida ishlab chiqarish quvvati ham ishga tushirildi. Umumiy qiymati 6 million dollaridan ziyod boʻlgan loyiha yiliga 840 tonna kalava ip tayyorlash imkonini beradi.
“Winchemical” Oʻzbekiston-Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi nainki Marziy Osiyoda, balki MDHda ham yagona. Devorbop dekorativ qoplamalar nam va suv oʻtkazmaslik, energiya tejamkor xususiyatlari bilan ajralib turadi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati bir million pogon metr.
— Mahsulotlarimiz ichki va tashqi bozorda xaridorgir, — deydi istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Abrorjon Hojibolayev. — Ayni kunda devorbop dekorativ qoplamalarni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilyapmiz. Endigi maqsadimiz ishlab chiqarish hajmini oshirish, turlarini koʻpaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilyapti.
IQTISODIY TEJAMKORLIK SAMARALARI
Mazkur maʼlumot eʼtiborimizni tortdi. Mahalliylashtirish doirasida joriy etilgan yangi loyihalar «Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi «AJga yiliga 40 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni iqtisod qilish imkonini beryapti. Xoʻsh, bunday tejamkorlikka qanday qilib erishildi?
— Masalan, elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda koʻtarma izolyatsiyalangan simlardan foydalaniladi, —deydi jamiyatning iqtisodiyot va istiqbollash boʻlimi boshligʻi Ikromjon Madumarov. — Ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologiya 6 xil oʻlchamga ega boʻlgan mazkur mahsulot uchun armaturalar tayyorlab beradi. Natijada, mahsulot tannarxi kamaydi. Agar ES-1500 rusumli mahsulot tashqi bozorda 20 ming 700 soʻm tursa, korxonada uni tayyorlashga 12 ming 724 soʻm sarflanadi. Natijada yiliga 1 milliard 200 million soʻmdan ortiq mablagʻ tejab kolinmoqda.
Jamiyatda qiymati 601 million soʻm boʻlgan loyiha doirasida beton tanyachlari ishlab chiqarish sexi ham tashkil etilgan. Yangi quvvatning ishga tushirilishi natijasida ortiqcha sarf-xarajatlar kamaydi. Temir-beton tayanchlar ishlab chiqarilishi bilan ularni oʻzaro mustahkamlash va simlarni osish uchun qoʻllaniladaigan metall konstutsiyalar shu kunga qadar “Elektroqishloqqurilish” AJning Namangan shahrida joylashga korxonasidan sotib olingan. Endilikda bunga hojat qolmadi. Yangi sehda tayyorlanadigan metall konstuksiyalarning tannarxi boshqa korxonalardan olinayotgan mahsulotlarga isbatan birmuncha arzon. Misol uchun bir dona OG-2 traversini ishlab chiqarish 87 ming 813 soʻmni tashkil qiladi. Avvvalari esa bu mahsulot 231 ming soʻmdan xarid qilingan. Yangi loyihani ishga tushishi tufayli yiliga 287 million soʻmdan ortiq mablagʻ iqtisod qilinmoqda.
Ishlab chiqarish tarmogʻida amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslar tufayli shu kunga qadar 26 turdagi elektr qurilma va butlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi.
Fargʻona viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan va import oʻrnini bosayotgan loyihalar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin. Ular hudud iqtisodiyotining barqaror oʻsishini taʼminlashda import boʻlayotgan tayyor mahsulotlarni oʻzimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishda muhim oʻrin tutyapti.
Oldinda turgan vazifalar koʻlami katta. Mahalliylashtirish borasida sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida “mahsulotbay” kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, mahalliy korxonalarni yangi raqobat muhitiga moslashishini tezlashtirish uchun ilm va innovatsiyadan keng foydalanish, yangi bozorlarga kirish uchun mahalliy sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish kabi dolzarb vazifalarni bajarish zarur boʻladi. Ular ijrosi muvaffaqqiyatlar salmogʻini yanada oshiradi, raqobatbardosh mahsulotlarning eng zamonaviy turlarini oʻzlashtirish va yangi ish oʻrinlarini koʻpayishiga keng yoʻl ochadi.
Download 30.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling