Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Efir moylari va boshqa suyuqliklardan tayyorlangan emulsiyalar


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Efir moylari va boshqa suyuqliklardan tayyorlangan emulsiyalar
Efir moyli emulsiyalar. Suv/efir moyining fazalararo yuza taranglik chegarasini tortish
kuchi suv/yogning chegara tortish kuchiga karaganda ko‘p bo‘lgani sababli emulgatorlar (efir 
moyiga qarab, 100 dan 200% gacha) ko‘p olinadi. Birlamchi emulsiyani hosil kilish uchun suvni 
ham tegishlicha ko‘p qo‘shiladi. Sulfanilamid moddalari chiqqunga qadar emulsiyada santal 
yog‘i yozilgan (tropik daraxt (Santalin albun) dan olingan efir moyi). U so‘zak va siydik 
yo‘llarini zararsizlantirishda ishlatilgan. Skipidarli (oliy nav) emulsiya ham uchragan. Kapay 
balzami eski dorilar tarkibida berilgan bo‘lib, ishlatilishi xuddi santal yog‘iga o‘xshashdir. Santal 
yog‘i bilan tayyorlangan emulsiyalar uchun yuqorida aytilgan so‘zlar balzamdan tayyorlangan 
emulsiyalarga ham tegishlidir.
Erkak paporotnik ekstraktining emulsiyasi
Erkak paporotnik ekstrakti suv bilan aralashmaydi. Emulgirlash uchun o‘rik elimidan teng 
miqdorda olinadi.
Rp.: Ext. Filicis maris spissi
Gummi Arabici aa 5,0
Natrii hydrocarbonatis 0,5
Ag. purificatae 5,0
Mf. Emulsum
D. S. (Duodenal yuborish uchun)
To‘rtxlorli karbon emulsiyasi
To‘rtxlorli karbon gijja xaydovchi sifatida ichish uchun tayinlanadi. Bu modda og‘ir 
suyuqlik bo‘lgani uchun emulgator miqdori 2-2,5 marta oshiriladi. Retsept uchun 15 g emulgator 
olinadi (10 g yog‘ uchun va 5,0 to‘rtxlorli karbon uchun).
Rp.: Carbonae tetrochlorati 2,0
26
И.И. Краснюк, Г.В. Михайлова, Л. И. Мурадова Фармацевтичесая технология технология
лекарственнqх форм.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2011. (558 бет)


Emulsi oleosi 200,0
M. D. S. Gijjaga qarshi.
Emulsiyalardagi nomutanosibliklar
Emulsiyalar tarkibiga koagulyantli omillar (elektrolit, o‘ziga suv shimuvchi moddalar va 
boshk. ) qo‘shish mumkin emas. Ishqoriy xususiyatga ega moddalar emulsiyada koagulyasiya 
holatini paydo kilishi mumkin.
Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0
Barbitali natrii 1,5
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Barbital natriyni tayyorlangan emulsiyada eritmokchi bo‘lsak, koagulessensiya yuzaga 
keladi. Ivigan massa suzib yuradi.
27
Rp.: Emulsi seminis Amygdalarum dulcis 200,0
Magnesii sulfatis 8,0
Extr. Belladonnae 0,15
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Magniy sulfat elektroliti ta‘sirida emulsiya turg‘unligini yo‘kotib cho‘kmaga tushadi. 
Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0
Sirupi Cerasi 10,0
M. D. S. Bir osh qoshiqdan kuniga 2 marta ichilsin.
Yog‘li emulsiyalarga mevali sharbatlar (malina, olcha) nordon ta‘sir etuvchi preparatlar 
qo‘shilishi natijasida ivib qoladi. Oddiy sharbat ham emulsiyani buzadi. (konsentrlangan shakar 
sharbatini degidratlash xususiyati).

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling