Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari.
Tushunturish matni
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar asеptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazеlin (4:6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiq. Chunki pеnitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazеlindagi aralashmada tеriga qiyin so’riladi. Asoslar stеril holatda ishlatiladi. Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii Unguenti Erythromycini ana 10,0 Misce. Da. Signa. Ko’z surtmasi. Stеril havonchaga 50000 TB (0,03 g) pеnitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri kеladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri kеladi) o’lchab olinadi, unga stеrillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Tеtratsiklin gidroxlorid, strеptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida kеltirilgandеk tayyorlanadi. Antibiotiklarning ko’pchiligi yorug’lik ta'siriga chidamsiz bo’ladi. Shuning uchun ularni og’zi mahkam bеrkiladigan chinni yoki shisha idishga solib bеrish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari. 1. Poroshoklar tayyorlanganda antibiotiklar sterilizatsiya qilinadimi? -poroshoklar tayyorlanganda antibitoklar sterilizatsiya qilinmaydi; -poroshoklar tayyorlaganda antibitoklar sterilizatsiya qilinadi; -poroshoklar tayyorlaganda antibitoklar va yordamchi moddalar sterilizatsiya qilinadi; -faqat yordamchi idishlar sterilizatsiya qilinadi. 2. Benzilpenitsillinning natriyli tuzini TB 1 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’g’ri keladi? -1,0; -2,0; -0,5; -0.55. 3. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 2 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi? -1,3; -1.0; -2,5; -1. 4. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 2,5 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi? -1.95; -2,0; -3,5; -2,3. 5. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 1,5 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi? -0,925; -0,55; -0,9; -1.0. 6. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 500000 bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi? -0.325; -0,05; -0.008; -0.9. 7. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 250000 bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi? -0.08; -0,3; -0,5; -1,0. 8. Antibiotiklardan dorixona sharoitida qanday dori shakllarini yaratish mumkin? - Surtma, kukun, eritma, shamcha; - Kukun, surtma; - Surtma, kukun, eritma; - Surtma, kukun, tabletka, shamcha, eritma, suspenziya, granula va boshqalar. 9. Dorixona sharoitida tayyorlangan antibiotiklarni saqlash muddati nima uchun qisqa beriladi? -hammasi to’g’ri; - kislotali sharoitga chidamsizligi; - yarim parchalanish davri qisqaligi; - haroratga chidamsizligi. 10. Antibiotiklardan dori shakli yaratganda uning qanday xususiyatlari ko’proq e’tiborga olinadi? -hammasi to’gri; - yordamchi moddalar bilan o’zaro ta’sirlanishi, haroratga va sharoitga chidamsizligi; - boshqa dorivor moddalar bilan kimyoviy va farmakologik nomutanosibligi; - to’g’ri javob Ava S. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling