Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash
Issiq havo bilan sterillash
Issiq havo yordamida qizdirish xuddi o’sha haroratda ho’l usul bilan sterillashga nisbatan mikroorganizmlarga ta’siri ancha sust bo’lsa ham, lekin shu bilan birga ko’p vositalar (rezina, to’kima, qog’oz)ning buzilishiga sabab bo’ladi, shuning uchun issiq havo yordamida sterillash usuli quyidagilarga qo’llaniladi: a) shishalar, metall va chinni idishlar uchun, ular 180°C da 20 daqiqa yoki 200°C da 10 daqiqa sterillanadi. b) issiqqa chidamli kukunsimon preparatlar (talk, oq gil, rux oksidi va boshqalar) (1.15.- jadval): 7-jadval Miqdori Harorat Vaqt 25 g gacha 180 0 200 0 30 daqiqa 26- 100g gacha 180 0 200 0 30 daqiqa 101-200 g gacha 180 0 200 0 30 daqiqa 8-jadval v) mineral va o’simlik moylari, lanolin, vazelin, mumlar (1.16.-jadval): Miqdori Harorat Vaqt 100 g gacha 180 0 200 0 30 daqiqa 15 daqiqa 101-500 g gacha 180 0 200 0 40 daqiqa 20 daqiqa Moy va yog’larni avtoklavda 119-121°C da 2 soat sterilizatsiyalash mumkin. Issiq havo bilan sterillash maqsadida quritgich kameralari qo’llaniladi. Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash Yuqori tebranish bilan almashinadigan elektromagnit maydon hosil qiladigan toklarga yuqori chastotali toklar deyiladi. Yuqori tebranishli toklar generatorlar yordamida olinadi. Yuqori tebranishli maydon ta’siri sterillanadigan modda tarkibidagi mikroorganizmga ta’sir qilib, maydon yo’nalishini keskin o’zgarishi bilan unda hosil bo’lgan energiyaning bir qismi moddaga o’tadi, buning hisobiga esa u qisqa muddat ichida (1-2 dak. ) har tomonlama qiziydi. Shunday qilib yuqori chastotali toklar yordamida sterillash xuddi termik sterillashga o’xshaydi. Ishlab chiqarishda va tibbiyotda yuqori tebranishli toklar keng tarqalgan. Ular har xil vositalarni qizdirishda, yallig’langan jarayonlarni davolashda qo’llaniladi. Yuqori chastotali toklar bilan sterillash usuli oziq-ovqat sanoatida konservalarni sterillashda ishlatiladi. Dorilarni va ular eritmalarini hozirgi vaqtda sterillash apparatlari konstruksiyalari ishlab chiqilgan va ba’zi moddalarni sterillash sharoiti o’rganilgan (maydon kuchlanishi, chastotasi v. h. k. ) Ultrabinafsha nurlar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo’lishiga asoslangan 253,7-257,5 nm li nurlar maksimal bakteritsid faollikka ega. Ularni nurlantiruvchi manba sifatida simob-kvarsli yoki argon-simobli lampalar ishlatiladi. Bu lampalarni nurlanishi simob bug’larida gazlar siyraklashgan sharoitda elektrodlarga ta’sir etadigan muayyan kuchlanishning hosilasidir. Lampadan taraladigan nurning 70% ultrabinafsha spektrlariga xos bo’lib, to’lqin uzunligi 253,7 nm. ga teng. Simob-kvarsli lampalar katta kuchlanishga ega. Argon-simobli lampalar orqali taralgan nurlar bir spektral chiziqqa birlashib bakteritsidli xossasi yuqori darajada bo’ladi, bu esa uni a’lo sifatli hamda tejamli sifatda ishlatish imkonini beradi. Argon-simobli lampalarning bir qancha turlari mavjud. Ularning orasida qulaylari BUV-30 (raqam lampa kuchlanishini vattda belgilaydi). Simob-kvarsli lampalardan qo’llaniladiganlari PRK-2 va PRK-4, lekin ular ko’p energiya sarflaydi. BUV lampasi (bakteritsid uveol) simobli, past bosimli, uveol shishali tiniq kolbadan iborat bo’lib, qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlarning tarqalishi uchun qulay hisoblanadi. Uveol shishaning kimyoviy tuzilishi har xil (masalan SiO 2 — 77,94%, V 2 O 3 — 14,99%, AI 2 O 3 — 2,89%, Fe 2 O 3 — 0,01%, SaO — 0,08%, MgO — 0,09%, Na 2 O — 4%). Lampa, kayga xilida tayyorlanadi, uning chetida ikki qavatli volfram spirali bariy karbonat bilan qoplangan, egiluvchan oksid elektrodi bo’ladi. Trubkada oz miqdorda simob va bir necha ml simob ustuni to’gri keladigan bosimda inert gaz (argon) bo’ladi. Elektrodlarga kuchlanish ta’sir qilganda simob bug’larida razryad hosil bo’lib, undan ultrabinafsha nurlari tarqaladi. Simob bug’larining trubkadagi miqdori 0,01 mm simob ustuni bosimiga to’gri keladi. Ultrabinafsha nurlarning darajasi bakt bilan o’lchanadi. Bakt (B) bakteritsid yo’nalishi birligi bo’lib, to’lqin uzunligi 254 nm, quvvati 1 VT bo’lgan ultrabinafsha yo’nalishiga teng. Masalan, BUV-30 lampasining bakteritsid yo’nalish quvvati 2,95 baktga teng. Steril xona devorlari va asbob-jihozlarni hamda assistent xonalaridagi byukslarni sterillashda bakteritsid lampalar qo’llaniladi. Bakteritsid lampalarni qo’llanilishida ularning odam organizmiga salbiy ta’sir qilishi, ayniqsa, bu ta’sir vaqti bilan uzviy bog’liqligini doimo yodda tutish zarur. Muhofaza qilinmagan bakteritsid lampalarni odam bor joylarda ishlatilishi man qilinadi. Bakteritsid lampalar bilan ishlanganda ko’zni ayniqsa ehtiyot qilish zarur. Undan oddiy ko’zoynak bilan ham saqlanish mumkin. Bizning sanoatimiz hozirgi kunda ancha mukammallashgan bakteritsid nur tarqatuvchi moslamalar, shiftga va devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar va mayatnik kabi bakterial nurlatgichlar bilan ta’minlangan. Devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar — ultrabinafsha nurlarini qo’llashdagi mukammallashgan moslamalardan hisoblanib, moslamaning metall bilan o’ralgan qismida 2 ta BUV-ZO bakteritsid lampa va regulyator o’rnatilgan. Lampalar shunday joylashtirilganki, ularning biri yuqori qismdagi havoni zararsizlantirsa, biri pastki qismdagi havoni zararsizlantiradi. Shiftga osiladigan bakterial nurlatgichlar — 30 m 3 hajmdagi xonani zararsizlantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, ekranlashtirilganligi sababli odam bor sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Moslama ichiga 4 ta bakteritsid lampa 2 m 3 BUV-15 va 2 m 3 BUV-ZO o’rnatilgan. Xonani tez va sifatli sterilizatsiyalashga 2 ta ekranlashtirilgan BUV-ZO lampalari yoritilib, ularni nurlari odamga ta’sir qilmasligi uchun alyuminiyli qaytargichlar o’rnatilgan. Alyuminiyli qaytargichlar shunday o’rnatilganki, ular odam bor joyda, ularni nur ta’siridan muhofaza qiladi. Bunday nurlatgichlar shiftga o’rnatilgan bo’lib, uning balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak. Mayak nurlatgichlar, ko’chma turi moslashgan bo’lib, u shunga o’xshash ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan. Xonalarni vaqtincha zararsizlantirishda va boshqa kerakli joylarda ultrabinafsha nurlarini tarqatadigan manba sifatida ularga BUV-30 belgili 6 ta bakteritsid nurlari o’rnatilib, uning umumiy nurlanish quvvati 19 baktga teng. Dorixonalarda dorixatlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nur tarqatuvchi moslamalar ham ishlatiladi. Bunga misol qilib P. V. Lopatin va E. P. YAranseva tomonidan taklif etilgan atroflama o’ralgan yoyma ko’rinishdagi bakteritsid lampali moslamani ko’rish mumkin. Moslamaga dorixat, talabnomalar tuynukcha orqali o’tkaziladi. So’ng ularni valik yordamida harakatga keltirib, valik usti 6 BUV-30 lampa yordamida zararsizlantirilib, pastki qismida joylashgan dorixat qabul qutisiga o’tkaziladi va u yerdan olib ishga beriladi. Apparatda dorixat, talabnoma, filtr va boshqa shunga o’xshash varaqalarni zararsizlantirish mumkin. O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, asbobda bakteritsid lampalarni 5 daqiqali ta’siri natijasida mikroorganizmlar soni 10400 dan 300 gacha kamaygan. Bakteritsid lampalar ta’sirida nafaqat havo, qog’z, balki boshqa dorixonada aseptik sharoitda ishlatish uchun zarur bo’lgan asbob- anjomlar ham zararsizlantirilishi mumkin. Tozalangan suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan moslamalar tuzilishi 2 xil: 1. Tozalangan suv alohida tarkibli shishadan yasalgan bakteritsid naychani ma’lum bir masofa o’tish natijasida zararsizlantiriladi. 2. Suv o’tayotgan shisha trubkani har ikki tomonidan bakteritsid lampa qo’yilib, ular atrof muhitga ultrabinafsha nurlarni tarqatmaslik maqsadida, dyuralyumin qaytargichlar bilan muhofazalanadi. Bunday moslamalar tozalangan suvni olish manbalaridan (distillash asbobi) to ularni ishlatiladigan xonalarigacha (aseptik xona) uzatish maqsadida moslangan shisha naychali uzatgichlarda, ularni boshlangich joylarida o’rnatiladi. Ultrabinafsha nurlarini oddiy shisha orqali o’tmasligi, bunday moslamalarni eritmalar va dori moddalarni zararsizlantirishda ishlatish imkonini bermaydi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling