Saparov Sherzodning " buyuk britaniya va shimoliy irlandiya birlashgan qirolligi"
T/R Darsning tarkibiy qismi (bosqichlari)
Download 1.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqBuyuk Britaniya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhlarga bo`linish sxemasi (guruh nomlari o’qituvchi yoki o’quvchilar t omonifan ixtiyoriy tanlab olinadi) Baholash mezonini tushuntirish
- O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq.
- 2-topshiriq (Test savollari).
- A) 357,4 C) 306,8 B) 407,3 D) 428,2 4) Quyidagi Yevropa mamlakatlarining poytaxtlarini to’g’ri ko’rsating
- Avstriya Varshava Polsha
- Slovakiya Amsterdam Belgiya Vena
- Ta’rif Ha Yo’q
- T abiiy sharoiti va resurslari.
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN QIROLLIGI Tabiiy sharoiti va resurslari
- 3-topshiriq (Yozuvsiz xarita bilan ishlash).
- O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash. Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Guruhlarga bo`linish sxemasi (guruh nomlari o’qituvchi yoki o’quvchilar t omonifan ixtiyoriy tanlab olinadi) Baholash mezonini tushuntirish: “5” balli tizim. “5” Ofarin, “4” Barakalla, “3” Harakat qil. Faol guruhlarga javoblari uchun “Oltin globus” kartochkalari beriladi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq. O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga “Charxpalak” metodidan foydalanib topshiriq beriladi. Bunda o’quvchilar Germaniyaning chegaradosh davlatlarini topishlari kerak bo’ladi. (O’quvchilar bergan javobiga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholab boriladi)
2-topshiriq (Test savollari). Har bir guruhga (yoki o’quvchiga) o’tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test savollari taqdim etiladi va javoblarning to’g’riligi va aniqligiga qarab baholanadi. 1) Quyidagi suratlardan qaysi birida Germaniyaning bayrog’i tasvirlangan.
2) Germaniyaning ko’pchilik aholisi qaysi dinga e’tiqod qiladi? 3) Germaniya maydoni ………. km.kvni tashkil etib Yevropa qit’asi mamlakatlari orasida 6-o‘rinni egallaydi. A) 357,4 C) 306,8 B) 407,3 D) 428,2 4) Quyidagi Yevropa mamlakatlarining poytaxtlarini to’g’ri ko’rsating?
5) Germaniyaning yirik shaharlarini yozing. Javob:___________________________________________________________________________________________________________________________________ 3-topshiriq. Mavzu ma’lumotlaridan foydalanib tariflarga mos javobni toping?
Yangi mavzu bayoni: Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimolig‘arbidagi Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismi Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqidan iborat. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg‘oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La Mansh bo‘g‘izi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan ajratib turadi. Quruqlikda faqat Irlandiya bilan chegaradosh. H ozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari bor. Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona mustamlaka hudud — Gibraltar ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman hech qaysi dengizorti hudud Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi. Boshqaruv shakli — konstitutsion monarxiya. Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki qirolicha) ayni paytda rasmiy ravishda Britaniya Hamdo‘stligi Qirolliklari hisoblangan 14 ta mustaqil davlat, shu jumladan, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyaning rahbari hisoblanadi. Siyosiy-hududiy jihatdan Birlashgan Qirollik 4 ta o‘lka (mamlakat) — Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan ibora. Angliyadan boshqa 3 ta o‘lka qisman muxtoriyatga ega. Buyuk Britaniyaning poytaxti — London shahri mamlakatning janubi-sharqida, Temza daryosining dengizga quyilish joyi yaqinida joylashgan. T abiiy sharoiti va resurslari. Buyuk Britaniya Janubi-sharqiy qismini ko‘proq tekisliklar, Shimoli-g‘arbiy hududlarini esa asosan o‘rtacha tog‘lar egallaydi. Ayniqsa, Shotlandiya va Uelsda qadimgi parchalangan tog‘lar keng tarqalgan. Mamlakatning eng baland tog‘i — Ben Nevis tog‘i Shotlandiyada joylashgan. Mamlakatda foydali qazilmalardan asosan neft, tabiiy gaz va ko‘mir qazib olinadi. Neft va gaz konlari Shimoliy dengizning tubida joylashgan. Ammo so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya mineral yoqilg‘ining barcha turlari importyoriga aylangan, chunki qazib olinadigan resurslar milliy iqtisodiyotining energiya manbalariga bo‘lgan talabini qondira olmayapti. Atlantika okeanidan yil bo‘yi esadigan nam shamollar hamda Golfstrim oqimi ta’sirida mo‘tadil dengiz iqlimi shakllangan. Yil davomida tez-tez yomg‘irlar yog‘adi, ayniqsa mamlakatning g‘arbida. Qish ancha yumshoq, yanvarning o‘rtacha havo harorati 0oC atrofida. Aholisi. Birlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholisi soni bo‘yicha 3-o‘rinda turadi (2020-yil holatiga ko‘ra, 67 mln kishidan ziyod). Aholining tabiiy ko‘payishi juda past darajada bo‘lib, aholi soni asosan tashqi migratsiya hisobiga o‘smoqda. Ayniqsa, Janubiy Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollardan ko‘chib kelganlar ko‘p. Buyuk Britaniyada urbanizatsiya darajasi 85% ga yaqin. Mamlakatning eng yirik shaharlari qatoriga London, Birmingem, Manchester, Liverpul, Glazgo, Edinburg kiradi. Mamlakat aholisining etnik tarkibida eng yirik millat inglizlardir. Shotlandiyaliklar, uelsliklar va irlandiyaliklar ham tub millatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan din — anglikan cherkovi (protestant xristianligining mazhabi). Aholi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda O‘rta Shotlandiya pasttekisligida yuqori darajada bo‘lsa, Shotlandiyaning shimoli-g‘arbiy tog‘li hududlarida esa bu ko‘rsatkich ancha past. Birlashgan Qirollik aholisining deyarli 85% qismi Angliyada yashaydi. Shimoliy Irlandiyada esa mamlakat jami aholisining atigi 3% i istiqomat qiladi. Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya Yevropa va jahon miqyosida iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biri bo‘lib, YIM hajmi bo‘yicha Yevropada Germaniyadan keyingi 2-o‘rinda turadi. Buyuk Britaniya sanoat inqilobining vatani bo‘lib, XIX asr va XX asr boshida dunyoning yetakchi sanoatlashgan mamlakati hisoblangan. U davrda Birlashgan Qirollik sanoati ayniqsa to‘qimachilik, ko‘mir, qora metallurgiya, kemasozlik tarmoqlarining rivojlanganligi bilan alohida ajralib turgan. Hozirgi vaqtda esa Buyuk Britaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga avtomobilsozlik, aviasozlik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo va farmatsevtika sanoati kiradi. Mamlakat elektr energetikasi IESlarga tayanadi. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari sut-go‘sht qoramolchiligi, qo‘ychilik va cho‘chqachilik hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: bug‘doy, arpa, kartoshka, qandlavlagi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohalari ham juda kata ahamiyatga ega. Ulardan bank-moliya sohasi, turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta’lim o‘zining xalqaro ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaga dunyoga mashhur ko‘plab tarixiy-madaniy yodgorliklarni ko‘rish uchun har yili bir necha o‘n million sayyoh tashrif buyuradi. Birlashgan Qirollik eng ko‘p sayyohlarni qabul qiladigan jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq. Guruhlarga o’tilgan mavzu yuzasidan jadval beriladi. Har bir guruh o’ziga berilgan jadvalni belgilangan vaqt davomida to’ldiradi. (Guruhlar yozgan javoblar soniga qarab 3, 4, 5 baholik kartochkalar bilan baholanadi)
2-topshiriq. Dastlab doska uch qismga bo’lib olinadi va yuqori qismiga guruh nomlarini yozib qo’yiladi. Keyin o’quvchilardan yangi mavzudan nimalarni o’rganganligi haqida so’raladi. Javob bergan o’quvchi qaysi guruhdan bo’lsa shu guruhga 1 ball qo’yiladi, o’qituvchi tomonidan ma’lumotlarning takrorlanmasligi nazorat qilib boriladi (agar ma’lumot takrorlansa shu guruhdan 1 ball olib tashlanadi). O’ziga xos musobaqaning yanada qiziqroq bo’lishi uchun o’qituvchi mazkur jarayon davomida “Kim oshdi” iborasini aytib, takrorlab turadi. Ma’lumotlar qolmagach ballar hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi. 3-topshiriq (Yozuvsiz xarita bilan ishlash). O’quvchilarga Birlashgan qirollikni tashkil etuvchi davlatlarni quyidagi yozuvsiz xaritaga tushirish topshirig’i beriladi. Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida guruhlar to’plagan ballari hisoblanadi, eng faol guruh hamda eng faol o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi. Uyga vazifa berish: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish, xarita bilan ishlash va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________ Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling