Sanoatda titrashdan va shovqindan saqlanish. Elektr xavfsizligi. Sanoatda xavfsizlik vositalari
Download 14.58 Kb.
|
Adham 3- mavzu
Sanoatda titrashdan va shovqindan saqlanish. Elektr xavfsizligi. Sanoatda xavfsizlik vositalari.Teacher: Choriyev N.Student: Eshqulova K.Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda kushilib eshitilish shovqin deb ataladi. Tovush fizik xolat sifatida havoda, suvda va boshka tarang muxitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon xarakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida xosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan kabul qilinadi. Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada ogrik turgizadi va kulok shangib asab sistemasiga xam yomon ta’sir kiladi. Ayniksa fikrni tuplab, akliy ish bilan shugullanishiga imkon bermaydi, bo’tun dikkat-e’tiborni berib ishlash lozim bulsa, ish kobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniksa kattik va kuchli tovushlar, shunigdek tuxtovsiz ravishda bir xilda chikib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir kiladi. Shovqin ta’srida turli a’zorlar va sistemalarning, masalan xazm qilish (oshkozon shirasi sekretsiyasining uzgarishi), kon aylanishi (kon bosimning ko’tarilishi) va shunga uxshashlarning normal faoliyati buziladi. Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi: 1. Sanoat shovqin. 2. Transport shovqini. 3. Maishiy shovqinlar. Shu bilan birga gaz va suyukliklarning xarakati natijasida xam shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi.
Download 14.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling