Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Hududlararo qidiruv - bu buyurtmachi kompaniyasi uchun zarur bo‘lgan 
nomzodlarni ko‘rsatilgan hududga ko‘chirishga va kompaniyaga ishga 
joylashtirishga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishidir.
Ichki rekrutment - bu kompaniyaning tegishli mutaxassisi yoki kadrlar 
xizmati bo‘limining bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirish va tanlash va 
ularni keyinchalik moslashtirish bo‘yicha faoliyati. 
Klassik yoki passiv rekrutment - bu vakolatlar va majburiyatlarning 
standart to‘plamiga ega bo‘lgan o‘rta darajadagi mutaxassislarni (masalan, 
savdo menejeri, buxgalter, yordamchi menejer, advokat va boshqalar)
topish uchun klassik vositalardan foydalanadigan rekrutment yo‘nalishi.
Maxsus malaka savollari - bu ma'lum bir kasb nomzodlariga beriladigan 
savollardir va ayni paytda chiziqli rahbar bilan kelishilgan savollardir. 


238 
Neyrotizm - bu hissiy beqarorlik, tashvish, havotir, o‘zini yomon his etish 
va vegetativ kayfiyat buzulishlari bilan tavsiflanadigan ruhiy holat. 
Ommaviy yoki loyihaviy rekrutment - buyurtmachi kompaniya bilan 
tasdiqlangan jadvalga muvofiq odatdagi lavozimlarga nomzodlarning katta 
va / yoki kelishilgan soniga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishi. 
Panelli intervyu - bu ish beruvchi kompaniyaning bir nechta vakillari bitta 
nomzod bilan olib boradigan suhbatdan iborat. 
Personal lizingi (ingliz tilidan personal leasing) - rekruting agentligi o‘z 
nomidan ishchilar bilan mehnat shartnomasini tuzadigan va keyin ularni 
buyurtmachi kompaniyaga 3 oy yoki undan ko‘proq muddatga ishlashga 
yo‘naltiradigan rekrutment sohasidir. 
Personal autpleysmenti (inglizcha Personal outplacement) – rekrutment 
yo‘nalishi bo‘lib, bunda rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyadan 
ma’lum muddatga va ma’lum sharoitlarda bo‘shatilayotgan xodimlarning 
bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi. 
Rekruting - bu kompaniya kadrlar menejmentining nomzodlarni qidirish va 
tanlash, keyinchalik ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yollash maqsadidagi 
tashkiliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan biznes jarayonidir. 
Rekrutment - buyurtmachi-kompaniyaning bo‘sh ish joylarini uning 
professional malaka talablariga mos keladigan mutaxassislar bilan pulli 
asosda to‘ldirish uchun shart -sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan 
iqtisodiy faoliyat turidir. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling