Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
 
1. Nima uchun klassik rekrutment ko‘pincha "passiv" deb nomlanadi? 
2. Long list va Short list o‘rtasidagi o‘zaro farq nimada? 
3. Hududlararo rekrutmentning o‘ziga xos xususiyatlari. 
4. Ommaviy rekrutmentga misollar keltiring. 
5. Qaysi kompaniyalar ommaviy rekrutmentning asosiy mijozlari 
hisoblanadi? 
6. Nima uchun kompaniyalar xodimlarni ijaraga olishga muhtoj? 
7. Autsorsing xodimlarining narxiga qanday omillar ta'sir qiladi? 
8. Kompaniyalar nega xodimlar autpleysmentini amalga oshiradi? 


49 
3-BOB. TASHKILOT/KORXONANING INSON RESURSLARINI 
BOSHQARISH TIZIMIDA REKRUTMENT. 
 
3.1. Mehnat bozori segmentlarining kadrlar bo‘yicha holati tarkibiy 
tahlili 
 
Xodimlar rekrutingi jarayonining asosiy bosqichlarini amalga 
oshirishni boshlashdan oldin mehnat bozori segmentlarini tarkibiy tahlilini 
o‘tkazish 
kerak. 
Tarkibiy tahlil qilish 
bu ikkilamchi axborotni 
tahlil 
qilishning 
rasmiylashtirilgan usuli, 
uning mohiyati matnda 
oldindan 
tanlangan 
ma’nodor 
elementni 
(so‘zlar, 
iboralar, 
formulalar, 
belgilar) 
aniqlash va keyinchalik 
matnda ushbu elementning paydo bo‘lishini tahlil qilishdir. 
Mehnat bozori segmentlarini tarkibiy tahlilini o‘tkazish algoritmi 
quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Tahlil birligini aniqlash - ma'lum bir lavozim nomi.
2. Tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan bozor segmentlarini tanlash.
3. Ikkilamchi ma'lumot to‘plash uchun zarur axborot manbalarini 
tanlash. 
4. Bozor segmentlari bo‘yicha bozor taklifini tahlil qilish:
4.1. Ish beruvchilarning barcha mavjud ish e'lonlarini ochiq 
manbalarda to‘plash va hisoblash. 
4.2. Ish beruvchilarning bozor segmentlariga qiziqish bildiradigan 
bo‘sh ish o‘rinlari to‘g'risidagi e'lonlar sonini hisoblash. 
4.3. Bozorning har bir segmenti bo‘yich taklif hajmini hisoblash (1-
formula): 
𝑉
𝑡𝑎𝑘𝑙𝑖𝑓
=
∑ 𝑙𝑎𝑣𝑜𝑧𝑖𝑚 𝑏𝑜

𝑦𝑖𝑐ℎ𝑎 𝑏𝑜

𝑠ℎ 𝑖𝑠ℎ 𝑜′𝑟𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖
∑ 𝑗𝑎𝑚𝑖 𝑏𝑜

𝑠ℎ 𝑖𝑠ℎ 𝑜′𝑟𝑖𝑛𝑙𝑎𝑟𝑖
(1) 
4.4. Bozorning har bir segmenti bo‘yicha taklif ulushini hisoblash (2-
formula): 
𝐵𝑜𝑧𝑜𝑟𝑑𝑎𝑔𝑖 𝑡𝑎𝑘𝑙𝑖𝑓 𝑢𝑙𝑢𝑠ℎ𝑖 = 𝑉
𝑡𝑎𝑘𝑙𝑖𝑓
∙ 100% (2) 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling