Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
ICHISHGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM INTERNUM) Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan cheklanadi. Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin. Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning konsentratsiyasi va umumiy og‗irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi. Agar bu filtr bo‗lmasa, uniyuqorida ko‗rsa- tilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi. Rp.:Tincturae Convallariae majalis Tincturae Valerianae aa 10 ml M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2 Mentholi 0,3 Natrii bromidi 1,0 Adonisidi 5 ml M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal Tarkibiga ko‗ra, tomchi murakkab bo‗lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‗simlik xomashyosidan, ya‘ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70 dan kichik bo‗lgan etanol kerak bo‗ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi (bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‗lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda 0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‗ngra natriy bromid eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‗lsa paxta tamponda suziladi). Ichishga mo‗ljallangan tomchilarni tayyorlashda «A» va «B» ro‗yxatdagi preparatlarning dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori turi umumiy hajmining tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar 1 ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‗ngra proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta‘sir etuvchi» ro‗yxatidagi moddaning retseptdagi bir martalik tomchilar soniga ko‗ra ularning miqdori aniqlanadi. Retsept bo‗yicha 25 tomchida 0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25 ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirtli preparatda, 25 tomchida es a 0,004 g dionin bor. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling