Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Personal autpleysmenti (inglizcha
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Personal autpleysmenti (inglizcha
Personal outplacement) – rekrutment yo’nalishi bo’lib, bunda rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyadan ma’lum muddatga va ma’lum sharoitlarda bo’shatilayotgan xodimlarning bandligini ta’minlash bo’yicha maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi 43 - moliyaviy xarajatlarni qisqartirish (autpleysment mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishda kompensatsiya to‘lashdan ko‘ra bir necha baravar arzonga tushishi mumkin, u qisqartirilayotgan xodimning 2-3 ish haqi barobarida bo‘lishi mumkin; ishdan bo‘shatilgan shaxs kompaniyani sudga berishi mumkin va shu bilan sarflangan pullarga qo‘shimcha ravishda sud xarajatlari va ma'naviy kompensatsiya xarajatlari qo‘shadi). Bundan tashqari, ushbu xizmat yordamida o‘zining tashabbus ko‘rsargan istalmagan xodimni "engilgina ishdan bo‘shatish"ni amalga oshirish mumkin. Xodim o‘z joyida ishlayotgan paytda, agentlik unga yangi ish qidiradi, keyin mustaqil ravishda u bilan bog'lanib, uni kompaniyadan "olab ketadi". Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga qarab, autpleysmentning quyidagi turlari ajratiladi: "ommaviy" (bir guruh xodimlar bilan ishlash); "Individual" (individual dastur bo‘yicha menejerlar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ishlash); "Yopiq" yoki "anonim" (top menejerlar bilan ishlash). Shuningdek, tashqi autpleysment - kompaniya rekruting agentligidan ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarining bandligini ta’minlashga buyurtma beradi va ichki autpleysment –personalning vositachilarsiz bandligini ta’minlashlar kabi turlarga ajratiladi. Ikkinchisining afzalligi katta moddiy xarajatlarning yo‘qligi (individual dasturni ishlab chiqqanda ishdan bo‘shatilgan xodimning oylik ish haqidan yillik ish haqining 25 foizigacha). Personal autpleysmentining asosiy bosqichlari: 1-bosqich - ishdan bo‘shatilgan xodimning kasbiy tajribasini, uning mehnat qobiliyati va istaklarini mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda har tomonlama baholash (nomzodning bilim va ko‘nikmalarini, uning bozor narxini baholash; shaxsiy bandlik va martaba rejasini tuzishda yordam berish). 2-bosqich - rezyumeni tayyorlash, samarali ish qidirish vositalariga o‘rgatish, intervyuda (treninglarda) o‘zini muvaffaqiyatli namoyish etish ko‘nikmalarini shakllantirish. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling