Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
O‘z ma'lumotlar bazasi
O‘z ma'lumotlar bazasi - bu bo‘sh ish o‘rinlari uchun potentsial nomzodlarning ma'lumotlarini tizimlashtirish, saqlash, qidirish va ulardan foydalanish uchun kompaniya yoki provayder agentligining elektron hujjati. Ushbu vosita rekruter uchun vaqtni ham, moliyaviy xarajatlarni ham tejashga imkon beradi. Bu nomzodlarni qidirish jarayonida barcha jarayonlarni on-layn rejimida boshqarish, turli ish saytlari, professional forumlar va ijtimoiy tarmoqlardan rezyumelarni avtomatik to‘ldirish va yangilash uchun ideal imkoniyatdir. O‘z navbatida, resursni doimiy ravishda yangilab turadigan tizim mavjud bo‘lmaganda, uning tez eskirishi xavfi ortadi. Rekruter uchun nomzodlar to‘g'risidagi ma'lumotlar bazasida quyidagi bloklar mavjud bo‘lishi tavsiya etiladi: - rezyume olingan sana va manba; - nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug'ilgan yili; 62 - aloqa ma'lumotlari (telefonlar, manzil, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va ish saytlaridagi profillarga havolalar, ICQ, Skype); - nomzodning shaxsiy rezyumeni; - ma’lumoti; - chet tillarini bilish darajasini baholash, bunda o‘z-o‘zini baholash yoki tekshirish yoki test natijalari to‘g'risida belgi qo‘yiladi; - telefon va shaxsiy suhbatlar natijalari bo‘yicha sharhlar; - tavsiyalarni tekshirish natijalari (va / yoki tavsiya xatlari); - chiziqli rahbar bilan suhbatning sanasi va natijasi to‘g'risida, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va nomzod bilan muhokama qilingan lavozimi ko‘rsatilgan belgi qo‘yiladi; - nomzodning tegishli sanaga ish haqi bo‘yicha kutilmalari to‘g'risidagi ma'lumotlar Har bir kompaniyada elektron ma'lumotlar bazalari turli xil axborot platformalarida qurilgan va turli xil qidirish va foydalanish qobiliyatiga ega (masalan, “E-Staff Recruiter”, “Rezyumaks”, “Experium” va boshqalar). Shu yo‘sinda, “E-Staff Recruiter” dasturiy mahsuloti kadrlarni tanlash bilan bog'liq ko‘pgina operatsiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi, jumladan rezyumelarni qayta ishlash, nomzodlarning ma'lumotlar bazasini yuritish, bo‘sh ish o‘rinlarini boshqarish, mijozlar bilan ishlash, analitik ma'lumotlarni olish va hk. 1 ish joyi uchun dasturning narxi nisbatan past va 10000 rublni tashkil etadi ("Experium Light" - 50 000 rubldan). Muayyan kompaniyaning ehtiyojlariga moslashtirilgan har qanday elektron ma'lumotlar bazasi, avvalo, ishlashda qulay bo‘lishi va axborot xavfsizligini kafolatlashi kerak. Bu, ayniqsa, 2019 yil 02 iyuldagi ZRU-547- sonli "Shaxga doir ma'lumotlar to‘g'risida"gi qonunining qabul qilinishi bilan bog'liqdir. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling