Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-BOB. O‘ZBEKISTONDA REKRUTMENTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 18.1. O‘zbekistonda rekrutmentni amalga oshirishning huquqiy asoslari
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Elektron rekruting nima? 2. Elektron rekruting nomzodlarni qidirishning qanday usullarini o‘z ichiga oladi? 3. Elektron rekruting uchun qanday resurslar mavjud? 230 18-BOB. O‘ZBEKISTONDA REKRUTMENTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 18.1. O‘zbekistonda rekrutmentni amalga oshirishning huquqiy asoslari O‘zbekistonda rekruting faoliyatini tartibga solish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Rekruting faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini 2018 yil 6 sentyabrdagi 1977-III-son qaror bilan qabul qildi. Mazkur qonun loyihasi yuzasidan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi mas’ul etib belgilandi. Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan tasdiqlangan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 207 – bandiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan ishlab chiqilgan. “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston qonunchiligi amaliyotida ilk bor ishlab chiqilgan bo‘lib, u 5 bob, 24 ta moddadan iborat. Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samardorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 24 maydagi Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni bozor sharoitlariga muvofiq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida raqobatbardosh muhitni yaratishdan, noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishdan iboratdir. Hozirgi kunda xususiy tashkilotlar tomonidan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan faoliyati qonunchilik bilan tartibga solinmagan. Chet elda bandlik sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy (rekruting) bandlik agentliklari davlatdan mustaqil sub’ekt bo‘lgani holda korxonalarga (ish beruvchilarga) va ish qidirayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi. 231 Ma’lumotlarga ko‘ra rekruting kompaniyalari har yili butun jahonda 8 – 10 mln. nafar kishini ish bilan ta’minlar ekan. Xalqaro standartlarni, rekruting faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishning chet el tajribasini inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Rekruting faoliyati – ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bilan bog‘liq rekruting xizmatlarini shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxs (rekruting agentlik)larning tadbirkorlik faoliyatidir. Rekruting agentligi esa ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan tijorat tashkiloti xisoblanadi. Rekruting agentliklari xizmatlarining asosiy turlariga: - ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mos keladigan ishlarni axtarib topish; - ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash; - chet elda ish axtarayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash; - mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish kiradi. Qonun loyihasida ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha rekruting agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar alohida moddalarda keltirilgan. Qonun loyihasida umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida, rekruting agentliklariga qonunchilikda belgilangan tartibda rekruting agentliklari birlashmasini tuzish huquqini beruvchi norma ham mavjud. “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston aholisini mamlakatimiz korxonalarida hamda chet elda ham ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmati va xususiy sektor tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini aniq tartibga solish, ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar tartibi va shartlarini, rekruting agentliklari, korxona va ish qidirayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini aniqlash imkonini beradi, o‘z o‘rnida noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishga xizmat qiladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling