4-BOB. ISHGA YOLLASH MARKETINGI. REKRUTMENTDA
MARKETING TEXNOLOGIYALARI
4.1. Ishga yollash marketingi
Rekrutment
sohasidagi
marketingning
mohiyati
nomzodlar
va
xodimlarga
kompaniyaning imkoniyatlari va
xodimlarning
unda
ishlash
istagidan kelib chiqib ish joylarini
"sotish"ni ta'minlashdan iborat.
Ushbu sohadagi marketing
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) buyurtmachi kompaniya
tomonidan talab qilinadigan umumiy vakolatlar va natijalarni hisobga olgan
holda nomzodlarga (xodimlarga) professional talablarni ishlab chiqish (ish
joyini va topshiriqlarni bajarish natijasini iqtisodiy tahlil qilish);
2) xodimlarga bo‘lgan sifat va miqdoriy talablarni aniqlash
(kompaniyalarning maqbul xodimlar sonini rejalashtirish);
3) nomzodlarni (xodimlarni) sotib olish va undan foydalanish
xarajatlarini hisoblash;
4) xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplashning maqbul manbalari va
usullarini tanlash;
5) personal bozori ehtiyojlarini o‘rganish (o‘z xodimlarini o‘z
vaqtidagi motivatsiyasi va kadrlar almashinuvini kamaytirish uchun);
6) personal muhitini, guruhlarini va toifalarini o‘rganish (o‘z
xodimlarini o‘z vaqtida motivatsiyasi, kadrlar almashinuvini kamaytirish,
raqobatdosh ustunliklarning paydo bo‘lishi uchun);
7) ushbu kompaniya uchun mehnat bozorida mumkin bo‘lgan talabni
baholash (raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi);
8) ushbu kompaniya uchun mehnat bozorini segmentatsiya qilish
(raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi);
9) marketing tadbirlarining maqsadli segmentiga tayyorgarlik
(kompaniya imidjini o‘rganish va yaratish, axborot kanallarini yaratish va
hk);
10)
xodimlarni
rag'batlantirish
(raqobatdosh
ustunliklarning
mavjudligi).
Rekrutment sohasidagi marketingga bo‘lgan ehtiyoj ko‘pincha
quyidagi kadrlar jarayonlarida ko‘rib chiqiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |