Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Xususiy bandlik agentliklari faoliyati. Litsenziyalashtirish


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

18.3. Xususiy bandlik agentliklari faoliyati. Litsenziyalashtirish 
 
Xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga 
ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash 
bo‘yicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat 
xizmatlarini ko‘rsatadi. 
2018 yil 16 oktyabrda O‘RQ-501-sonli O‘zbekiston Respublikasi 
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunga 
ko‘ra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat bilan 
endilikda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy 
bandlik agentliklari ham shug‘ullanishi mumkin. 
Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash 
va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha 
xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot 
va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir. 
Xususiy bandlik agentligi oliy ma’lumotli rahbarni qo‘shib 
hisoblaganda kamida ikki nafar xodimga ega bo‘lishi kerak. 
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish 
bo‘yicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar 
keltirilgan. 
Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga 
ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash 
bo‘yicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat 
xizmatlarini ko‘rsatadi. 
Bunda chet elda ish bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyat Bandlik 
va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida 
amalga oshiriladi. 
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha 
xizmatlar ko‘rsatish uchun ellik ming AQSh dollari miqdoridagi 
mablag‘larni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni 
qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yadi. 
Mazkur mablag‘lar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda 
qaytarib beriladi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling