Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

4-rasm. PD-2 dozalash apparati
Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida 
o‘rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil 
topgan. Bunker ostiga ko‘l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o‘ng elkasi 
bunker to‘kilish ogziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo‘ljallangan tubi ochiladigan palla (5), 
chap elkasida esa toshlarga mo‘ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga 
mo‘ljallangan mikrovint (7) elka o‘rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir 
ustunda (8) maxkamlangan bo‘lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to‘kishni ta'minlaydigan 
mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular 
orasiga, tarozining o‘ng elkasiga bayroqha (11) o‘rnatilgan. Dozalaydigan pallasining 
ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o‘rnatilgan bo‘lib, u richagga qo‘yilgan yuk 
ta'sirida palla tubini kukun to‘lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini 
ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va 
pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo‘ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak 
bo‘lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og‘irlikdagi kukun uchun 1 
yoki 2— shnek o‘rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4— shnek o‘rnatiladi. 
Dozatorning o‘rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo‘ladi.
1
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx 
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)


5-rasm. VDA-1,5 dozalash apparati
1- elektromotor; 2- vertikal shnek; 3-bunker; 4-tortish sistemasi;
5-zapas shnek; 6- elektromexaniq tizim
Dozalaydigan idish tagiga o‘rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula qog‘ozidan 
qo‘yiladi. Priborda "aralashtirish" va "dozalash" ko‘rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmoqqa 
ulaydigan muruvvatlari bor. "Aralashtirish" muruvvati ulanganda kukunni aralashtiradi va 
dozalash muruvvati orqali dozalanadi. Dozalash pallasining to‘lish jarayonida elkalar to‘gri 
holatga keladi va bayroqcha fotoelementga o‘tayotgan nur yo‘lini bo‘shatadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling