Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-BOB. TARMOQLI, ELEKTRON REKRUTING 17.1. Internetning rivojlanishi va elektron rekrutment Elektron
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 1. Milliy va global rekruting kompaniyalarining o‘rtasida qanday farqlar mavjud? 2. Osiyo mamlakatlari rekruting kompaniyalarining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud? 3. Qaysi global rekruting kompaniyalari mamlakatimizda faoliyat yuritmoqda? 222 17-BOB. TARMOQLI, ELEKTRON REKRUTING 17.1. Internetning rivojlanishi va elektron rekrutment Elektron rekrutment bu xodimlarni yoki frilanserlar- subpudratchilarni jalb qilish, baholash va yollash uchun elektron vositalardan, birinchi navbatda Internetdan foydalanish holda faoliyat olib borishdir. Elektron ishga yollashda qo‘llaniladigan uslub oddiy ish tizimlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, veb-saytga nomzodlardan elektron pochta orqali rezyumelarini yuborishni so‘rab reklama joylash. Yanada rivojlangan tizimlar esa nomzodlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish jarayonlarini veb-ilovalarga yo‘llaydi. Potentsial xodimlar rezyumelarni yuklashlari, mahorat va qobiliyatlarni baholashlari, hattoki kadrlar bilan bog'liq hujjatlarni uzoq joydan elektron ishga qabul qilish vositalaridan foydalangan holda to‘ldirishlari mumkin. Elektron rekruting nomzodlarni qidirishning quyidagi usullarini o‘z ichiga oladi: Ish saytlarida rezyume qidirish; Bo‘sh ish o‘rinlarini haqida e’lonlar osish; Ixtisoslashgan forumlarda qidirish; Ijtimoiy tarmoqlarda qidirish; Ixtisoslashtirilgan pochta jo‘natmalari. E-rekrutmentning afzalliklari: Axborotni keng auditoriyaga etkazish imkoniyati; Ishga qabul qilish uchun vaqtni sezilarli darajada tejash; Xarajatlarni tejash Ish beruvchi kompaniyaning o‘zini reklama qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat. Internetda e'lonlarni joylashtirish orqali rekruter ish beruvchi kompaniyaning ijobiy imidjini saqlashga yordam beradi, chunki foydalanuvchilarning ish uchun eng ko‘p tashrif buyuradigan manbalarida kompaniya nomi va uning faoliyati to‘g'risidagi ma'lumotlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g'risida e'lonni joylashtirayotganda, potentsial ish izlovchiga kompaniyaning o‘zi haqida taassurot qoldirishini unutmaslik kerak. Matnlarni orfografik xatolar, tavsifdagi noaniqliklar va boshqalarni diqqat bilan tekshirilishi lozim. 223 Ijtimoiy tarmoqlarning (facebook.com, vkontakte.ru, odnoklassniki.ru, moikrug.ru) tobora ortib borayotgan mashhurligi ham elektron rekrutmentga yordam berdi. Ularning yordami bilan rekruterlar tolishi qiyin bo‘lgan nomzodlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Elektron rekrutmentning salbiy tomonini cheklangan kasbiy soha va kadrlar agentliklarini keltirish mumkin. Ishlab chiqarish xodimlari, sotuvchilar, uy xodimlari hali ham ommaviy axborot vositalari, ixtisoslashgan muassasalar va tavsiyalar orqali qidirilmoqda. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling