Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Nomzodlar qanday malaka, ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lishi
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminarlar va treninglarda nimalar o‘rgatiladi
Nomzodlar qanday malaka, ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lishi
kerak? O‘tkazilgan tadqiqotlarda nomzodlarning eng ko‘p e’tibor qaratiladigan muhim malaka va ko‘nikmalari ham aniqlandi. Jamoada ishlay olish, “kommunikabellik” (kirishimlilik), fikrlash qobiliyati, professionalizm va texnik malaka shular jumlasidandir. So‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning qariyb yarmi (49 foiz) yangi xodimlarga turli stajirovkalar taklif etadi, 32 foizi esa yangi xodimlarni o‘qitishdan manfaatdor emas. Mazkur tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kadrlarni o‘qitish (tayyorlash, qayta tayyorlash), bilimlarni almashish hamda turli tadbirlarni o‘tkazish 233 xususiy sektor va oliy o‘quv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy usullaridan sanaladi. Seminarlar va treninglarda nimalar o‘rgatiladi? «Raqiblardan ko‘ra tezroq o‘qib-o‘rganish qobiliyatingiz qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan yagona raqobat afzalligi bo‘lsa ajab emas”, degan edi Global Business Network asoschisi Are de Geuz (Arie de Geus, Gollandiya)[1]. U 1981 yilda tuzilgan va ssenariy bo‘yicha rejalashtirish, yirik korporatsiyalarda qarorlar qabul qilish va o‘zgarishlarni boshqarish xususiyatlari va jarayonlari bo‘yicha yetakchi guruhga rahbarlik qilgan. Mazkur guruh ayni sohaning yetakchilaridan edi. Trening xodimlarni o‘qitishning interaktiv usuli bo‘lib, u qisqa muddatda nazariy bilimlarni berish hamda ularni amaliyotda qo‘llash usullarini qamrab oladi. Hozir u qisqa muddat ichida malaka oshirish va amaliy ishlanmalarni almashishning eng yaxshi usuliga aylandi. Ishtirokchilar trening davomida nafaqat yangi bilimlar, qolaversa, ularni amalda qo‘llash imkoniga ham ega bo‘ladi. Albatta, treninglar asosiy o‘rta- maxsus va oliy ta’lim o‘rnini bosa olmaydi. Ular ishtirokchilar malakasini qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar bilan boyitadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha olganda, bir yil davomida so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning 74 foizi xodimlari ichki va tashqi treninglarda qatnashgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslari bundan mustasno. Xodimlarni o‘qitish treninglari uchun sarflangan xarajatlarni tashkilotlar butunlay yoki qisman to‘lab bergan. Ushbu tadqiqotlar kompaniyalarning amaldagi trening dasturlariga qo‘shimcha ravishda boshqa turdagi treninglarga ehtiyoji borligini ko‘rsatdi. Kompaniyalar xodimlari uchun yetakchilik sifatlarini shakllantirishda va ish vaqtini optimal tashkillashtirishda yordam beradigan hamda tahliliy fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar zarurligi ma’lum bo‘ldi. So‘rovga ko‘ra, kutilgan natijaning samarasizligi, moliyaviy cheklovlar va naf beradigan dasturlarni tanlashdagi qiyinchiliklar bu yo‘ldagi asosiy to‘siqlardan hisoblanadi. ERGO Research and Advisory O‘zbekiston va Yevroosiyoda iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan mustaqil tahliliy kompaniyadir. HRC kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda inson resurslari bo‘yicha dastlabki professional konsalting kompaniyalaridan biridir. Kompaniya ko‘rsatadigan asosiy xizmatlar o‘rta 234 va oliy boshqaruvidagi xodimlarni saralab olish, autstaffing[2], xodimlarni baholash va kadrlar bo‘yicha konsalting hisoblanadi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling