Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1. Elektron rekruting nima? 
2. Elektron rekruting nomzodlarni qidirishning qanday usullarini o‘z 
ichiga oladi? 
3. Elektron rekruting uchun qanday resurslar mavjud? 


230 
18-BOB. O‘ZBEKISTONDA REKRUTMENTNI RIVOJLANTIRISH 
ISTIQBOLLARI 
18.1. O‘zbekistonda rekrutmentni amalga oshirishning huquqiy 
asoslari 
 
O‘zbekistonda rekruting faoliyatini tartibga solish maqsadida Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi «Rekruting faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 
loyihasini 2018 yil 6 sentyabrdagi 1977-III-son qaror bilan qabul qildi. 
Mazkur qonun loyihasi yuzasidan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi 
mas’ul etib belgilandi. 
Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 14 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
harakatlar 
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
farmoyishi bilan tasdiqlangan “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”ning 207 – bandiga muvofiq, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Bandlik 
va mehnat 
munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
qaroriga asosan ishlab chiqilgan. 
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston 
qonunchiligi amaliyotida ilk bor ishlab chiqilgan bo‘lib, u 5 bob, 24 ta 
moddadan iborat. 
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada 
takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samardorligini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 24 maydagi Farmonida 
belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ya’ni bozor sharoitlariga 
muvofiq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, bandlikka 
ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida raqobatbardosh muhitni 
yaratishdan, noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishdan iboratdir. 
Hozirgi kunda xususiy tashkilotlar tomonidan fuqarolarni O‘zbekiston 
Respublikasida va chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha amalga 
oshirayotgan faoliyati qonunchilik bilan tartibga solinmagan. 
Chet elda bandlik sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy (rekruting) 
bandlik agentliklari davlatdan mustaqil sub’ekt bo‘lgani holda korxonalarga 
(ish beruvchilarga) va ish qidirayotgan fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi. 


231 
Ma’lumotlarga ko‘ra rekruting kompaniyalari har yili butun jahonda 8 – 10 
mln. nafar kishini ish bilan ta’minlar ekan. 
Xalqaro standartlarni, rekruting faoliyatini tashkil etish va 
rivojlantirishning chet el tajribasini inobatga olgan holda Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilgan. 
Rekruting faoliyati – ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va 
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bilan bog‘liq rekruting xizmatlarini 
shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxs (rekruting 
agentlik)larning tadbirkorlik faoliyatidir. Rekruting agentligi esa ushbu 
xizmatlarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq 
ro‘yxatdan o‘tgan tijorat tashkiloti xisoblanadi. 
Rekruting agentliklari xizmatlarining asosiy turlariga: 
- ish qidirayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mos 
keladigan ishlarni axtarib topish; 
- ish beruvchilar uchun kadrlarni tanlash; 
- chet elda ish axtarayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash; 
- mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish kiradi. 
Qonun loyihasida ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga 
joylashtirish bo‘yicha rekruting agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi 
normalar alohida moddalarda keltirilgan. 
Qonun loyihasida umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish 
maqsadida, rekruting agentliklariga qonunchilikda belgilangan tartibda 
rekruting agentliklari birlashmasini tuzish huquqini beruvchi norma ham 
mavjud. 
“Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasining qabul qilinishi 
O‘zbekiston aholisini mamlakatimiz korxonalarida hamda chet elda ham ish 
bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmati va xususiy 
sektor tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish mexanizmlarini aniq 
tartibga solish, ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
tartibi va shartlarini, rekruting agentliklari, korxona va ish qidirayotgan 
shaxslarning huquq va majburiyatlarini aniqlash imkonini beradi, o‘z 
o‘rnida noqonuniy mehnat migratsiyasini oldini olishga xizmat qiladi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling